Buyumni o'zaro perpendikulyar 6 ta tekislikka proeksiyalashning nazariy asoslari. "Monj sistemasi" ning mohiyati




Download 0.54 Mb.
bet5/7
Sana30.01.2024
Hajmi0.54 Mb.
#148278
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buyumni o\'zaro perpendikulyar 6 ta tekislikka proeksiyalashning nazariy aso
Raqamliy Qurulmalar mustaqil ish, 2-lab.Elektronika dilfuza, dada 1, Yigirilgan ipak iplarini ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja-fayllar.org, Lecture 6, Trutzschler�, Rieter�, �Marzoli� firmaparining piltabirlashirish, kuchaytirgichlarning chiqish kaskadlari, 1692358575, Ikki o’lchovli integralva uni hisoblash, Ikki o‘lchovli integralni qutb, OPERASION HISOB YORDAMIDA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA TENGLAMALAR, MODULNING MAKSIMUM PRINSIPI. KOSHI TURIDAGI INTEGRAL. YUQORI TARTIBLI HOSILANING MAVJUDLIGI. ANALITIK FUNKSIYANING YUQORI TARTIBLI HOSILASI., Ko\'p òzgaruvchili funksiya tushunchasi.Funksiya limiti, uzluksizligi. Xususiy hosilalar, Funksiyalarni Teylor va Makloren qatoriga yoyish., KOMPLEKS HADLI QATORLAR. TEYLOR QATORI.LORAN QATORI., Fure qatori. Fure koeffisiyentlari. Juft va toq funksiyalarni Fure qatoriga yoyish.

Nuqtaning oktantlarda joylashuvi


O’zaro perpendikulyar bo’lgan uchta proyeksiyalar tekisligi kesishib, fazoni 8 qismga – oktantlarga bo’ladi (2.22–rasm). Ma‘lumki, H tekislik –

2.22-rasm. 2.23-rasm



2.24-rasm 2.25-rasm
gorizontal proyeksiyalar tekisligi, V – frontal proyeksiyalar tekisligi deyiladi. Tasvirdagi W tekislik profil proyeksiyalar tekisligi deb ataladi. Uchta proyeksiyalar tekisliklar o’zaro perpendikulyar joylashgan bo’ladilar, ya‘ni H⊥V⊥W. Buni H, V va W proyeksiyalar tekisliklari sistemasi deb yuritiladi.
Tekisliklarning o’zaro kesishishi natijasida hosil bo’lgan to’g’ri chiziqlar proyeksiyalar yoki koordinata o’qlari deyiladi va Ox, Oy, Oz harflari bilan belgilanadi. Proyeksiyalar o’qlarini tashkil qiluvchi Ox – abssissalar o‘qi, Oy – ordinatalar o‘qi va Oz – applikatalar o’qi deb ataladi. Buni H, V va W proyeksiyalar tekisliklari sistemasi deb yuritiladi.
Uchta proyeksiyalar tekisligining o’zaro kesishish nuqtasi O koordinatlar boshi deyiladi.
Bu sistemada musbat miqdor Ox o’qiga (2.22–rasm) koordinatlar boshi O dan chapga, Oy o’qiga kuzatuvchi tomonga va Oz o’qiga yuqoriga qaratib qo’yiladi. Bu o’qlarning qarama–qarshi tomonlari manfiy miqdorlar yo’nalishi bo’lib hisoblanadi.
Proyeksiyalar tekisliklarida geometrik shakllarning ortogonal proyeksiyalarini yasashni osonlashtirish uchun, odatda, bu tekisliklarning bir tekislikka jipslashtirilgan tekis tasviridan foydalaniladi. Shu maqsadda H tekislikni Ox o’qi atrofida pastga 90° ga va W tekislikni Oz o’qi atrofida o’ngga 90° ga aylantirib, V tekislikka jipslashtiriladi (2.23–rasm). Bunda Ox va Oz proyeksiyalar o’qlarining vaziyati o’zgarmay qoladi (2.24–rasm). H tekislik V tekislikka jipslashtirilganda Oy o’qining musbat yo’nalishi Oz o’qining manfiy yo’nalishi bilan, Oy o’qining manfiy yo’nalishi esa Oz o’qining musbat yo’nalishi ustma–ust tushadi. Shuningdek, profil proyeksiyalar tekisligi W frontal proyeksiyalar tekisligi V bilan jipslashtirilganda Oy o’qining musbat yo’nalishi Ox o’qining manfiy yo’nalishi bilan, uning manfiy yo’nalishi Ox o’qining musbat yo’nalishi bilan ustma–ust joylashadi.
Geometrik shaklning ortogonal proyeksiyalari yasashda asosan H, V va W proyeksiyalar tekisliklari sistemasining koordinatalar o’qlaridan foydalaniladi. Shuning uchun chizmada proyeksiyalar tekisliklarini tasvirlash shart emas (2.24–rasm). Shuningdek, tasvirni soddalashtirish uchun koordinata o’qlarining manfiy yo’nalishlarini chizmada hamma vaqt ham ko’rsatilmaydi (2.25-rasm).
Koordinata o’qlarining manfiy yo’nalishlari nuqtaning qaysi oktantga tegishligiga qarab belgilanadi.
Biror nuqta berilgan koordinatalariga asosan fazoning turli oktantlaridan birida joylashgan bo’lishi. Buni aniqlash uchun takror koordinata o’qlarining yo’nalishi (2.22-rasm) ishoralariga asosan quyidagi 1-jadvalni keltiramiz.
1-jadval

Oktantlar

Koordinatalar




x

y

z

I

+

+

+

II

+

-

+

III

+

-

-

IV

+

+

-

V

-

+

+

VI

-

-

+

VII

-

-

-

VIII

-

+

-


Download 0.54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buyumni o'zaro perpendikulyar 6 ta tekislikka proeksiyalashning nazariy asoslari. "Monj sistemasi" ning mohiyati

Download 0.54 Mb.