• Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
  • 1-guruh Rul boshqarmasiga TXK. 1-o’quv topshiriq: 2-guruh . Rul chambaragining erkin yo’li.
  • Reja: Rul boshqarmasiga TXK. Rul chambaragining erkin yo’li. Rul boshqarmasi kuchaytirgichini tekshirish
  • Kichik guruhlarda ishlash qoidasi




    Download 5,07 Mb.
    bet156/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Kichik guruhlarda ishlash qoidasi

    1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
    2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
    3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
    4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
    5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
    6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.





    Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari

    Guruhlar

    1

    2

    3

    Umumiy ball

    Baho

    1
















    2
















    3
















    2,2 – 3 ball – a’lo
    1,2 – 2 ball – yaxshi
    0,5 – 1,1 ball – qoniqarli

    1-guruh Rul boshqarmasiga TXK.
    1-o’quv topshiriq:

    2-guruh. Rul chambaragining erkin yo’li.



    3-guruh. Rul boshqarmasi kuchaytirgichini tekshirish



    38 Mavzu. Rul chambaragi qiyinchilik bilan aylanmoqda.
    Reja:

    1. Rul boshqarmasiga TXK.

    2. Rul chambaragining erkin yo’li.

    3. Rul boshqarmasi kuchaytirgichini tekshirish



    Rul boshqarmasi mexanizmlariga xizmat ko’rsatishdagi ishlar hajmioldindan rejalashtiriladi, ular TXK turiga qarab belgilanadi. Rul boshqarmasi detallarining texnik holati ularni ko’zdan kechirish va sinab ko’rish yo’li bilan tekshiriladi. Tekshirish qulay bo’lishi uchun avtomobil ko’zdan kechirish ustiga qo’yiladi.


    Rul chambaragidagi va kolonkasining mahkamlanishini tekshirish uchunular barcha yo’nalishlarda kuch bilan sinab ko’riladi. Bunda rul chambaragi, kolonka o’q bo’ylab siljimasligi, rul boshqarmasi uzellarida taqillashlari bo’lmasligi lozim.
    Rul chambaragining erkin yo’li va ishqalanish kuchi universal asbob yordamida tekshiriladi. Asbob lyuft o’lchagich va dinamometrdan iborat. Lyuft o’lchagich dinamometrga mahkamlangan skaladan va rul kolnkasiga qisqichlar bilan mahkamlangan mildan tuzilgan. Dinamometr qisqichlar yordamida rul chambaragi to’g’iniga mahkamlanadi. Dinamometr shkalalari dastalarda joylashgan.
    Rul chambaragining lyuftini o’lchashda dasta orqali ikki tomonga ta’sir qiluvchi 10 N kuch qo’yiladi. Mil lyuftning umumiy qiymatini ko’rsatadi. Bu qiymat yengil avtomobillar uchun 10 gradus, yuk avtomobillari uchun 20 gradus atrofida bo’lishi lozim. Gidrokuchaytirgichli avtomobillarda lyuftni aniqlashda dvigatel ishlatib qo’yiladi.
    Umumiy ishqalanish kuchini tekshirish uchun old g’ildiraklarni to’liq “osilgan” (ko’tarilgan) holatga keltirib, dinamometr dastalariga kuch qo’yiladi. Agar rul mexanizmi to’g’ri rostlangan bo’lsa, to’g’riga harakatlanishda 8- 16 N kuch qo’yilganda rul chambaragi o’rta vaziyatdan erkin bo’lishi lozim.
    Rul tortqilari sharnirlarining holatini baholash uchun rul chambaragiga kuch qo’yilib, sharnirlar kuzatiladi. Agar sharnirlarda lyuft bo’lsa, tutash detallari bir-biriga nisbatan siljiydi.
    Rul boshqarmasi kuchaytirgichini tekshirish gidrokuchaytirgich tizimidagi bosimni o’lchashdan iborat. Buning uchun haydash magistraliga jo’mrakli manometr o’rnatiladi. Bosim dvigatelning kichik aylanishlarida g’ildiraklarni chekka holatga burib o’lchanadi.





    Download 5,07 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   162




    Download 5,07 Mb.