• UN VA YORMA TEXNOLOGIYASI
  • MAVZU. UN VA YORMAISHLAB CHIQARISH BOYICHA UMUMIY MA’LUMOT Reja
  • Foydalanilayotgan adabiyotlar
  • Ozbekiston Respublikasi va chet mamlakatlarda un va Yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari
  • Un va Yorma ishlab chiqarish zavodlaridagi texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi
  • Un va yormaning assortimenti va sifat korsatkichlari
  • Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi




    Download 1.14 Mb.
    bet1/34
    Sana23.04.2024
    Hajmi1.14 Mb.
    #205301
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi
    4 Ma\'ruza Заряд ташувчилар яшаш вақти Заряд ташувчилар дрейф ва, xolmirzayeva Gulzoda , xolmirzayeva Gulzoda VV


    M u n d a r i j a



    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM
    VAZIRLIGI
    BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI
    INSTITUTI
    "Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi" kafedrasi

    Ismatov N.A.
    UN VA YORMA TEXNOLOGIYASI
    fanidan
    MA'RUZA MATNLARI TO'PLAMI
    Buxoro - 2008 y.
    Taqrizchilar: Buxorodonmahsulot hissadorlik
    jamiyati sifat bo'yicha rais muovini SHodiev M.
    «Non, qandolat va makaron mahsulot- lari texnologiyasi» kafedrasi dotsen- ti Atamuratova T.I.
    ”Un va Yorma texnologiyasi” fanidan ma'ruza matnlari to'plami “Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasining majlisida 13.05. 2008 y. №10 majlis bayoni bilan ko'rib chiqildi va institut uslubiy Kengashining 20.05. 2008 y. №6 majlis bayoni bilan tasdiqlangan.
    Annotatsiya
    ”Un va Yorma texnologiyasi” fanini o'rgangan talaba tegirmon va Yorma zavodlarida texnologik jarayonlarni tashkil qilish, boshqarish va ularni nazorat qilish sohasida faoliyatini ta'minlovchi hajmdagi ma'lumotga ega bo'ladi.
    ”Un va Yorma texnologiyasi” fanidan ma'ruza matnlari to'plamida un va yormaning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari, un va yorma ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida donning xossalari, donlarning texnologik xossalari, don massasini ajratishni nazariy asoslari va uning ajraluvchanligini aniqlab baholash, tegirmon va yorma zavodlarida donning yuzasiga quruq ishlov berish jarayonining tashkil qilinishi va samaradorligini baholash, donga gidrotermik ishlov berish jarayoni, tegirmon va yorma zavodlarida donga gidrotermik ishlov berish jarayonining usullari, tegirmonda un tortish uchun bug’doy aralashmasi partiyalarini tayyorlash, donlarni maydalash, maydalangan mahsulotlarni saralash, qobiq ajratish, yormalarni qayroqlash va silliqlash jarayonlari, un tortish va yorma olishni umumiy va xususiy texnologiyalari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

    Kirish 13
    1-MAVZU. UN VA YORMAISHLAB CHIQARISH BO'YICHA 14
    UMUMIY MA’LUMOT 14
    Reja: 14
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 14
    1.O'zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlarda un va Yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari 14
    2.Un va Yorma ishlab chiqarish zavodlaridagi texnologik jarayonlarning 15
    umumiy tavsifi 15
    3.Un va yormaning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari 16
    4.Un va yorma ishlab chiqarishda standartlashning roli 19
    5.Un va yorma ishlab chiqarish texnologiyasida ekologiyaning vazifasi 19
    Takrorlash uchun savollar 19
    Tayanch iboralari 20
    2-MAVZU. UN VA YORMAISHLAB CHIQARISHDA XOM ASHYO SIFATIDA DONNING XOSSALARINI O RGANISH. 20
    Reja: 20
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 20
    1.Don tuzilishining texnologik ahamiyati 21
    2.Donning anatomik tuzilishini texnologik ahamiyati. 22
    3.Donning mikrotuzilishini texnologik ahamiyati. 23
    4.Donning bioximiyaviy xossalarini texnologik ahamiyati, ularni un va Yormaning sifatiga va chiqishiga ta'siri. 24
    5.Un va Yormaning ozuqaviy qimmati. 26
    6.Namlik va issiqlikni donning mikrostrukturasiga ta’siri 27
    7.Donlarning fiziko-kimyoviy xossalarini tayyorlash jarayonini tashkil 27
    qilishga ta'siri. 27
    7.1.Donning geometrik tavsifi. 28
    7.2.Donning hajmiy og’irligi (naturasi) 28
    7.3.1000 ta donning massasi. 28
    7.4.Donning yirikligi va yirikligi bo'yicha tekislanganligi 28
    7.5.Donning shaffofligi. 29
    8.Donlarning strukturali-mexaniq xossalarini texnologik jarayonlarga 29
    ta'siri 29
    Takrorlash uchun savollar 30
    Tayanch iboralari 31
    3-MAVZU. DONLARNING TEXNOLOGIK XOSSALARI 31
    Reja: 31
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 31
    1.Tegirmon va yorma zavodida donlarning texnologik xossalari 31
    2.Donning sifat korsatkichlarini o'zaro aloqasi va ularni un va 32
    yormaning chiqishiga ta’siri 32
    3.Donning unboplik xossalari. 33
    4.Unning nonboplik xossalari 33
    Takrorlash uchun savollar 34
    Tayanch iboralari: 34
    4-MAVZU. TEGIRMON VA YORMA ZAVODLARIDA DONNI QAYTA ISHLASHGA TAYYORLASHNING ASOSLARI 35
    Reja: 35
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 35
    1.Don massasini ajratishni (separatsiyalashni) nazariy asoslari. 35
    2.Don massasini ajraluvchanligini aniqlab baholash. 37
    3.Tegirmonda donning yuzasiga quruq ishlov berish jarayonining 37
    ahamiyati. 37
    4.Yorma zavodlarida donning yuzasiga ishlov berish jarayonining 39
    ahamiyati. 39
    5.Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni. 39
    7.Gidrotermik ishlov berishda donga suvni singish kinetikasi. 48
    8.Gidrotermik ishlov berishda donning mikrotuzilishini va fizik- ximiyaviy xossalarini o zgarishi 50
    8.1. Donni mikrotuzilishini ozgarishi 50
    8.2. Donni fiziko-ximiyaviy xossalarini ozgarishi 50
    10.Bug’doy doni aralashmalari partiyalarini hisoblash usullari. 52
    V. Teskari proporsiya tuzish usuli. 55
    Takrorlash uchun savollar 58
    Tayanch iboralari: 58
    5-MAVZU. DONLARNIMAYDALASH JARAYONI. 58
    Reja: 58
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 59
    1.Maydalash jarayonining asosiy vazifalari. 59
    2.Maydalashning usullari. 59
    3.Maydalash jarayonining umumlashgan qonuni. 60
    4.Donni valli dastgohlarda maydalashning asoslari. 61
    5.Valli dastgohning ishlash samaradorligiga ta'sir qiluvchi omillar. 61
    6.Maydalash jarayoniga vallardagi tishlarning parametrlarining ta'siri. 62
    7.Maydalash jarayonining texnologik samaradorligi. 63
    Takrorlash uchun savollar 64
    Tayanch iboralari. 64
    6-MAVZU. MAYDALANGAN MAHSULOTLARNIYIRIKLIGI BO'YICHA SARALASH VA ULARNING TASNIFI. 65
    Reja: 65
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 65
    1.Saralash jarayonining asosiy vazifalari. 65
    2.Maydalangan mahsulotlarni saralash usullari. 66
    3.Maydalangan mahsulotlarni yirikligi bo'yicha tasnifi. 66
