|
“RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHD A FAN – TA’LIM – ISHLABBog'liq oliy-ta-limni-tizimini-jahon-standartlariga-mutanosib-ravishda-raqamlashtirish-mezonlari
“RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHD A FAN – TA’LIM – ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOM ILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI ”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
2023-yil 22-noyabr
820
o‘zgartirishlar kiritish; texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida o‘qishni tashkil etishga
qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta’lim tizimiga joriy etish; axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan bog’liq yo‘nalishda kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilari sonini, axborot texnologiyalar sohasida o‘rtacha darajada kompetensiyaga ega
bo‘lgan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish; axborot
texnologiyalar sohasidagi tashkilotlarining o‘quv jarayonlarga qatnashishini rag’batlantirish orqali
umumta’lim maktablarda informatika fanini o‘qitish metodlarini takomillashtirish; oliy ta’lim
muassasalarida tegishli sohalarda “Buyumlar interneti”, robototexnika, sun’iy intellekt
texnologiyalarini qo‘llash va o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalar, shuningdek, xorijiy qogo‘z
shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanish bo‘yicha davlat yagona talabini
ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash orqali ta’limda o‘quv materiallarini
raqamlashtirish; raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va
rag’batlantirish, ularning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish; go‘yalar va yangi
texnologiyalar yaratishni targ’ib qiluvchi respublika tanlovlari va tadbirlarini (xakatonlar,
konkurslar, olimpiadalar va boshqalar) o‘tkazish; yangi qidiruv tizimlarini yaratish yo‘nalishini
ishlab chiqish va aniqlash, shu jumladan audio va video materiallarni izlash va aniqlash uchun
yechimlar, axborotni qidirish va olishda semantikadan foydalanish, mashinaviy tarjima tizimidagi
yangi texnologiyalar, shuningdek, mashinaviy o‘qitishning yangi algoritmlari va texnologiyalarini
rivojlantirish; robototexnika komplekslari va odamlar o‘zaro ta’sirining algoritmlarini ishlab
chiqish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari infratuzilmasini, o‘rnatilgan sensorlar va sensor
tarmoqlarni takomillashtirish, shuningdek, “bulutli” xizmatlarini taqdim etishning turli xil
modellarini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha ilmiy ishlarni olib borish;
maktabgacha, o‘rta va oliy ta’lim tizimi uchun elektron ta’lim resurslarini yanada
takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim resurslaridan foydalanishni ta’minlash; inson
kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan ta’limni rivojlantirish hamda IT-sohasidagi
kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun institutsional sharoitlarni yaxshilash va ma’muriy
to‘siqlarni kamaytirish; maktab va maktabgacha ta’lim tizimiga raqamli transformatsiya va yangi
texnologiyalar bo‘yicha innovatsion o‘quv dasturlarini joriy etish Mamlakatimiz maktabgacha
ta’lim muassasalarida bolalarimizning aksariyat, ya’ni 3-6 yoshdagilari tarbiyalanadi.
|
| |