• IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
  •  “Buyurtmachi”ning huquq va majburiyatlari




    Download 65.06 Kb.
    bet3/4
    Sana31.01.2023
    Hajmi65.06 Kb.
    #40293
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Buyruq, Boshlangi’ch sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’li, 2022 медиа режа март ойи мониторинги, Яшил макон саволлар, 12, 1 МАЪРУЗА Янги таҳрир Конституция, 1-Лекция, 493883, Маркетинг, 16 Биохимия белков, инструкция Samsung samsung nx 820, 2.3 (3), 2.3matem (3), 7-ma’ruza aktiv va reaktiv qarshiliklari o‘zaro ketma-ket ulanga-fayllar.org
    3.2. “Buyurtmachi”ning huquq va majburiyatlari:
    3.2.1. “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish va moddiy-texnika jihozlari bilan taʼminlash;
    3.2.2. Xizmatlarni toʻliq miqdorda va sifatli koʻrsatilishini talab qilish;
    3.2.3. “Ijrochi” tomonidan taqdim etib boriladigan maʼlumotlar va hisobotlarni umumlashtirish va ularning natijalari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
    3.2.4. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni ushbu shartnomada belgilangan tartibda va koʻrsatilgan narxlar boʻyicha hisobot oyi tugagandan keyin 1 kun ichida amalga oshirish;
    3.2.5. “Ijrochi” tomonidan isteʼmolchilarning aniqlangan (muddati oʻtgan yoki oʻzoq vaqtdan buyon toʻlanmasdan kelinayotgan) qarzdorliklari, noqonuniy yoki oʻzboshimchalik bilan suv tarmogʻiga ulanganlik holatlari yuzasidan taqdim etgan hujjatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan muddatda va tartiblarda ularni undirish choralarini koʻrish;
    3.2.6. “Ijrochi”ga mazkur shartnomaga asosan belgilangan xizmat haqini, ragʻbatlantirishlarni koʻrsatilgan muddatlarda toʻlab berilishini kafolatlaydi va amalga oshiradi.
    3.2.5. Istalgan vaqtda “Ijrochi”ning faoliyatiga aralashmagan holda koʻrsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ishlarning borishi va sifatini tekshirish;
    3.2.6. Zarur hollarda “Ijrochi”ga har kunlik xizmat koʻrsatish boʻyicha vaqt belgilash hamda ishlar bajarilayotgan joyda boʻlishini nazorat qilish.


    IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
    4.1. “Ijrochi” xizmatlarni ushbu shartnomada belgilangan shartlarda va koʻrsatilgan muddatlarda bajarmaganligi yoki koʻrsatmaganligi uchun “Buyurtmachi”ga yetkazilgan zararni toʻliq qoplaydi hamda amaldagi qonunchilikka asosan bajarilmagan majburiyatlar miqdorining 1 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
    4.2. “Ijrochi” quyidagi hollarda, yaʼni mazkur shartnoma boʻyicha “Buyurtmachi” tegishli shart-sharoitlar yaratish va moddiy-texnika jihozlari bilan toʻliq taʼminlamaganda javobgar boʻlmaydi.
    4.3. “Ijrochi”ga biriktirib berilgan xududlarda isteʼmolchilar bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan noqonuniy ichimlik suvidan foydalanishiga yoʻl qoʻyib bersa, hisoblagich koʻrsatgichlari olinmasa, shartnoma shartlari bajarilmagan deb topilib “Ijrochi” bilan shartnoma bekor qilinadi.
    4.4. “Buyurtmachi” ushbu shartnomada kelishilgan muddatdan keyin 30 kun davomida hisob-kitoblarni amalga oshirmasa yoki ragʻbatlantirishlar bilan taʼminlamasa “Ijrochi”ga toʻlov kechiktirilgan summaning 1 foizi miqdorda jarima toʻlaydi.
    4.5. “Buyurtmachi” quyidagi hollarda, yaʼni mazkur shartnoma boʻyicha “Ijrochi”ning majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda javobgar boʻlmaydi.
    4.6. Yetkazilgan zararlarini qoplash va neustoyka toʻlash Taraflarni oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq bajarilishidan ozod qilmaydi.
    4.7. Taraflarning ushbu shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qoʻllaniladi.
    4.8. “Ijrochi”ga biriktirib berilgan hududni monitoring qilish vaqtida noqonuniy isteʼmolchilar aniqlansa, isteʼmolchiga berilgan chek (kvitansiya) bilan bank aylanmasi va Water Control dasturiga “MUNIS” tizimi orqali kelib tushgan toʻlovlar bir xil aks etmaganlik javobgarligi masalasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



    Download 65.06 Kb.
    1   2   3   4




    Download 65.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     “Buyurtmachi”ning huquq va majburiyatlari

    Download 65.06 Kb.