• G‘aniyeva Dildora Kayyumzoda
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet251/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Adabiyotlar ro‘yxati: 
    1.Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir 
    rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. 
    2.Abdullayev N. U. “San’at tarixi”. Toshkent. O‘qituvchi, 1986. 
    3.O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005). 
     
     
     
     
    TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QUVCHILAR IJODIY 
    FAOLLIGINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI 
    SAMARADORLIGI 
    Dilshod Qodirovich Mamatov 
    Buxoro davlat universiteti 
    Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi dotsent (PhD) 

    G‘aniyeva Dildora Kayyumzoda 
    Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti 
    I bosqich magistranti 
    Borliqni kuzatar ekanmiz, bizni qurshab turgan olam turli-tuman ranglardan
    iborat ekanligini ko‘rib hayratga tushamiz. “Bu ranglarda qanchalik ma’no 
    yotadi?”- deb o‘yga tolasan kishi. Ajdodlarimiz ham tabiatning shu sirli olamiga 
    hayratga tushib, asrlar davomida uni o‘rganib kelishgan. Har bir rang bir olam 
    ma’noni anglatadi. “Nima uchun tabiat aynan yashil rangda yaratilgan? Sababi 
    nimada? Agar tabiat sariq yoki qizil rangda bo‘lsa qanday ma’noni anglatgan 
    bo‘lar edi? Qaysi ranglar inson kayfiyatini ko‘taradi? 
    Qay biri ijobiy yoki salbiy ta`sir ko‘rsatadi? Inson yoki hayvonlarning 
    ranglari orqali ular salomatligini aniqlasa bo‘ladimi?”. Yirik olimlar tomonidan 
    rang tufayli ramziy ma’noda “so‘zlashish” ranglar vositasida insonlarni 


    722 
    tarbiyalash, davolash, ranglar jilg‘asi orqali falsafiy fikr yuritish, rang orqali 
    insonlarning ichki dunyosini anglash va boshqa masalalarni ijobiy hal etishdagi 
    mavqeyi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda. Asrlar davomida ajdodlarimiz, fan 
    arboblari muayyan darajada ilmiy-tadqiqot ishlarini, tajribalarni ham o‘tkazib 
    kelishmoqda. Shuning uchun ham san’at olami keng qamrovli, juda turli sohalar va 
    tarixga boy hisoblanadi. Insonlarni ilhomlantirib, ish qilishiga undaydigan narsa 
    san’at va uning turlari hisoblanadi. 
    Tasviriy san’atni o‘qitishda g‘oyat murakkab jarayonlar sodir bo‘ladiki, bu 
    davrda o‘qituvchi bir necha metod va uslublardan foydalanadi. Zamonaviy 
    o‘qituvchi yoshlarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini asosan dars davomida 
    shakllantirib amalga oshirishimiz lozim. Dars jarayonida yangicha zamonaviy 
    interfaol usullar va texnologiyalardan foydalangan holda ularning faolligini 
    oshirish lozim. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni 
    rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik printsipidan foydalanish ham yaxshi samara 
    beradi. Tasviriy san’at darslarini samarali va qiziqarli olib borish uchun o‘qituvchi 
    avvalambor kreativ bo‘lishi, interfaol usullar va texnologiyalardan o‘z o‘rnida
    foydalanib bilishi kerak. Avvalo, o‘qituvchi o‘quvchilarni yangi darsga, yangi 
    o‘quv materialiga olib kirishi, tayyorlashi uchun yangi pedagogik texnologiyaning 
    motivatsiya deb ataladigan didaktik jarayonidan foydalanishi kerak. 
    Yuqorida aytib o‘tilganidek tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarda ijodiy 
    faolligini rivojlantirishda fanlararo aloqadorlik usullaridan foydalanish ham yaxshi 
    samara beradi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir nechta fanlar bilan, masalan; 
    musiqa, texnologiya, tarix, adabiyot , informatika (masalan; musiqa asarlari 
    eshitib rasm ishlash, tasviriy san’at va musiqa o‘rtasida aloqa o‘rnatish), 
    adabiyot (she’riy satrlar o‘qish, topishmoq, ertak, illyustratsiyalar chizish), tarix 
    (san’at asarlari yaratilishini o‘rganish, tarixiy voqealar, mavzuli voqeaband 
    mavzularni 
    o‘rganishda 
    janglar 
    tasviri 
    va 
    hokazo), 
    texnologiya 
    (o‘yinchoqlar, kelgusida naqsh ishlash uchun idishlar, qutichalar yasash), 


    723 
    informatika fanlari bilan bog‘liq grafik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
    Tasviriy san’atni o‘qitish texnologiyasida asosiy o‘rinni uni o‘qitish didaktikasi va 
    metodikasi egallaydi. Chunki metodika va didaktika maktab tasviriy san’atidan 
    0’quvchilarga bilim-malaka berishning eng asosiy va oxirgi pedagogik usuli 
    sanaladi. 
    O‘quvchilarga bilim-malaka berishni eng osonlashtiradigan vosita-bu 
    ko‘rgazmalar vositasida o‘qitishdir. Tasviriy san’atni o‘qitishda kо’rgazmalilik
    prinsipi boshqa barcha o‘quv fanlaridan ko‘ra ahamiyatli va samarali bo‘lib xizmat 
    qiladi. Tasviriy san’atni o‘qitishda kо’rgazmalilik
    prinsipi boshqa barcha o‘quv 
    fanlaridan ko‘ra ahamiyatli va samarali bo‘lib xizmat qiladi. 
    Tasviriy san’at darslarining hamma turdagi dars mashg‘ulotlarining 
    mavzulari birgina emas, bir necha ko‘rgazma bo‘ishini talab qiladi. Masalan, 
    “Qush rasmini chizish” mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan dars mashg‘uloti uchun, 
    eng avval, biron-bir qushning tulumi bo‘lishi, uning 3-4 bosqichda ishlangan 
    tayyor rasmini, so‘ngra o‘qituvchining o‘zi sinf doskasida qushning to‘la va 
    bosqich asosida ishlangan tasvirini ko‘rsatishi talab qilinadi. (1.1-rasm) Yoki 
    boshqa mavzularda (natyurmort, manzara va h.k) ham shu usulni ko‘rsatish 
    mumkin. (1.2-rasm) 
    O‘qituvchining o‘z qo‘li bilan tayyorlagan ko‘rgazma materiali va sinf 
    doskasida dars materialini bayon etish davrida yaratiladigan, chizib ko‘rsatiladigan 
    rasmlari, ko‘rgazma materialining eng faol va eng samaralisi bo‘lib hisoblanadi. 
    Shu boisdan tasviriy san’at fani o‘qituvchisi sinf doskasida juda chiroyli 
    ishlay olishi, uning chizgan rasm-tasvirlari, yozuvlari qoyil qoladigan darajada 
    bo‘lishi bilan birga, o‘qituvchi har qanday mazmundagi kompozitsiyani juda 
    osonlik bilan, juda chiroyli ishlashi va dars jarayonida sinf doskasida chizayotgan 
    rasmi og‘zaki bayoni bilan bevosita bog‘lanib borishi lozim. Bunday holat 
    o‘quvchilaming diqqatini o‘ziga tortib, uning barqarorligini ham ta’minlaydi. 
    Shuningdek, o‘quvchilarning o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat-e’tibori va hatto 


    724 
    rassomchilik kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbati ham orta boradi. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish