• 2.26-rasm
  • Nuqtaning H, V, W tekisliklarga va koordinata o'qlariga tegishliligi




    Download 0.54 Mb.
    bet6/7
    Sana30.01.2024
    Hajmi0.54 Mb.
    #148278
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Buyumni o\'zaro perpendikulyar 6 ta tekislikka proeksiyalashning nazariy aso
    Raqamliy Qurulmalar mustaqil ish, 2-lab.Elektronika dilfuza, dada 1, Yigirilgan ipak iplarini ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja-fayllar.org, Lecture 6, Trutzschler�, Rieter�, �Marzoli� firmaparining piltabirlashirish, kuchaytirgichlarning chiqish kaskadlari, 1692358575, Ikki o’lchovli integralva uni hisoblash, Ikki o‘lchovli integralni qutb, OPERASION HISOB YORDAMIDA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR VA TENGLAMALAR, MODULNING MAKSIMUM PRINSIPI. KOSHI TURIDAGI INTEGRAL. YUQORI TARTIBLI HOSILANING MAVJUDLIGI. ANALITIK FUNKSIYANING YUQORI TARTIBLI HOSILASI., Ko\'p òzgaruvchili funksiya tushunchasi.Funksiya limiti, uzluksizligi. Xususiy hosilalar, Funksiyalarni Teylor va Makloren qatoriga yoyish., KOMPLEKS HADLI QATORLAR. TEYLOR QATORI.LORAN QATORI., Fure qatori. Fure koeffisiyentlari. Juft va toq funksiyalarni Fure qatoriga yoyish.
    Nuqtaning H, V, W tekisliklarga va koordinata o'qlariga tegishliligi.
    Fazodaning I oktantida joylashgan A nuqta va o’zaro perpendikulyar H, V va W proyeksiyalar tekisliklari sistemasi berilgan (2.26,a–rasm). A nuqtaning ortogonal proyeksiyalarini yasash uchun bu nuqtadan proyeksiyalar tekisliklariga perpendikulyarlar o’tkazamiz.
    Faraz qilaylik, A nuqtadan H tekislikka tushirilgan perpendikulyarning

    2.26-rasm


    asosi A′ bo’lsin. Mazkur nuqtadan V tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosini aniqlash uchun A′ dan Ox ga perpendikulyar o’tkazamiz va bu o’qda Ax ni topamiz. So’ngra Ax dan Ox ga perpendikulyar qilib o’tkazilgan chiziqning A nuqtadan V tekislikka tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan A″ nuqtasini topamiz.
    A nuqtadan W tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosini (2.26,a– rasm) aniqlash uchun A′ dan Oy o’qiga tushirilgan perpendikulyar o’tkazamiz va Ay ni belgilaymiz. So’ngra Ay dan Oy ga perpendikulyar qilib o’tkazilgan chiziqning A nuqtadan W ga tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan A″′ nuqtasini topamiz. A nuqtadan W tekislikka tushirilgan perpendikulyarning asosi A″′ ni A″ dan Oz o’qigacha o’tkazilgan perpendikulyar orqali ham aniqlash mumkin.
    A nuqtadan H, V va W tekisliklariga o’tkazilgan perpendikulyarlarning asoslari A′, A″ va A″′ nuqtaning ortogonal proyeksiyalari deyiladi. Bunda A′ – nuqtaning gorizontal proyeksiyasi, A″ – frontal proyeksiyasi va A″′ – profil proyeksiyasi deyiladi va A(A′,A″,A″′) ko’rinishida yoziladi. A nuqtaning chizmasini tuzish uchun V tekislikni qo’zg’atmasdan H va W proyeksiyalar tekisliklarini V tekislikka jipslashtiramiz (2.26,b–rasm). A nuqtaning A″ frontal proyeksiyasi V tekislikka tegishli bo’lgani uchun uning vaziyati o’zgarmay qoladi. Gorizontal A′ va profil A″′ proyeksiyalar H va W tekisliklariga mos ravishda tegishli bo’lgani uchun bu tekisliklar Ox va Oz o’qlar atrofida pastga va o’ngga 90° ga buriladi va 2.26,b,v–rasmda ko’rsatilgan vaziyatni egallaydi. A nuqtaning hosil qilingan chizmasida uning A′ va A″ proyeksiyalari Ox ga perpendikulyar bo’lgan bir proyeksion chiziqda, frontal A″ va A″′ profil proyeksiyalari esa Oz o’qiga perpendikulyar bo’lgan ikkinchi proyeksion chiziqda joylashadi.

    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nuqtaning H, V, W tekisliklarga va koordinata o'qlariga tegishliligi

    Download 0.54 Mb.