“RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHD A FAN – TA’LIM – ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOM ILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI ”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
2023-yil 22-noyabr
821
Bunday dasturlar balalarning birinchi ta’lim olishlari va hayotiy ko‘nikmalarini
shakllantirishda juda muhimdir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida raqamlashtirish borasida
YUNISEF tomonidan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish uchun
«Learning passport» nomli raqamli ta’lim platformasini yaratish, O‘zbekistondagi Yaponiya JICA
vakolatxonasi tomonidan «O‘zbekistonda alohida parvarishga muhtoj bolalar bilan ishlaydigan
pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha»
loyihasi, Koreya-O‘zbekiston biznes
assosiyasi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi uchun yaratilayotgan «EDU LINK» axborot
tizimi loyihasi kabi ishlar amalga oshirildi . Mamlakatimiz maktablarida xalq ta’lim vazirligi
tomonidan maktab ta’limini
raqamlashtirish, maktab ta’limiga axborot kommunikatsion
texnologiyalrni integratsiya qilish, o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalarning interaktiv muloqatlarini
rivojlantirish, masofaviy va mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyatlarni amalga oshirish maqsadida
kundalik.com raqamli ta’lim platformasini ishlab chiqildi va amalda tadbiq etilmoqda. Bu
platformada o‘qituvchilar uchun dars jadvallari elektron jurnal, uy vazifalarni boshqarish va turli
hisobotlarni avtomatik ravishda amalga oshiriladi, ota-onalar uchun o‘quvchining kundaligi, uy
vazifalari va muloqotlar uchun bo‘limlari orqali o‘z farzandlarini to‘liq nazoratga oladi,
o‘quvchilar uchun kundalik daftari,
portfolio, muloqot bo‘limlari orqali kelasi dars mavzulari
biladi, o‘qituvchilari bilan o‘zaro muloqotlarini amalga oshiradi, davlat organlari uchun umumiy
statistic ma’lumotlarni to‘plash, yangiliklarni quyi tizimlarga yetkazishda aloqa va xabardor
bo‘lish uchun ishlarini amalga oshiradi.
Oliy ta’lim tizimida raqamli universitet loyihasi davom etmoqda. Hozirgi kunda ta'lim
jarayoniga oliy ta'lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma'lumotlar sonini keskin
kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz
shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini
raqamlashtirish maqsadida Raqamli universitet loyihasi doirasida “Oliy ta'lim jarayonlarini
boshqarish axborot tizimi” (HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab
chiqildi. Ushbu axborot tizimi «Ma'muriy boshqaruv», «O‘quv jarayoni», «Ilmiy faoliyat» va
«Moliyaviy boshqaruv va statistika» axborot tizimlarini o‘z ichiga oladi. Oliy ta'lim jarayonlarini
boshqarish axborot tizimini joriy etishdan maqsad: - OTM faoliyatining ochiqligi va shaffofligini
ta'minlash; - oliy ta'lim tizimida o‘quv, ilmiy, ma'muriy va moliyaviy jarayonlarni
avtomatlashtirish; - oliy ta'lim tizimida byurokratik to‘siqlar yuzaga
kelishini oldini olish va
moliyaviy xarajatlarni qisqartirish; - OTM, talaba, va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida uzviylikni
ta'minlash; - boshqaruv jarayonlari uchun sarf qilinadigan vaqtni qisqartirish va mehnat
samaradorligini oshirish; - ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring
qilish; - tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va
tezlashtirish. Oliy ta’lim muassasalarida raqamlashtirish va raqamli
texnologiyalar vositasi
yordamida ta’limni tashkil etish talabalarning dars mashg‘ulotlarga faol qatnashishlarini
ta’minlaydi.