    4.Elashning texnologik sxemasi. 67
    5.Maydalangan mahsulotlarni ZRSH-M rusumli elakdonlarda saralash 67
    sxemasi. 67
    6.Maydalangan mahsulotlarni R3-BRB va R3-BRV elakdonlarida 68
    saralash sxemasi. 68
    7.Maydalangan mahsulotlarni saralashni jadallashtirish. 69
    8.Elash jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar. 70
    9.Elash jarayonining samaradorligi. 70
    Takrorlash uchun savollar 71
    Tayanch iboralari. 71
    7-MAVZU. ORALIQ YORMA MAHSULOTLARINI SIFATI 71
    BO'YICHA SARALASH. 71
    Reja: 71
    Foydalanilayotgan adabiyotlar. 71
    1.Oraliq mahsulotlarni sifati boyicha saralashning asosiy vazifalari. 71
    2.Havoli-g’alvirH mashinalarda yormachalarni boyitish. 72
    3.Yormachalarni boyitish jarayonining texnologik sxemalari. 72
    Г 73
    4.Yormachalarni boyitish jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar. 73
    5.Yormachalarni boyitish jarayonining samaradorligini baholash. 73
    Takrorlash uchun savollar 74
    Tayanch iboralari. 74
    8-MAVZU. YORMA ZAVODLARIDA DONLARNING QOBIG’INI 75
    AJRATISH. 75
    Reja: 75
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 75
    1.Donlarning qobig’ini ajratishni asosiy vazifalari. 75
    2.Donlarning qobig’ini ajratish usullari. 75
    3.Qobiq ajratish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar. 76
    4.Qobiq ajratishda qo'llaniladigan asosiy mashinalar. 77
    5.Valli dekali dastgohlarda donning qobig’ini ajratish. 77
    6.Rezin valli qobiq ajratgichda donning qobig’ini ajratish. 78
    7.Qobiq ajratish jarayonining texnologik samaradorligini baholash. 78
    Takrorlash uchun savollar 79
    Tayanch iboralari. 79
    9-MAVZU. QOBIQ AJRATISHDA HOSIL BO'LGAN MAHSULOTLARNI SARALASH. 80
    Reja: 80
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 80
    1.Qobiq ajratish mahsulotlarini saralash jarayoni. 80
    2.Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarning tavsifi. 80
    3.Qobiq ajratish jarayonining usullari. 81
    4.Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash sxemalari. 82
    5.Yorma zavodlarida mahsulotlarni saralash uchun qo'llaniladigan 83
    elakdonlarning sxemalari. 83
    1 84
    i 84
    Takrorlash uchun savollar 84
    Tayanch iboralari. 84
    10-MAVZU. YORMALARNI SILLIQLASH VA SAYQALLASH 85
    JARAYONI 85
    Reja: 85
    Foydalanilayotgan adabiyotlar. 85
    1.Yormalarni silliqlash jarayoni. 85
    2.Mag’izlarni silliqlash jarayonida qo'llaniladigan uskunalar tavsifi. 86
    3.Silliqlash jarayonini yormaning ximiyaviy tarkibiga ta'siri. 86
    4.Yormalarni sayqallash jarayoni. 88
    Takrorlash uchun savollar 88
    Tayanch iboralari. 88
    11-MAVZU. UN TORTISHNING TURLARI 89
    Reja: 89
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 89
    1.Un tortishning turlari. 89
    2.Un tortishning tasnifi. 90
    3.Un tortishning umumiy sxemasi. 91
    4.Tegirmonga keladigan donning sifat korsatkichlari. 91
    6.Javdar donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni. 93
    7.Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni. 93
    8.Tegirmonning yanchish bo'limiga yuboriladigan donning sifat 95
    ko'rsatkichlari. 95
    9.CHiqindilarning tasnifi. 95
    10.CHiqindilarni nazorat qilish. 96
    Takrorlash uchun savollar 96
    Tayanch iboralari. 97
    12-MAVZU. BUG’DOY VA JAVDAR DONLARIDAN UN T ORTISHNING TEXNOLOGIK JARAYONLARI. 97
    Reja: 97
    Foydalanilayotgan adabiyotlar. 98
    1.Bug’doy donidan oddiy un tortish. 98
    2.Javdar donidan oddiy un tortish. 98
    4.Javdar donidan bir navli elanma un tortishning texnologik 101
    jarayonlari. 101
    8.Yormalash va saralash jarayonlari. 103
    9.Boyitish va silliqlash jarayoni. 104
    10.YAnchish jarayoni. 104
    Takrorlash uchun savollar 105
    Tayanch iboralari. 105
    13 MAVZU. YORMAISHLAB CHIQARISH. 105
    Reja: 105
    Foydalanilayotgan adabiyotlar. 105
    1.Yorma ekin donlarining texnologik xossalari. 106
    2. Donlarning texnologik xossalarini aniqlovchi ko'rsatkichlar. 107
    3.Yorma ekin donlaridan ishlab chiqariladigan Yorma mahsulotlarining turlari. 108
    4.Yormalarning sifat korsatkichlari. 109
    5.Tariq donining turlari va sifat ko'rsatkichlari. 110
    6.Tariq donini qayta ishlashga tayyorlash jarayoni. 110
    7.Tariq donini qayta ishlab yorma olish jarayoni. 111
    Takrorlash uchun savollar 113
    Tayanch iboralari. 114
    14-MAVZU. GRECHIXA DONIDAN YORMAISHLAB CHIQARISH 114
    TEXNOLOGIYASI 114
    Reja: 114
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 114
    1.Grechixa donining turlari. 114
    2.Grechixa donining sifat korsatkichlari. 115
    3.Grechixa donini chiqindilardan tozalash. 115
    4.Grechixa doniga gidrotermik ishlov berish. 116
    5.Grechixa donini qobig'idan ajratishdan oldin yirikligi bo'yicha 116
    fraktsiyalarga ajratish. 116
    6.Grechixa donining qobig’ini ajratish. 117
    7.Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash. 119
    Takrorlash uchun savollar. 120
    Tayanch iboralari 121
    15-MAVZU. SHOLIDONIDAN YORMA ISHLAB CHIQARISH 121
    TEXNOLOGIYASI 121
    Reja: 121
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 121
    1.SHoli donining turlari. 122
    2.SHoli donining sifat korsatkichlari. 122
    3.SHoli donini chiqindilardan tozalash. 123
    4.SHoli doniga gidrotermik ishlov berish. 123
    5.SHoli donining qobig’ini ajratish. 124
    6.Qobiq ajratishda hosil bo'lgan maqsulotlarni saralash. 125
    7.SHoli mag’izini silliqlash. 125
    8.SHoli mag’izini sayqallash. 126
    9.Yormani saralash va va chiqindilarni nazorat qilish. 126
    10.SHoli donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat ko'rsatkichlari 127
    Takrorlash uchun savollar 127
    Tayanch iboralari. 128
    16-MAVZU. SULI DONIDAN YORMAISHLAB CHIQARISH 128
    TEXNOLOGIYASI. 128
    Reja: 128
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 128
    1.Suli donining turlari. 128
    2.Suli donining sifat ko'rsatkichlari. 129
    3.Suli donini chiqindilardan tozalash. 129
    4.Suli doniga gidrotermik ishlov berish. 129
    5.Suli donining qobig’ini ajratish. 130
    6.Qobiq ajratishda hosil bo'lgan mahsulotlarni saralash. 130
    7.Suli mag’izini silliqlash. 131
    8.Yormani saralash va va chiqindilarni nazorat qilish. 131
    9.Suli donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat korsatkichlari. 131
    Takrorlash uchun savollar 132
    Tayanch iboralari. 132
    17-MAVZU. ARPA DONIDAN YORMA ISHLAB CHIQARISH 132
    TEXNOLOGIYASI 132
    Reja: 132
    Foydalanilayotgan adabiyotlar. 133
    1.Arpa donining turlari va sifat korsatkichlari. 133
    2.Arpa donini chiqindilardan tozalash. 133
    3.Arpa donining gul qobig’ini ajratish. 134
    4.Arpa mag’izini maydalash va saralash. 134
    5.Arpa mag’izini silliqlash va sayqallash. 135
    6.Arpa donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat 135
    ko'rsatkichlari. 135
    Tayanch iboralari. 137
    18-MAVZU. BUG'DOY DONIDAN YORMA ISHLAB CHIQARISH 138
    TEXNOLOGIYASI 138
    Reja: 138
    Foydalanilayotgan adabiyotlar 138
    1.Bug'doy donining turlari va sifat ko rsatkichlari. 138
    3.Bug’doy donining qobig’ini oldindan ajratish. 139
    4.Bug’doy mag’izini maydalash va saralash. 139
    6. Bug'doy donidan olinadigan yormaning chiqishi va sifat 140
    ko'rsatkichlari. 140
    Takrorlash uchun savollar. 140
    Tayanch iboralari. 141
    19-MAVZU. MAKKAJUXORIDONIDAN YORMA ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 141
    Reja: 141
    Foydalanilayotgan adabiyotlar. 141
    1.Makkajuxori donining turlari va sifat korsatkichlari. 141
    2.Makkajuxori donini chiqindilardan tozalash. 142
    3.Makkajuxori doniga gidrotermik ishlov berish. 142
    4.Silliqlangan makkajuxori Yormasi ishlab chiqarish jarayoni. 143
    5.Bargsimon Yorma va kalamcha uchun makkajuxori Yormasi ishlab 143
    chiqarish. 143
    6.Makkajuxori donidan olinadigan Yormaning chiqishi va sifat 144
    ko'rsatkichlari. 144
    Takrorlash uchun savollar. 144
    Tayanch iboralari. 145

    Kirish
    ”Un va Yorma texnologiyasi" kursi maxsus kasb fanlaridan biri bo'lib, fanning maqsadi talabalarga donni qayta ishlash sanoati texnologiyalarini aktiv o'zlashtirishga tayyorlashdir.
    ”Un va Yorma texnologiyasi” kursini tugatgan talaba texnologik jarayonlarni boshqarish va ularni nazorat qilishni tashkillashtirish soxasidagi faoliyatini ta'minlovchi hajmdagi ma'lumotlarni oladi va quyidagilarni o'rganadi:

    • donlarning texnologik xossalari, ularni texnologik jarayonning tuzilishiga, mahsulotlarning chiqish miqdoriga va sifatiga ta’sirim;

    • donlardan olinadigan mahsulotlar assortimenti va sifatiga standarlarning talablarini;

    • un tortish va yorma olish texnologik jarayonlarining asoslari haqida bilimni;

    • un va Yormalarning sifatini aniqlashni;

    • un va Yorma ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining sxemalarini tuzib, uskunalarni hisoblash va asosiy texnologik jarayonlarning rejimlarini tanlashni;

    • laboratoriya sharoitida un va Yorma olish texnologik jarayonlarini mustaqil bajarishni;

    • un va Yormalarning sifat ko'rsatkichlarini tahlil qilishni;

    • texnologik uskunalar va jarayonlarning samaradorligini aniqlash va baholashni;

    • tegirmon va Yorma zavodlarida texnologik jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish mahoratini bilishni.

    ”Un va Yorma texnologiyasi” fani kurs loyihasini bajarish bilan yakunlanadi.

    1. MAVZU. UN VA YORMAISHLAB CHIQARISH BO'YICHA

    UMUMIY MA’LUMOT
    Reja:

    1. O'zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlarda un va Yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari.

    2. Un va Yorma ishlab chiqarish zavodlaridagi texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi.

    3. Un va Yormaning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari.

    4. Un va Yorma ishlab chiqarishda standartlashning roli.

    5. Un va Yorma ishlab chiqarish texnologiyasida ekologiyaning vazifasi.

    Foydalanilayotgan adabiyotlar

    1. Egorov G.A., Mefnikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g.

    2. Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologicheskiye oborudovanie mukomoEnoy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g.

    1. O'zbekiston Respublikasi va chet mamlakatlarda un va Yorma ishlab chiqarish sanoatining rivojlanish istiqbollari

    Un donni yanchish jarayonida hosil bo'ladigan mahsulot. Agar u faqat donning ichki qismi - endospermidan olingan bo'lsa - bunday un navli, don qobiqlari va murtagi bilan birgalikda yanchilganda to'liq maydalangan uni deyiladi. Un ishlab chiqarish uchun asosan bug’doy, javdar, tritikale, kam miqdorda suli, grechixa, arpa, makkajuxori va boshqa ekinlarning donlari qo'llaniladi.
    Yorma - bu donning gul, meva va urug'’ qobiqlari hamda murtagini ajratib olgandan keyin qolgan butun mag’izi yoki uning katta bo' lakchalaridir.
    Yorma grechixa, sholi, tarik, suli, arpa, makkajuxori, bug’doy, no'xat va juxori donlaridan ishlab chiqariladi.
    Un va Yorma sonsiz miqdordagi ozuqa mahsulotlarini tayyorlash uchun asos bo'lib hisoblanadi. Ularni iste'mol qilish natijasida inson 30-50 % oqsilga va 20-40 % turli zarur biologik moddalarga bo'lgan talabini qondiradi. Oziqlanish nisbatida eng qimmatlisi, tarkibida oziqlantiruvchi elementlari ko'p bo'lgan oddiy yanchilgan un hisoblanadi. Bundan tashqari unning tarkibida yanchilgan qobiqlar hisobidan tolasimon moddalar bo'lib, ular ovqat hazm qilish traktidagi turli shlaklarning chiqib ketishiga ta'sir ko'rsatadi va ichaklarning fiziologik funktsiyalarini yaxshilaydi.
    Hozirgi zamon tegirmonlarida tarkibida oqsil, kraxmal, mineral moddalar va vitaminlar miqdori ko'paytirilgan va kamaytirilgan turli navli unlarni ishlab chiqish mumkin.
    O'zbekiston Rspublikasida zamonaviy komplekt jihozlangan yuqori unumdorli tegirmonlar (unumdorligi bir kunda 250 tonnadan 500 tonnagacha bo'lgan tegirmonlar) va Yorma zavodlari mavjud. Bu tegirmonlarda 75 % gacha yuqori navli unlar olinadi. Hozirgi vaqtda respublikamizda unumdorligi 50 t/sut bo'lgan kichkina tegirmonlar qurilmoqda.
    Chet mamlakatlardagi tegirmon va Yorma zavodlarida texnologik jarayonlar O'zbekiston Respublikasidagi zavodlarda qo'llanadigan texnologik jarayonlardan printsipial farq qilmaydi. Faqatgina texnologik jarayonlarda qo' llanadigan mashinalar konstruktsiyalari bilan farq qiladi.

    1. Un va Yorma ishlab chiqarish zavodlaridagi texnologik jarayonlarning

    umumiy tavsifi
    Zamonaviy tegirmon va Yorma zavodlari yuqori darajada mexani- zatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan, ish sur’ati yuqori suratda uzluksiz bajaradigan korxona turiga kiradi.
    Tegirmondagi texnologik jarayonlar bir yoki bir necha oqimdan boshlanib un tortish davrida o'nlab, yuzlab oqimlarga ajralib (yirikligi va sifati bo'yicha) alohida ishlov beriladi. Oxirida bir yoki bir necha nazoratchi oqim orqali tayyor mahsulot chiqadi.
    Zamonaviy tegirmon va Yorma zavodlarida ishlab chiqarish texnologik jarayoni 3 ta bo'limda amalga oshiriladi.
    Tegirmonlarda:

    1. Donni tozalab, yuzasiga ishlov berib un tortishga tayyorlash.

    2. Un tortish.

    3. Un navlarini tayyorlash, vitaminlash, qoplash va qadoqlash. Tegirmonni birinchi (tayyorlov) bo'limida don massasi begona aralashmalardan tozalanadi. Donning yuzasiga quruq va suv bilan ishlov beriladi. Har xil sifatli donlardan un tortishga mos aralashma tayyorlanadi.

