DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-121-126




Download 21,37 Kb.
bet2/6
Sana19.12.2023
Hajmi21,37 Kb.
#123442
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abu-mansur-al-moturidiy-hayoti-va-ijodi
Modellarni tuzishning asosiy tamoyillari, Matematik va axborotli modellashtirish, Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti informati (1), zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 2-амалиёт., А. С. Саакян -- Exercises in Modern English Gra..., Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022, Axborot tizimlari (3-kurs majmua)-2022 Panjiyev Fazliddin, Сиртқи қўлланма, 4-Mavzu. Tarmoq xavfsizligi standartlari (O‘Z DST ISO,IES 27033), Global muammolar falsafasi globallashuv tushunchasi, Oraliq nazorat Korporativ madaniyat, ariza (2), саволлар, 8-sinf geografiyaTAVSIYA
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-121-126

(«TarixiSamarqand»dan). Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy. Ray shahrining qozisi bo‗lgan bu zot Abu Hanifaning shogirdi — Muhammad ibn Hasan al-Shayboniyda o‗qiganlar. Mashhur muhaddis sahobiy Vake‘ va boshqalardan hadis rivoyat qilganlar. Imom Buxoriy ham undan hadis tinglaganlar. Hakim Termiziy ham u zotdan hadis rivoyat qilganlar. Vafotlari to‗g‗risida 248 h. va 242 h.yil kabi sanalar ko‗rsatilgan. Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq al-Juzjoniy. Bobosining ismi Subh yoki Subayh ekanida muarrixlar ixtilof qilganlar.


Moturidiy (Abu Mansur al-Moturidiy; Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870-yil; Samarqand — 944-yil; Samarqand) . „Imom al-hudo―, „Imom al-mutakallimin― („Hidoyat yoʻli imomi―, „Mutakallimlar imomi―) nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻida (hozirgi Jomboy tumanida) tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al- Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al- Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar- Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu‘in an- Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi. Moturidiyning asosiy asarlari
„Kitob at-tavhid― („Yakkaxudolik haqidagi kitob―), „Taʼvilat ahl as-sunna―dir („Sunniylik anʼanalari sharhi―). „Kitob at-Tavhid― bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy „Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir―, deb taʼkidlagan edi. Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. „Maʼxaz ash Shariʼa― („Shariat asoslari sarasi―), „Kitob al-usul― („Diniy taʼlimot asoslari kitobi―), „Kitob al-jadal― („Dialektika haqidagi kitob―) kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqiga sabab boʻlgan.

Download 21,37 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 21,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-121-126

Download 21,37 Kb.