• INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA TALIM METODLARIDAN FOYDALANISH Shermetov Akmal Kamaliddinovich
  • Central asian journal of education and innovation




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana20.06.2024
    Hajmi0,92 Mb.
    #264798
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    CAJEI0305



     
    Page 22 
     
    CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
    AND INNOVATION 
    Volume 2, Issue 3, March 2023 
    www.in-academy.uz 
     INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA TA'LIM 
    METODLARIDAN FOYDALANISH 
    Shermetov Akmal Kamaliddinovich 
    Urganch Davlat Universiteti akademik litseyi
    Informatika fani oʻqituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7700731 
    ARTICLE INFO 
     
    ABSTRACT
     
    Qabul qilindi: 25- fevral 2023 yil 
    Ma’qullandi: 28-fevral 2023 yil 
    Nashr qilindi: 06-mart 2023 yil
     
     
    Ushbu maqolada informatika ta’limida innovatsion 
    hamda interfaol metodlardan foydalanib dars o’tishning 
    samarali tomonlari xususida so’z boradi.
    KEY WORDS 
    Informatika, axborot, AKT, usul, 
    mohirlik, baliq skleti, venn 
    diagrammasi, 
    suhbat, 
    innovatsiya, 
    metodologiya, 
    kompetensiya, didaktika. 
     
    Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi 
    texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak 
    madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs 
    ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli 
    foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Bugungi kunda fan hozirgi zamon axborot 
    jamiyatining arxetipidan mustahkam o`rin olgan. Bunda borliqning tuzilishini ijodiy bilish 
    instituti sifatidagi fanning epistemologik, kreativ evristik funksiyasi alohida ro`l o`ynaydi.
    Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, 
    ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot 
    kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda 
    tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot 
    kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga 
    asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy 
    asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir. 
    Fan - bu rivojlanuvchi, o`sib boruvchi bilim tizimi, ijtimoiy ongning va kishilik sivilizatsiyasi 
    ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o`zini qurshagan olamni surunkali va chuqur 
    o`zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy voqelikning borliq qonuniyatlari to`g‘risida aniq, chuqur, 
    haqqoniy axborot olish, bunday axborotni o`zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan 
    foydalanishga yo`naltirilgan alohida shaklidir.
    Fanning rivojlanishi - faktlarni to`plash, ularni o`rganish va tizimlashtirish, umumlashtirish va 
    ayrim qonuniyatlarni ochishdan ilmiy bilimlarning hozirda ma`lum bo`lgan faktlarning 
    mazmun-moxiyatini tushuntirib bera oladigan, yangilarini bashorat qilishga qodir bo`lgan 
    yaxlit mantiqiy tizimini yaratish yo`nalishida boradi.



    Download 0,92 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Central asian journal of education and innovation

    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish