Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Abdullayev S. Maxmudov A. XII-XIX asrlarda Sharq miniatyurasini o‘qitish
metodlari haqida ocherklar. Buxoro, 1995.
2. Sabirov M. Hajimetov B. “Mutaxassislik bo‘yicha materialshunoslik”.
Toshkent. INFO CAPITAL GROUP 2018.
3. Sabirov M. “Miniatyura kompozitsiyasi”. Toshkent, 2019.
MUSIQA DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN SAMARALI
FOYDALANISH
Yarashev Jo‘rabek To‘rayevich
BuxDUPI “San’atshunoslik” kafedrasi dotsent, p.f.f.d., (PhD)
Murotova Dilnavoz O‘ktamovna
734
Buxoro davlat universiteti
BuxDUPI
3-bosqich talabasi.
Annotatsiya. Maqolada o‘quvchilarning musiqiy estetik rivojlanishlari uchun
o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida astoyidil tayyorlanishi, musiqa darslarini yuksak
metodik darajada olib borishi o‘qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish,
hozirjavoblik, hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishi va
shu bilan birga musiqa madaniyati darslarida jamoaviy qo‘shiq kuylash, musiqiy
ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, musiqiy savodxonlik, musiqa
ijodkorligi, bolalar cholg‘u ansambllarida chalish faoliyati haqida ma’lumotlar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar: pedagogika, san’at, musiqa, madaniyat, audio, nota,
illyustratsiya, T-sxemasi, Senkveyn metodi, Venn diagrammasi.
O‘zbekistonning
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra,
ta’limni
demokratlashtirish, individuallashtirish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga
tamoyillari asosida barcha o‘quv predmetlar, shu jumladan musiqa fani bo‘yicha
ham o‘qitish Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Musiqa darsi o‘quvchilarning
ma’naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va
vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni
o‘stirishga fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni
tarbiyalashga xizmat qiladi.
Musiqa darsi umumiy ta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlari
jumladan adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan
chambarchas bog‘liq.
Barcha o‘quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham davlat ta’lim standarti
(DTS) ning joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to‘la qonli foydalanish
imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda va
sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda bugungi
zamonaviy musiqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san’atining bu kabi
735
imkoniyatlari yangi avlodni munosib tariyalashda ularni barkamol bo‘lib
yetishishlarida o‘ziga xos va takrorlanmas manbaa bo‘lib xizmat qiladi.
Musiqa darsidan davlat ta’lim standartlari (DTS) asosida yangi ta’lim
mazmuni o‘quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda
kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli va musiqiy did kabi hislarni
rivojlantirishni taminlaydi.
O‘quvchilarning musiqiy estetik rivojlanishlari uchun o‘qituvchi o‘zining ish
faoliyatida astoyidil tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada o‘tilishini
ta’minlashi lozim. Zero, dars o‘qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish,
hozirjavoblik, hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishini
talab etadi. Samarasiz, omadsiz dars, kamchiliklar uzoq vaqt o‘qituvchiga orom,
halovat bermaydi, ortga nazar solib uni sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi.
Musiqa madaniyati darslari musiqiy faoliyatning turli shakllarini o‘z ichiga
oladi. Bular jamoaviy qo‘shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish,
musiqa tinglash, musiqiy savodxonlik, musiqa ijodkorligi, bolalar cholg‘u
ansambllarida chalish faoliyatidir.
Dars-musiqa tarbiyasi sistemasida yetakchi omil hisoblanadi. Unda bolalar
yalpi tarzda qamrab olinadi. Musiqa darslari boshqa fan darslaridan o‘zining
badiiyligi, qiziqarliligi va bolalardan ko‘proq ijodiy zavq, emotsional tuyg‘ular
hamda obrazli kechinmalar uyg‘otish bilan ajralib turadi. Musiqa darslari eng
avvalo tarbiya darsidir. Badiiy tarbiya uning mantiqiy mazmuni hisoblanadi.
Musiqa darslari quyidagi spesifik (maxsus) xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, musiqa tarixi, musiqa ijrochiligiga doir namunalar, xor
mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa tahlili va adabiyoti, bolalar
cholg‘u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlridan iboratdir.
Shuning uchun musiqa darsi aralash dars tipiga kiradi.
Ikkinchidan, musiqa boshqa san’at turlaridan o‘zining ifoda vositalari, “tili”
bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot badiiy so‘z bilan, tasviriy san’at ranglar va
736
grafik chiziqlar balan, raqs esa badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy
tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi.
Uchinchidan, musiqa o‘quvchilarga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi,
quvontiradi, ijobiy kechinmalar uyg‘otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa
darsida o‘quvchilar quvnoq, xursand bo‘lib hordiq chiqaradilar.
Musiqa o‘quvchilarni ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib muayyan kayfiyat
uyg‘otadi. Shakllangan badiiy taassurotlar o‘qituvchi ta’sirida nafaqat ifodali ijro,
balki “so‘z” san’ati, yuz ifodasi, turli harakatlar yordamida yanada kuchaytiradi.
O‘quvchilar diqqati yangrayotgan musiqaga jalb etilib, ularning xayoloti
rivojlantiriladi. Musiqiy obrazlar olamiga kirishishlari ifodalilikni aniq his
etishlariga erishiladi.
