14
Shuni ta'kidlash kerakki, ReadOnly faqat ilova ishlagan paytdagina amal
qiladi va ReadOnly xossasining qiymati true bo'lganda ham programma ishlashida
“ichkaridan” Text xossasining qiymatlarini o'zgartirishi mumkin .
Vizual komponentalar Color, Ctr3D, Font va Showhint xossalari uchun
kelishuv bo’yicha qiymatni “ota” konteynerning (asosan forma) mos xossalarining
qiymatini olishi mumkin. Ko'rsatilgan xossalarning qiymat manbaini boolean
turidagi quyidagi xossalar aniqlab beradi :
ParentColor - Fon rangi uchun;
ParentCtl3D - Komponenta o’lcham ko'rinishi;
ParentFont - Matn shrifti uchun;
ParentShowHint - Yordamchi matnni ko'rsatish uchun.
Aksariyat hollarda kelishuv buyicha bu xossalar qiymatlari true bo'ladi. Agar
programma tuzuvchi komponentadagi mos xossalarni o'zgartirsa, unga mos keluvchi
ParentXXX xossasining qiymati false o’tadi.
Parent
xossasi komponenta uchun “ota” boshqaruv komponentaga ko'rsatadi.
Ota boshqaruv komponentasi sifatida konteyner keladi va o'z ichidagi vizual
komponentalarni qanday tasvirlanishiga javob beradi.
Formani loyihalashda va unga turli xil komponentalarni joylashtirishda
komponentani qaysi konteynerga joylashishiga mos ravishda Parent xossasi
avtomatik ravishda to'g'ri qiymat qabul qiladi. Komponentalarni dinamik ravishda
yaratish vaqtida komponentaning Parent xossasiga “qo'lda” qiymat berishga to'g'ri
keladi.
Owner
xossasi mavjud bo'lib u komponentaning egasi bo'lgan elementga
ko'rsatadi. Odatda komponentalar egasi ular joylashgan forma bo'ladi. Agar ega
komponenta o'chirilsa, u egalik qiluvchi barcha komponentalar o'chib ketadi.