• III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 3.1. “Ijrochi”ning huquq va majburiyatlari
  • II. SHARTNOMA NARXI VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI




    Download 65.06 Kb.
    bet2/4
    Sana31.01.2023
    Hajmi65.06 Kb.
    #40293
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Buyruq, Boshlangi’ch sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’li, 2022 медиа режа март ойи мониторинги, Яшил макон саволлар, 12, 1 МАЪРУЗА Янги таҳрир Конституция, 1-Лекция, 493883, Маркетинг, 16 Биохимия белков, инструкция Samsung samsung nx 820, 2.3 (3), 2.3matem (3), 7-ma’ruza aktiv va reaktiv qarshiliklari o‘zaro ketma-ket ulanga-fayllar.org
    II. SHARTNOMA NARXI VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI
    2.1. “Buyurtmachi” “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun u tomonidan filial hisobiga suv isteʼmolidan tushirilgan mablagʻdan 1 (oʻn) foiz miqdorida haqni toʻlab berish majburiyatini oladi.
    Bunda, “Ijrochi”ga belgilangan reja boʻyicha va undan ortiq terilgan (undirilgan) pul tushumining 1 % foizi miqdorida xizmat haqi belgilanadi, rejada belgilangan summaning 1 foizidan 1 foizigacha miqdorda pul mablagʻi unrdirilsa, undirilgan mablagʻning 1 foizi, rejada belgilangan summaning 1 foizdan kam miqdorda pul mablagʻi undirilsa 1 foizi miqdorida xizmat haqi olishi belgilanadi.
    “Ijrochi”ga hisoblangan xizmat haqidan qonunchilikda belgilangan tartibda soliq va ajratmalar hisoblanadi.
    “Ijrochi” tomonidan aholidan suv isteʼmoli uchun toʻlovlarni naqd koʻrinishda qabul qilinish bank tomonidan ajratilgan termoprinterlardan chek berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
    Jismoniy shaxslar (isteʼmolchi) tomonidan isteʼmol qilingan ichimlik suvi boʻyicha qarzdorliklarni undirilishi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi hamda boshqa turdagi hujjatlar “Buyurtmachi” tomonidan har oyning 1 sanasiga qadar ishlab chiqiladi va uning bajarilishini taʼminlash uchun “Ijrochi”ga taqdim etiladi.
    “Ijrochi” oʻziga biriktirilgan hududda ichimlik suv tarmogʻiga noqonuniy ulanganlik holatlarini aniqlab, dalolatnoma tuzib, tarmoqdan uzilgandan soʻng, yetkazilgan zarar toʻliq undirilgandan keyin, undirilgan zarar summasining 1 foizi, lekin mehnatga xaq toʻlashning eng kam miqdorining bir barobaridan oshmagan miqdorida ragʻbatlantirish toʻlab beriladi.
    2.2. “Ijrochi” tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun “Buyurtmachi” toʻlovlarni toʻlash xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan ochilgan plastik kartochkasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


    III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
    3.1. “Ijrochi”ning huquq va majburiyatlari:
    3.1.1. Xizmatlarni lozim darajada sifatli koʻrsatish;
    3.1.2. Oʻziga biriktirilgan hududlardagi debitor qarzdorliklar yuzasidan, shuningdek, isteʼmolchilarda suv oʻlchagich asboblari oʻrnatilganligi, ularning yaroqliligi hamda koʻrsatkichlari yuzasidan tegishli maʼlumotlarni va hisobotlarni (muddatining koʻrsating ?) “Buyurtmachi”ga taqdim etib borish;
    3.1.3. Oʻziga biriktirilgan hududda sodir boʻlgan halokatli (avariya) holatlari yuz berganda “Buyurtmachi”ni shu kunning oʻzida xabardor qilish;
    3.1.4. Xizmatlarni toʻliq miqdorda va ushbu shartnoma shartlarida hamda unga ilova tariqasida berilgan hujjatlarda koʻrsatilgan muddatda koʻrsatish yoki bajarish;
    3.1.5. Isteʼmolchi va “Ijrochi” oʻrtasida yigʻilgan pullar isteʼmolchining shaxsiy hisob raqamida kam yoki koʻp kiritilmasligi yoxud yigʻilgan pullar ijrochining bank aylanmasi va isteʼmolchining shaxsiy hisob raqami bilan bir xil boʻlishini taʼminlash;
    3.1.6. “Ijrochi” “Buyurtmachi” bilan kelishilgan muddatda hisobotlarini toʻgʻri va sifatli topshirish;
    3.1.7. “Ijrochi” xizmatlar koʻrsatish jarayonida koʻrsatilgan xizmatlar natijasining sifati yomonlashuviga olib kelgan va ushbu shartnoma shartlaridan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, “Buyurtmachi”ning talabiga koʻra barcha aniqlangan kamchiliklarni bir oy davomida yoki kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar oʻz hisobidan va tekinga bajarish;
    3.1.8. “Buyurtmachi” tomonidan belgilab berilgan hamda ushbu shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni shaxsan oʻzi koʻrsatish (bajarish);
    3.1.9. “Ijrochi”ga berilgan tovar moddiy boylik (terminal, termoprinter va bank va “Burtmachi” tomonidan taqdim etilgan mobil ilovalarga biriktirilgan loginlar, parollar va h.k)larni asrab-avaylab ishlatishi va javobgar etib belgilanadi;
    3.1.10. Zarur hollarda “Buyurtmachi”ning topshirigʻiga koʻra, filial xodimlari ishtirokida monitoring yoki xatlov oʻtkazishda ishtirok etish.
    3.1.11. Oʻziga biriktirilgan hududda isteʼmolchilar tomonidan ichimlik suv tarmogʻiga noqonuniy ulanganlik holatlarini aniqlangan taqdirda, tegishli tartibda hujjatlar (dalolatnoma) rasmiylashtirgan holda suv tarmoqdan uzish choralarini koʻrish va ushbu hujjatlarni uch (uch) kun ichida suv taʼminoti boʻlimiga taqdim etish.

    Download 65.06 Kb.
    1   2   3   4




    Download 65.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. SHARTNOMA NARXI VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI

    Download 65.06 Kb.