Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.
Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
1
|
2
|
3
|
Umumiy ball
|
Baho
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2,2 – 3 ball – a’lo
1,2 – 2 ball – yaxshi
0,5 – 1,1 ball – qoniqarli
1-guruh Dvigatelning tutab ketishi.
1-o’quv topshiriq:
2-guruh. Dvigatel suyuq aralashmada ishlashi.
3-guruh. Dvigatelni ko’zdan kechirish.
37 Mavzu. Chiqayotgan chiqindi gazlardagi tutunning ko’rinishi.
Reja:
Dvigatelning tutab ketishi.
Dvigatel suyuq aralashmada ishlashi.
Dvigatelni ko’zdan kechirish.
Dvigatelning turg’un ishlamasligi ta’minlash tizimiga havo so’rilib qolishi, yonilg’I nasosi seksiyalaridan yonilg’I notekis yetkazilib berilishi va forsunka holatining nosozligidan kelib chiqadi. Dvigatelning tutab ishlashi ( qora tutun chiqarib) ishlashi sabablari: YUBYON dan yonilg’ining erta yoki kech yetkazib berilishi sabali to’la yonmasligi, forsunkaning purkash teshigining kengayishi yoki kirlanishi natijasida purkash bosimining kamayishi, yonilg’ining kech yetkazib berilishi, forsunkaning sizib oqishi, havo filtrining kirlanishi, purkash tezligining qurum bosim bosib ketishi natijasida purkashning yomonlashishi, yonilg’ida suv to’planib qolishi.
Dvigatel quvvatining kamayishi ta’minlash tizimiga havo so’rilib qolishi, havo filtrining ifloslanishi, yonilg’ining yetarli miqdorda yetkazib berilmasligi, purkash burchagi sozligining buzilishi forsunkadan yonilg’I purkalishining yomonlashishi, YUBYON dan yonilg’ini notekis va kam yetkazib berilishi, kompressiyaning kam bo’lishi hamda tegishli (belgilangan) yonilg’idan foydalnamaslik sababidir.
Dvigatel suyuq aralashmada ishlaganda, quvvatining pasayishi aralshmaning sekin yonishi va demak, silindrda gaz bosimi pasayishi tufayli yuz beradi. Suyuq yonilg’ida ishlaganda dvigatelning qizib ketishiga sabab qilib aralashmaning sekin yonishi faqat yonish kamerasida emas, balik, butun silindr hajmida ham yuz berishini ko’rsatish mukin.
Agar dvigatelning quvvati sezilarli darajada pasaysa, yonilg’I yoki moy sarfi ko’paysa, bosimi tushib ketsa, taqillashlar paydo bo’lsa, tutun chiqa boshlasa, dvigatel bir bir tekis ishlamasa, unga tashxis qo’yiladi, bunda ushbu nuqsonlarning sabablari, rostlash va ta’mirlash ishlariga ehtiyoj bor-yoqligi aniqlanadi.
Dvigatelni ko’zdan kechirish va o’t oldirib ko’rishda moy, yonilg’I va sovutish suyuqligi sizmayotganligi tekshiriladi, oson o’t olishi va bir tekis ishlashi, tutun chiqayotganligi aniqlanadi.
|