• Plastinalar sulfatlanib qolishi.
  • Razryad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich)




    Download 5,07 Mb.
    bet60/162
    Sana12.10.2024
    Hajmi5,07 Mb.
    #274795
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   162
    Bog'liq
    B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

    Razryad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich) Bu ko‘rsatkich akkumulator batareyasining atrof muhit harorati past bo‘lgandagi elektr sig‘imini tavsiflaydi. CCA ko‘rsatkich atrof muxit harorati -180C bo‘lganda akkumulator batareyasi 30 sekund davomida qisqichlaridagi kuchlanishni 7.2V gacha pasayganda bergan maksimal tok kuchi bilan belgilanadi. Startyor valida avj oldiriladigan burovchi moment qiymati akkumulator batareyasining CCA ko‘rsatkichiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
    O‘zDEUavto avtomobillariga o‘rnatilgan xizmat ko‘rsatilmaydigan akkumulatorlarning qopqog‘iga elektrolit zichligini ko‘rsatuvchi indikator joylashtirilgan. Batareyaning holatiga ko‘ra indikator quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi mumkin:
    1. indikator qora rangda bo‘lib, o‘rtasida yashil nuqta bor – batareya zaradlangan va ishlatishga tayyor;
    2. indikator qora rangda, yashil nuqta yo‘q – akkumulator razradlangan. Uni avtomobildan yechib zaradlashga qo‘yish zarur. Bundan tashqari generator va kuchlanish rostlagichlari me’yorida ishlashini ham tekshirish zarur;
    3. indikator rangsiz yoki och sariq rangda - bu, akkumulatordagi elektrolit sathini kamayib ketganligi va uning nosozligi haqidagi belgidir.
    Akkumulator, generator va kuchlanish rostlagichi belgilangan tartibda tekshirilishi zarur. Yangi, elektrolit quyilmagan, quruqzaradlangan akkumulator batareyalar isitilmaydigan, quruq, havo harorati -50 0S dan past bo‘lmagan xonalarda saqlanadi. Bu batareyalarning tiqinlari yaxshi yopilgan holda bo‘lishi kerak. Elektrolit quyilmagan, quruq akkumulatorlarni saqlash muddati 3 yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.
    Plastinalar sulfatlanib qolishi. Yuqorida ko‘rsatilgandek, akkumulator razrad vaqtida sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar natijasida, plastinalardagi faol massa (PbO2 va Pb) RbSO4 tuziga aylanadi va u tez eruvchan, mikroskopik kristallar ko‘rinishida bo‘ladi. Zaradlash vaqtida esa PbSO4 kristallari eriydi va elektrolit ionlari bilan reaksiya kirishib yana PbO2 va Pb ga aylanadi. Lekin, akkumulatorni ma’lum muddatga razradlangan holda qoldirsak, plastinalardagi PbSO4 elektrolitda eriy boshlaydi. Bu jarayon elektrolit PbSO4 tuziga to‘yinguncha davom etada. Shundan keyin, elektrolitning to‘yingan eritmasidan plastina yuzalariga PbSO4 tuzining yirik va juda ham erishiqiyin bo‘lgan kristallari o‘tira boshlaydi. Bu, PbSO4 tuzining qayta kristallanish hodisasi, plastinalarning sulfatlanib qolishi deb yuritiladi va u akkumulatorlarni juda tez ishdan chiqaradigan jiddiy nosozliklardan biri hisoblanadi. Sulfatlanishning yana bir sababi, akkumulatordagi elektrolit sathi belgilangan me’yordan pasayib ketishi va plastinalarning yuqori qismi ochilib qolishidir. Ochilib qolgan manfiy plastinalardagi g‘ovak qo‘rg‘oshin havo bilan reaksiyaga kirishib, unda qo‘rg‘oshin gidrooksidi Pb(OH)2 hosil bo‘ladi:
    Akkumulatorlarni me’yoridan tashqari katta tok bilan razrad qilish (masalan, o‘rinsiz ravishda startyorni ko‘p ishlatish), elektrolit zichligini belgilangan qiymatdan ortiq bo‘lgan holda ishlatish ham plastinalarni sulfatlanishiga olib keladi. Elektrolit ifloslanishi natijasida me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razrad bo‘layotgan akkumulatorning, manfiy plastinalarga o‘tirib qolgan yot aralashmalar, xususan metallarni va ularning oksidlarini elektrolit eritmasiga o‘tkazish maqsadida, sig‘imining 0,1 qismiga teng bo‘lgan tok bilan, har bir akkumulator bankasidagi kuchlanish 1,1-1,2V gacha kamayguncha razrad qilinadi. Shundan keyin, akkumulatordagi hamma elektrolit ehtiyotkorlik bilan to‘kiladi, har bir banka distillangan suv bilan bir necha bor yuviladi. So‘ngra, zichligi to‘kilgan elektrolit zichligiga teng bo‘lgan yangi elektrolit quyilib,batareya to‘la zaradlanadi.





    Download 5,07 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   162




    Download 5,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Razryad tokining maksimal qiymati (CCA ko‘rsatkich)

    Download 5,07 Mb.