|
Kichik guruhlarda ishlash qoidasi
|
bet | 63/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XKichik guruhlarda ishlash qoidasi
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim.
2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim.
3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi.
4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur.
5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim.
6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.
Guruhlarga qo’yilgan ballar ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
1
|
2
|
3
|
Umumiy ball
|
Baho
|
1
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
2,2 – 3 ball – a’lo
1,2 – 2 ball – yaxshi
0,5 – 1,1 ball – qoniqarli
1-guruh Generatorning vazifasi
1-o’quv topshiriq:
2-guruh. Generatorning tuzilishi
3-guruh. Generatorning ishlashi.
13 Mavzu. Generatorning vazifasi, tuzilishi va ishlashi.
Reja:
Generatorning vazifasi.
Generatorning tuzilishi
3. Generatorning ishlashi.
Generator. Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbai bo‘lib, dvigatel o‘rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlaydi va akkumulatorni zarad qiladi. Akkumulyatorlar batareyasi yordamchi elektr manbayi bo’lib, u asosan dvigatelni starter vositasida ishga tushirish hamda dvigatel ishlamaganda yoki uning aylanishlar chastotasi meyoridanpast bo’lgan hollarda iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.
Generator tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan harakat olganligi sababli, uning aylanishlar chastotasi va demak, ishlab chiqarayotgan kuchlanishi juda keng doirada o‘zgarib turadi. Generator kuchlanishini belgilangan qiymat darajasida avtomatik ravishda ushlab turish xizmatini kuchlanish rostlagichi bajaradi.
Dvigatelni starter yordamida ishga tushirish uchun va generator ishlamaganda yoki uning quvvati yetarli bo’lmaganda avtomobildagi barcha tok iste’molchilarielektr energiya bilan ta’minlash vazifasini akkumulyator batareyasi bajaradi.
Avtomobil generatorining tuzilishi sodda, ishlatilish jarayonidagi chidamlilik va ishonchlilik darajasi yuqori, gabarit o‘lchamlari, massasi, tannarxi mumkin qadar kichik va dvigatel aylanishlar chastotasi past bo‘lgan hollarda ham akkumulator batareyasini zarad qilinishini ta’minlash kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Elektron sanoatning rivojlanishi va tannarxi arzon, o‘lchamlari kichik, yuqori haroratlarga chidamli va ishonchliligi yuqori bo‘lgan kremniy yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarining paydo bo‘lishi, hozirgi zamon avtomobillarida, o‘zgarmas tok generatorlariga xos bo‘lgan kamchilik-lardan holi va bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini keng ko‘lamda ishlatish imkonini berdi.
O‘zgaruvchan tok generatorlari o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan sodda, quvvati bir xil bo‘lgan holda, gabarit o‘lchamlari va massasi 2-3 marta kichik, chidamliligi va ishonchliligi yuqori. Ularda qimmatbaho rangli metall bo‘lgan mis, o‘zgarmas tok generatoriga nisbatan 2-2,5 baravar kam ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q, murakkab yakor chulg‘ami o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan stator cho‘lg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami ham yaxlit bitta g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma quvvati (ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg dan oshmagan holda, o‘zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko‘rsatkich 15O Vt/kg dan ortib ketdi.
O’zgaruvchan tok generatori quyidagicha ishlaydi: o’t oldirish kaliti ulanganda generatorning uyg’otish chulg’amiga akkumulyatordan cho’tka va mis halqalar orqali uyg’otish toki uzatiladi. Uyg’otish chulg’amidan o’tayotgan tok ta’sirida uning atrofida magnit miydoni hosil bo’ladi va u stator chulg’amlarini qamrab oladi. Rotor aylanganda uning atrofidagimagnit maydon stator chulg’amlarini kesib o’tadi va ularda 3 fazali o’zgaruvchan tok hosil bo’ladi. Bu tok to’g’rilagich blokiga uzatiladi va o’zgarmas tokka aylantiriladi.
Generator quyidagi qismlardan tashkil topgan: faza chulg’amlari o’rnatilgan qo’zg’almas stator, uyg’otish chulg’ami o’rnatilgan rotor,to’g’rilagich bloki, kuchlanish-rostlagich(odatda ucho’tka tutqich bilan yaxlit qilib ishlanadi), alyuminiy qotishmalaridan quyilgan oldingi va orqa qopqoqlar va ko’p jilg’ali shkiv.
|
| |