RadioGroup - O'zaro bir-birini inkor qiluvchi tanlashlar guruhi;   Panel




Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana13.06.2024
Hajmi1,39 Mb.
#263316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
 RadioGroup
- O'zaro bir-birini inkor qiluvchi tanlashlar guruhi
 Panel 
- Konteyner soha; 
 ActionList
- Amallar (bog’lanadigan funksiyalar) ro'yhati. 
Additional
varag'ida komponentalar quyidagicha joylashgan: 
BitBtn - Rasmli tugma;
SpeedButton - Tezkor murojaat tugmasi;
MaskEdit - Qolip buyicha berilganlarni kiritish uchun bir qatorli tahrir; 
StringGrid – Satrlarning ikki o’lchamli jadvali; 
DrawGrid – Rasm joylashtirish mumkin bo’lgan jadval; 
Image - Grafik shakl joylshtiriladigan soha; 
Shape – Standart geometrik shakllar; 
Bevel – Bo’rttilgan (o’yilgan) shaffof to’rtburchak soha; 
ScrollBox – Harakatlanish mumkin bo’lgan darcha; 
CheckListBox – Tanlashlar (belgilashlar) ro’yxati;
Splitter – Sohani ajratuvchi chiziq; 
Statictext - Statik (turg'un) satr; 
ControlBar - Vositalar paneli uchun konteyner; 
ApplicationEvents - Ilovaning hodisalari; 
Chart – Diagrammalar, grafiklar chizishning vositasi. 
Vizual komponentalarning umumiy xususiyatlari 
Barcha vizual komponentalar uchun TControl sinfi asos hisoblanadi va u 
elementning o'lchami va joylashuvi, uning sarlavhasi, rangi va shunga uxshash 
parametrlaridan iborat asosiy funksional atributlarni ta'minlaydi. TControl sinfi 



vizual komponentalar uchun umumiy bo'lgan xossalar, hodisalar va metodlarni o'z 
ichiga oladi. Vizual komponentalarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: 
1. To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementlari; 
2. To'g'ri to'rtburchakli bo'lmagan boshqaruv elementlari. 
To'g'ri to'rtburchakli boshqaruv elementi o'zida ma’lum bir maqsad uchun 
aniqlangan maxsus to'g'ri to'rtburchakni ifodalaydi. Bu elementlarga misol 
tariqasida boshqaruv tugmalarini, tahrir maydonlari, harakatlanish yo'laklarini 
ko'rsatishimiz mumkin. Ular uchun asos sinf TWinControl hisoblanadi. 
To'g'ri to'rtburchak elementlari qiymar kiritish fokuslarini ilishi mumkin . 
Elementni fokus olganligi ikki xil usulda kursatiladi : 
1. Tahrir kursori yordamida; 
2. To'g'ri to'rtburchak orqali. 
Matn tahrirlari bo'lgan Edit va Memo komponentalari o'z sohasida tahrir 
kursori (matn kursori) paydo bo'lishi orqali fokus (boshqaruvni) olganligini 
bildiradi. 
Mantlarni tahrirlash bilan bog'liq bo'lmagan komponentalarda qora punktir 
chiziqli to'g'ri to'rtburchak paydo bo'lishi uning fokus olganligini anglatadi. 
Masalan, Button tugmasi fokus olganda sarlavha atrofida to'g'ri to'rtburchak paydo 
bo'ladi, ListBox komponentada esa ro'yxatdagi ayni paytda tanlangan satrni 
ajratilgan holda (aksariyat hollarda ko'k fonda) ko'rsatishi boshqaruvni olganligini 
bildiradi. Bulardan tashqari, to'g'ri to'rtburchak boshqaruv elementlari konteyner 
sifatida o'z ichida boshqa boshqaruv elementlarini olishi mumkin. Bu holda 
boshqaruv elementi o'z ichidagilarga ota hisoblanadi. 
To'g'ri to'rtburchak bo'lmagan boshqaruv elementlari TGraphicControl 
sinfining avlodlari hisoblanadi. Bu guruh elementlarii qiymat kiritish fokusini 
olmaydi va interfeys elementlari uchun “ota” bo'la olmaydi. To'g'ri to'rtburchak 
bo'lmagan boshqaruv komponentalarining afzalligi - ularni nisbatan kam resurs talab 
qilishida. 


10 
Vizual komponentalarning xossalari 
Xossalar ilovalar yaratilishi va boshqarilishida komponentalar tashqi 
ko'rinishi va amal qilishini boshqarish imkonoyatini beradi. Odatda komponenta 
xossasinig qiymatlari ilovalarni yaratish vaqtida Ob'ektlar Inspektori yordamida 
amalga oshiriladi. Keltiriladigan misollarda tushunarli bo'lishi uchun xossalar 
qiymatlari qiymat berish operatori yordamida amalga oshiriladi. Shuni ta'kidlab 
o'tish kerakki, komponentalar barcha xossaga ega bo'lmasligi mumkin. Masalan, 
Edit tahriri Caption xossasiga ega emas, Label yozuvi ReadOnly xossasiga ega emas 
va hakazo. 
Quyida komponentalarda uchraydigan asosiy xossalarga izox beramiz.
Caption
xossasi komponenta sarlavhasini yozish satrini o'z ichiga oladi. 
Sarlavha satridagi ayrim belgilar tagiga chizilgan bo'lishi mumkin, ular tezkor 
murojaat tugmalarining kombinatsiyasini bildiradi. Ko'rsatilgan belgini  
tugmasi bilan bir vaqtda bosilishi shu sarlavhadagi komponentaga sichqonchaning 
tugmasini bosish bilan bir xil amalni yuzaga keltiradi. Tezkor murojaat belgisini, 
shu belgi oldiga ‘&’ belgisini quyish orqali belgilanadi, masalan: 
Label1->Caption=”Avtobus &nomerini kiriting”; 
Button1->Caption=”&Tamom”;
Suni qayd etish kerakki, Caption xossasining qiymatlarini Object inspector 
darchasi Properties varagidagi mos qatoridagi satr maydonida kiritish ham 
mumkin. 
Align
xossasi komponentani u joylashgan konteyner ichidagi joylashuv 
variantlarini aniqlaydi. Aksariyat hollarda konteyner sifatida Form formasi yoki 
Panel paneli keladi. 
Align xossasi quyidagi qiymatlarning birini qabul qilishi mumkin: 
alNone - to'g'rilash amalga oshirilmaydi. Komponenta ilovani yaratish paytida 
qaerga joylashtirilgan bo'lsa, shu joyda qoladi; 
alTop - komponenta konteynerning yuqori qismiga ko'chiriladi, komponenta 
balandligi o'zgarmaydi, eni esa konteyner eniga teng bo'ladi; 


11 
alBottom - AlTop ga o'xshash, faqat komponenta konteyner pastiga 
joylashadi; 
alLeft - komponenta konteynerning chap tomoniga ko'chadi, eni o'zgarmaydi, 
buyi esa konteyner buyiga tenglashadi. 
alRight - alLeft ga o'xshash, faqat komponenta konteynerning o'ng tomoniga 
ko'chadi; 
alClient - komponenta konteynerni to'la egallaydi.
Misol. Panelni formaga nisbatan tog'rilash. 
Panel1->Align=AlTop; 
Natijada Panel1 paneli Form1 formaning yuqori qismiga joylashadi. 
Color 
komponenta fonining rangini aniqlaydi. Color xossasinig qiymati 4 
baytli 16 sanoq sistemasidagi son bo'lib, uning katta bayti rang palitrasini aniqlaydi 
(odatda $00), kichik uchta bayti qizil, yashil va ko'k ranglarning RGB intensivligini 
aniqlaydi. Bu ranglarni turli nisbatdagi aralashmasidan natijaviy rang xosil bo'ladi. 
Masalan, $000000 - qora, $FFFFFF - oq, $0000FF - qizil, $00FF00 - yashil, 
$FF0000 - ko'k rangni beradi. Ranglar qiymatini konstantalar orqali berish ancha 
qulay. Masalan, clAqua - Och ko'k ($FFFF00), clBlack – Qora ($000000) va 
hakoza. 
Ctr3D
xossasi boolean turida bo'lib, vizual komponenta ko'rinishini 
aniqlaydi. Agar Ctr3D qiymati false bo'lsa komponenta ikki o'lchamli tasvir 
kurinishida, agar true bo'lsa - uch ulchamli tasvirlanadi (kelishilgan holdagi 
ko'rinish). 
Cursor
xossasi sichqoncha ko'rsatgichining ko'rinishini aniqlab beradi. Bu 
ko'rinishlar rang barang, ular ichida eng asosiylari quyidagi konstantalar bilan 
beriladi : 
crDefault - sichqoncha ko'rsatgichi kelishuv bo'yicha (odatda strelka) ; 
crNone - ko'rsatgich ko'rinmaydi ; 
crArrow - ko'rsatgich strelka ko'rinishida; 
crCross - ko'rsatgich xoch ko'rinishida;
crHourGlas - ko'rsatgich qum soati ko'rinishida.


12 
Enabled
xossasi boolean turida bo'lib komponentani faolligini, ya'ni 
sichqonchadan yoki klaviaturadan kelayotgan signallarga aks ta'sir bera olishini 
aniqlaydi. Agar xossa true (kelishilgan holat qiymati) qiymatga ega bo'lsa, 
komponenta faol hisoblanadi. Komponentaning faol bo'lmagan holatini 
sarlavhaning yoki matnning oqargan rangda ekanligi bildiradi. Ayrim hollarda 
qandaydir komponenta o'chirilgan (blokirovka qilingan) bo'ladi, agar u bilan bog'liq 
qandaydir amalni bajarishni iloji bo'lmasa. Masalan, Save tugmasi xujjatni saqlash 
amalini bajaradigan bo'lsin, agar saqlanadigan xujjatning o'zi bo'lmasa, saqlash 
amalining ma'nosi yo'q. Bunday hollarda tugma faol bo'lmagan holatga o'tkaziladi: 
Save->Enabled=false; 
Font
xossasi vizual komponenta akslanuvchi matn shriftini aniqlaydi. O'z 
navbatida TFont sinfi shrift parametrlarini boshqarishga imkon beruvchi xossalariga 
ega. Bularning ichida asosiylari quyidagilar: 
Name - Shrift nomini aniqlaydi;
Size - Punktlarda shrift o'lchamini beradi;
Style - Shrift Stilini beradi;
Color - Matn rangini boshqaradi. 
Masalan, Label1 yozuvining rangini berish: 
Label1->Font->Color=clGreen; 
Label1->Color=clWhite; 
Label1 sarlavhasi yashil fonddagi oq rangdagi matn ko'rinishida bo'ladi. 

Download 1,39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



RadioGroup - O'zaro bir-birini inkor qiluvchi tanlashlar guruhi;   Panel

Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish