• ShowHint xossasining qiymatini true deb aniqlash zarur. PopupMenu
  • AutoPopup xossasiga (boolean turidagi) true qiymatini berish kerak. Kelishuv buyicha uning qiymati false boladi. TabOrder
  • C/C++ tilida dasturlash




    Download 1,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/18
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,39 Mb.
    #263316
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Height 
    va 
    Width
    xossalari komponentaning mos ravishda vertikal va 
    gorizontal o'lchamlarini piksillarda beradi. 
    Left
    va 
    Top
    xossasi komponentaning u joylashgan konteynerga (forma yoki 
    panelga) nisbatan koordinatalarini aniqlaydi. O'z o'rnida forma ham komponenta va 
    uning koordinatalari ekranning chap yuqori burchagiga nisbatan aniqlanadi. 
    Hint
    xossasi kursor komponenta sohasida va bir necha soniya harakatsiz 
    holatda bo'lganda ekranga yordamchi matnni chiqaradi. Yordamchi matn sariq 
    fondda chiqadi va komponentaning ishlatilish maqsadini qisqacha yoritadi. 


    13 
    Yordamchi matn ekranda paydo bo'lishi uchun boolean turidagi 
    ShowHint
    xossasining qiymatini true deb aniqlash zarur. 
    PopupMenu
    xossasi suzib chiquvchi lokal menuga ko'rsatadi. Bu menyu 
    sichqoncha ko'rsatgichi komponenta maydonida (sohasida) turgan holda 
    sichqonchaning o'ng tugmasi bosilganda paydo bo'ladi va bu holat ro'y berishi uchun 
    AutoPopup
    xossasiga (boolean turidagi) true qiymatini berish kerak. Kelishuv 
    buyicha uning qiymati false bo'ladi. 
    TabOrder
    xossasi konteynerdagi komponentalarning fokus olish tartibini 
    aniqlaydi (“Tab” tugmasi bosilganda), ya'ni komponentalar "aylanib" chiqish ketma 
    - ketligini aniqlaydi. Kelishuv bo'yicha bu ketma - ketlik formani ko'rinishini 
    yaratishda komponentalarni konteynerga joylashtirish tartibiga mos keladi: birinchi 
    komponentaning TabOrder xossasining qiymati 0, ikkinchisiniki - 1 va hakoza. 
    Tartibni o'zgartirish uchun komponentaning TabOrder xossasiga zarur qiymatni 
    berish kerak. Har bir konteyner boshqalariga bog'liq bo'lmagan tabulyasiya tartibiga 
    ega bo'ladi. Ikkita komponenta bir xil tabulyatsiya tartibiga ega bo'lishi mumkin 
    emas . 
    TabStop
    xossasi TabOrder bilan birgalikda ishlatilib, komponentaning fokus 
    olishi yoki yo'qligini aniqlaydi. Agar TabStop xossasining qiymati true bo'lsa 
    komponenta fokus olishi mumkin, aks holda yo'q. Vizual komponentalarning 
    tabulasiya tartibini Edit buyruqlar menu sida joylashgan EditTabOrder 
    (Tabulyatsiya tartibini o'zgartirish ) dialog darchasi orqali amalga oshirish mumkin. 

    Download 1,39 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1,39 Mb.
    Pdf ko'rish