    Ikkinchi (un tortish) bo'limida donni yanchish jarayonida donlar birinchi yirik yanchilib Yorma, dunst va kepak ajratib olinadi. Hosil bo'lgan Yorma va dunst sifati bo'yicha saralanadi, qayroqlanadi va mayin yanchilib un holiga keltiriladi.
    Uchinchi (qoplash) bo'limining vazifasi ikkinchi bo'lim orasida boshlanadi. Bunda hosil bo'lgan har xil sifatli un oqimlaridan un olchanib aralashtiriladi va davlat standartlari talablariga javob beradigan un navlari oqimlari hosil qilinadi. Tayyorlangan un navlari kerak bo'lsa suvda eruvchan sintetik vitaminlar bilan boyitiladi. Har bir un navi bo'yicha alohida qoplanadi va qadoqlanadi.
    Un tortish jarayonining samaradorligi donlarning tabiiy boyligi va un tortishga sarflangan elektroenergiyaning foydalanish darajasi bilan baholanadi. Bu samaradorlikka qayta ishlanadigan donlarning texnologik xossalari, texnologik jarayonlarning tuzilishi, jixoz va uskunalarning ish rejimlari, texnologik va transport vositalarning samarali ishlashi ta’sir ko'rsatadi.
    Yorma zavodlarida:

    1. Donni tozalab, yuzasiga ishlov berish.

    2. Donni qobiqlarini ajratish.

    3. Yormalarni qoplash va qadoqlash.

    Birinchi (tayyorlov) bo'limida don massasi begona aralashmalardan tozalanadi. Donning yuzasiga suv bilan ishlov beriladi.
    Ikkinchi (qobiq ajratish) bo'limida don massasi yirikligi bo'yicha fraktsiyalarga ajratiladi, donning qobiqlari ajratiladi va saralanadi, maydalanadi, qayroqlanadi va silliqlanadi, Yorma va hosil bo'lgan chiqindilar nazorat qilinadi.
    Uchinchi (qoplash) bo'limida tayyor mahsulot Yormalar navi va nomeri bo'yicha alohida qoplanadi.

    1. Un va yormaning assortimenti va sifat ko'rsatkichlari

    Non, makaron, qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish maxsus talablarni qoniqtiruvchi un qo'llashni talab qiladi. Shuning uchun, bug’doy va javdar donlaridan bir necha navli un ishlab chiqariladi. Bundan tashqari yosh bolalar va dietik kasallar ovqati uchun unning alohida navlari ishlab chiqariladi.
    1-jadvalda nonbop unning sifat normalari keltirilgan. Bu ko'rsatkichlardan tashqari, unning namligi 15 % dan oshmasligi kerak.
    Yorma zavodlarida qayta ishlanadigan ekin doni turiga, o'rnatilgan sifat ko'rsatkichlari va chiqish normasiga bog’liq holda 20 dan ortiq turdagi Yormalar ishlab chiqariladi.
    Yorma zavodlarida grechixa, tariq, sholi, suli, arpa, bug’doy, no'xat, makkajuxori va oq juxori donlaridan Yormalar ishlab chiqariladi (2-jadval).
    Yorma ekinlari donlaridan ishlab chiqariladigan Yorma mahsulotlarini 5 guruhga bo'lish mumkin.

    1. guruh - maydalanmagan butun yormalar;

    2. guruh - maydalangan silliqlangan yormalar;

    3. guruh - maydalangan silliqlanmagan yormalar;

    4. guruh - yormalarni qayta ishlab olingan mahsulotlar (tayyor nonushtalar);

    5. guruh - yuqori to'yimlikga ega bo'lgan yormalar.1-jadval


    Nonbop unning sifat normalari


    Download 1.14 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi

    Download 1.14 Mb.