Musiqa darsida barcha maqsad va vazifalar, mazmun va tuzilma, vosita
hamda metodlar o‘ylangan bo‘lishi kerak. Aks holda hech qanday ijobiy natijalarga
erishib bo‘lmaydi. Darsga tayyorgarik o‘qituvchining pedagogik malakasi,
mahoratiga bog‘liq. Bu esa musiqa materialining tarbiyaviy, ta’limiy va
rivojlantiruvchi imkoniyatlarini, shuningdek ularni tadbiq etish yo‘llarini
ta’minlaydi. Asarlarni tanlab olish esa o‘quvchilar musiqiy tayyorgarligini hamda
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirishi maqsadga muvofiq
sanaladi.
Boshlang‘ich sinflarda kichik yoshdagi o‘quvchilar diqqatini uzoq vaqt
barqaror saqlay olimaydi. Shu bois ularning faoliyatini o‘z vaqtida almashtirib
turish maqsadga muvofiqdir. Bu esa o‘quvchilarning qiziqishlarini so‘nishidan
saqlaydi. Dasturda ko‘rsatilgan murakkab qo‘shiqni bir necha dars davomida
o‘rgatish samarali kechadi. Dars davomida o‘quvchilarga murakkab musiqiy ritmik
harakatlar o‘rgatishdan so‘ng qo‘shiq kuylashga o‘tish maqsadga muvofiq emas.
Shuningdek, jadvalda musiqa darsining o‘rnini ham ya’ni o‘sha kunda bu
mashg‘ulot nechanchi soatda o‘tilishini ham hisobga olish muhim. Kunning
so‘nggi soat darslarida o‘quvchilarning charchab qolish holatlari ko‘rish mumkin.
737
Shuning uchun turli xil musiqiy faoliyat turlarini almashtirib, o‘quvchilarning
qiziqishlarini uyg‘otuvchi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Dars oldindan rejalashtirilsa o‘ylab qo‘yilgan reja asosida bo‘lmog‘i,
o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlik faoliyati doimiy jonli jarayon asosida
amalga oshirilishi kerak. O‘qituvchining kasb mahorati, o‘zini yo‘qotmasdan har
bir holatga tegishli xulosa chiqarishini taqozo etadi. Tajribali o‘qituvchilar yaxlit
dars tuzilmasiga alohida ahamiyat berishadi. Zero, darsning turli eelementlari:
bosiqchlari o‘zaro uyg‘un va bir-biri bilan bog‘liq holda bo‘ladi. Turli metodlar
ya’ni asarni taqqoslash (T-sxemasi), Senkveyn metodi hamda Venn diagrammalari
orqali o‘qituvchi o‘quvchilarni ijodiy topshiriqlar orqali faolligini oshiradi.
Bugungi kunda zamonaviy musiqa o‘qituvchisi darslarda musiqa asarlarini
eshittirishda texnik vosita hamda audio (MP3) yozuvlarsiz tasavvur qilishi qiyin.
Bu vositalar o‘quvchilarning har bir musiqa cholg‘ularinig jaranglashi va
ovozning ifodaliligini idrok etish tasavvurlarini kengaytiradi. Fonoxrestomatiya
(audio yozuvlar jamlanmasi) esa o‘qituvchida qo‘shiq o‘rgatishni yanada qiziqarli
qilishda yordam beradi.
Keyingi paytlarda musiqa darslarida turli xil ko‘rgazmali vositalardan keng
foydalanilmoqda. Bular illyustratsiya (
koʻrgazmali tasvirlash
), turli tasviriy
manzaralar darsda tasviriy san’at, so‘z san’ati namunalaridan ham unumli
foydalanishni nazarda tutiladi. Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilar musiqiy
qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ko‘rgazali vositalardan foydalanish muhim. Nota
yozuvlari yordamida o‘quvchilarda nota asosida kuylash malakalari shakllanadi.
Qo‘shiq kuylash tezroq o‘zlashtirishiga erishiladi. Tovushlarni to‘g‘ri va toza
kuylash, eslab qolishlarga yordam beradi. Musiqa darsida texnik va ko‘rgazmali
vositalarni tadbiq etish chuqur o‘ylangan bo‘lishi kerak. Ulardan unumli
foydalanish musiqa tarbiyasi vazifalarini hal etishida muhim rol o‘ynaydi.
Umumta’lim maktabida musiqa darslarida puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni
samarali yetkazish o‘qituvchidan doimiy – ijodiy yondashuvni, kasbiy tajribalarini,
738
bilim, malaka va ko‘nikmalarni faol tadbiq etishni taqozo etadi. O‘qituvchi
ijodining natijasi bo‘lgan dars g‘oyaviy emotsional ta’sir kuchiga ega bo‘lib,
o‘quvchi ichki dunyosini zabt etib, musiqa san’atiga qiziqish va ehtiyojini
tarbiyalaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkimki, musiqa madaniyati darsida
o‘qituvchining mahorati har tomonlama yuksak darajada bo‘lishi o‘ta muhim
hisoblanadi. Uning asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini tushuntirib berishi,
o‘quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa san’ati olamiga olib kirib, badiiy hamda
ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi.
|