742
teng huquqqa ega ekanini aslo esdan chiqarmang. Barchamiz yaxshi bilamiz,
xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barcha narsaga chidashi mumkin, lekin
takror-takror aytaman, adolatsizlik va nohaqlikka chiday olmaydi. Haqiqiy rahbar,
haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib
shart-sharoit yaratib berish uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo‘g‘indagi
rahbarlar – u vazir yoki hokim bo‘ladimi, idora yoki tashkilot boshlig‘i bo‘ladimi,
odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga o‘rnak va namuna bo‘lishi zarur.”
Bu boradagi amaliy ishlar sirasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab
olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g„risida”gi PQ-3755-
sonli qarori 2 asosida istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab
olinishini taʼminlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat va boshqa davlat organlari, tashkilotlari tizimida ularning kasbiy
malakasini uzluksiz oshirib borishga ko‘maklashish maqsadida har 3 yilda
istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika
tanlovi o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Qarorga muvofiq Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 14-dekabrdagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash bo‘yicha
“Taraqqiyot” respublika tanlovi finali ishtirokchilari orasidan boshqaruv kadrlari
zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1018-
sonli qarori3 qabul qilingan.