|
Central asian journal of education and innovationBog'liq CAJEI0305
Page 23
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
Volume 2, Issue 3, March 2023
www.in-academy.uz
Informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy informatikaning
ba`zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tadbig’ini va
kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat.
Shunday ekan, “Informatika” fanini o’qitish samaradorligini oshirish o’quv mashg’ulotlarini
tashkil etish hamda o’tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish,
o’qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularni o’quv jarayoniga joriy etish
asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda
“Informatika” fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o’rganish, tahlil
etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish
zarur.
Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi
muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini
qo’llashga bog’liq.
Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi
orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini
shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan
bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy,
lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib
keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi.
Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga,
shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni
echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga,
bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun
darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar,
ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi.
Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining bergan topshiriqlari
mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu topshiriqlar
turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish, o’ylash, tasavvur qilish,
yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim.
Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz:
“Aqliy hujum” metodi. Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal
etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida
keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy
foydalanish borasida ma'lum ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag’batlantiradi.
Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar
yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi.
«Aqliy hujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma'lum qadriyatlarni aniqlash, ayni
vaqtda ularga muqobil bo’lgan g’oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Mashg’ulotlar
jarayonida «Aqliy hujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab
etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:
1. Mashg’ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular
tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir ta'lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori rag’batlantirilib
|
| |