|
Davlat attestatsiyasi dasturi
|
bet | 2/8 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 46,58 Kb. | | #133177 |
Bog'liq 2023 2024 ўқув йили Информатика уктиш мет йўналиши ДАК дастуриDavlat attestatsiyasi dasturi
DASTURLASH TILLARI
fanining mazmuni
Fanning mazmuni: Dasturlash tillari faninig asosiy mazmuni talabalarni dasturlashning zaruriy bilimlari majmuasi bilan tanishtirishdan iboratdir. Ushbu kurs talabalarni dasturlash tillari yordamida masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish va shu bilan birgalikda talabalarni zamonaviy dasturlash asoslari bilan tanishtirish, kasbiy faoliyatga oid masalalarini ongli ravishda tadqiq etish, muammolar yechimini topishda dasturiy vositalardan foydalanishni tushuntirish va ularni qo‘llay olishni o‘rgatishga xizmat qiladi. Dasturlash tillari o‘qitish shakllari: ma’ruza, amaliy (dasturlar tuzish) va mustaqil ish, darsdan tashqari va uy ishlari. Talabalar bu fan bo‘yicha quyidagi bo’lim va boblarga oid dasturlar tuzish metodikasini yetarli darajada egallagan bo‘lishlari kerak.
Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi. Mashinaga mо‘ljallangan va protseduraga mо‘ljallangan dasturlash tillari. Yuqori darajali dasturlash tillari. Interpretatorlar va kompliyatorlar. Dasturlarni translyatsyalash. Muayyan dasturlash tilining alifbosi, buyruqlar tizimi va operatorlar.
Obyektga yо‘naltirilgan dasturlash tillari. Obyektga yо‘naltirilgan dasturlash tillari. Dasturlashning obyektga yо‘naltirilgan paradigmasi. Obyektga yо‘naltirilgan loyihalash. Obyektlarni loyihalash: satrlar, steklar, rо‘yxatlar, navbatlar, daraxtlar. Matematik obyektlar: ratsional va kompleks sonlar, vektorlar, matritsalar. Obyektlar kutubxonasi. Interfeys obyektlari: boshqarish elementlari, oynalar, dialoglar.
Voqealar va xabarlar. Voqealar va xabarlar. Obyektga yо‘naltirilgan muhitlarda habarlarni uzatish va ularga ishlov berish mexanizmlari. Obyektlar iyerarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash. Muayyaan obyektga yо‘naltirilgan dasturlash tili va unda dastur tuzish asoslari.
Python dasturlash tili tarixi.Python dasturini o‘rnatish qoidalari. Python dasturash tilida boshlang‘ich operatorlar. Python dasturash tilida o’zgaruchilar. Python dasturlash tilida shart ifodalari. Python dasturlash tilida mantiqiy amallar. Python dasturlash tilida satrlar. Python dasturlash tilida shart operatori. Python dasturlash tilida siklik operatorlari. Python dasturlash tilida modullar.
Python dasturlash tilida funksiyalar. Python dasturlash tilida o’zgaruvchilarning ko’rinish sohasi. Python dasturlash tilida istisno holatlar. Python dasturlash tilida ro’yxatlar. Python dasturlash tilida kortejlar. Python dasturlash tilida lug‘atlar. Python dasturlash tilida to‘plamlar.
“DASTURLASH TILLARI” fanidan Davlat attestatsiya savollari
1. Algoritm va uning turlari
2. Algoritmlarni taqdim etishning grafik shakli bu ...
3. Algoritmlarning asosiy xususiyatlari
4. Algoritmning о‘zaro bog‘liq funktsional bloklar ketma-ketligi kо‘rinishidagi grafik tasviri ... deyiladi.
5. Mantiqiy о‘zgaruvchi qiymatlarni qabul qilishi mumkin ...
6. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish muhiti ... bu kod kompilyatori
7. Blok-sxemadagi blok "yechim" ... ni kо‘rsatish uchun ishlatiladi.
8. Blok-diagrammada blok "jarayoni" ... belgilash uchun ishlatiladi.
9. Algoritmlarni og‘zaki tasvirlash ...
10. Blok-sxemadagi "modifikatsiya" bloki ... ni kо‘rsatish uchun ishlatiladi.
11. Operatorlar ... bu juda kо‘p tanlovli qurilish
12. ... ... daraja dasturlash tili darajasi emas
13. Algoritmik tasvirning keng tarqalgan shakllari
14. Algoritmlarni namoyish etishning dasturiy shakli bu ...
15. Algoritmning asosiy tuzilmalari
16. Butun son, belgi, mantiqiy va foydalanuvchi tomonidan aniqlangan ma’lumotlar turlari guruhni tashkil qiladi
17. Dasturlashga sinf va ob'yekt tushunchalarini kim kiritgan?
18. Python dasturlash tili tarixi.
19. Python dasturini o‘rnatish qoidalari
20. Python dasturash tilida boshlang‘ich operatorlar.
21. Python dasturash tilida o’zgaruchilar.
22. Python dasturlash tilida shart ifodalari.
23. Python dasturlash tilida mantiqiy amallar.
24. Python dasturlash tilida satrlar.
25. Python dasturlash tilida shart operatori.
26. Python dasturlash tilida siklik operatorlari.
27. Python dasturlash tilida funksiyalar.
28. Python dasturlash tilida ro’yxatlar.
29. Python dasturash tilida o’zgaruchilar va sonlar
30. Python dasturlash tilida shart ifodalar.
31. Python dasturlash tilida mantiqiy amallar.
32. Python dasturlash tilida satrlar.
33. Python dasturlash tilida shart operatori.
34. Python dasturlash tilida modullar.
35. Python dasturlash tilida funksiyalar
36. Tomonlari a va b bo’lgan to`g`ri to`rtburchak berilgan, uning yuzasi S va perimetri P hisoblansin
37. Radiuslari R1 va R2 bo`lgan (R1>R2) hamda markazi umumiy 2 ta doira berilgan. Birinchi doiraning yuzi S1, ikkinchi doiraning yuzi S2 hamda tashqi doiraning ichida va ichki doiraning tashqarisida joylashgan yuza S3 (S3=S1-S2) hisoblansin.
38. Fayl o`lchami baytda berilgan. Butunga bo`lish amali yordamida, uni kilobaytlardagi ifodasi topilsin.
39. A va B butun musbat sonlar berilgan bo`lib ular kesmalarining uzunliklari hisoblanadi va B kesma A kesmani to`liq qoplaydi yoki bir necha B uzunlikdagi kesmalar yig`indisi A kesmaga teng deb hisoblab, A kesma nechta B kesmadan tashkil topgani aniqlansin.
40. Ikki xonali son berilgan. Dastlab uning chap qismdagi raqamini so`ngra o`ng qismdagi raqamini alohida-alohida ekranga chiqaring. Bu ishni bajarishda butunga bo’lish va qoldiqni hisoblash amallaridan foydalaning.
41. Ikki xonali son berilgan, uning raqamlar yig’indisi va ko’paytmasi topilsin.
42. Uch xonali son berilgan, uning birinchi raqamini oxiriga o`tkazib hosil bo`lgan sonni ekranga chiqaring.
43. A butun soni berilgan. Uning musbatligi tekshirilsin.
44. A va B butun sonlar berilgan, ular har biri toq bo`lmagan hol uchun rostlikka tekshirilsin.
45. Butun musbat son berilgan. Uning juftligi va ikki xonali ekanligi rostlikka tekshirilsin.
46. Uch xonali son berilgan. Bu son raqamlarining har xil ekanligi rostlikka tekshirilsin.
47. x, y sonlari berilgan. Ularni koordinatalar deb hisoblab 2-chorakda yotishini rostlikka tekshiring.
48. Pythonda ma’lumot turlari deganda nimani tushunasiz ?
49. y=e-a×x ×sin(a×t+c), blok-sxemasini va dasturini tuzing.
50. blok-sxemasini tuzing.
51. N butun soni berilgan. N3+(N+1)3+(N+2)3…+(2N)3. blok-sxemasini tuzing.
52. Blok-sxema va elementlari.
53. Siklik jarayonlar
54. y=cos (tg ) + 4,1234×104- blok-sxemasini va dasturini tuzing.
55. Аlgoritm va uning turlari?
56. Tarmoqlanuvchi algoritm.
57. y=1+ arctg(x/(1+ )) blok-sxemasini va dasturini tuzing.
58. Python tilining alifbosiga nimalar kiradi?
59. Qanday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb ataladi? Takrorlanuvchi algoritmlarga hayotiy misollar keltiring.
60. y=x/(r×x/p×r) + lnx blok-sxemasini va dasturini tuzing.
61. N butun soni berilgan (N>0). Bitta sikldan foydalanib yig`indi hisoblansin.
62. 1+1/(1!)+1/(2!)+…+1/(N!) (blok-sxemasini tuzing.)
63. O’zgaruvchilar haqida umumiy ma'lumot bering
64. Qanday algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritm deb ataladi? Tarmoqlanuvchi algoritmlarga hayotiy misollar keltiring.
65. y=lnx + sinx|d-x| blok-sxemasini va dasturini tuzing.
66. X haqiqiy va N butun son berilgan(N≥0). Ifodaning qiymati topilsin.
1+x+x2/(2!)+…+xN/(N!) (blok-sxemasini tuzing.)
67. If shart operatori.
68. Qanday algoritmlar chiziqli algoritm deb ataladi? Chiziqli algoritmlarga hayotiy misollar keltiring.
69. y=tg (x-a2) - ln + esin x blok-sxemasini va dasturini tuzing.
70. Phytonda o’zgaruvchilar turlari.
71. Algoritmning qanday tasvirlash usullari bor?
72. y=b×a5 + (sinx3 + cosx2) / ( 3,4+x|3-x|) blok-sxemasini va dasturini tuzing.
73. Python dasturlash tili yaratilishi tarixi va imkoniyatlari
74. Algoritmning ommaviylik xossasini misollar yordamida tushuntiring.
75. y=ex-2+ (sinx4 + cosx5)/ (1- tgx) blok-sxemasini va dasturini tuzing.
76. Takrorlanuvchi jarayonlarga misollar keltiring.
77. Algoritmning qanday xossalarini bilasiz?
78. y=cosx + tg +a×c3-x blok-sxemasini va dasturini tuzing.
79. Algoritmning qanday tasvirlash usullari bor?
80. Python tili dasturlash tilining alifbosi, buyruqlar tizimi va operatorlari
81. y= ln|x-3| + sin(cos|x3|) blok-sxemasini va dasturini tuzing.
82. Butun son berilgan. Agar u musbat bo`lsa unga 1 qo`shilsin, aks holda o`zgarishsiz qoldirilsin. Olingan son chiqarilsin.
83. Butun son berilgan. Agar u manfiy bo`lsa 2 ni ayiring, 0 ga teng bo`lsa 10 bilan almashtirilsin. Olingan son chiqarilsin.
84. Uchta butun son berilgan. Ular orasidan musbatlari soni topilsin.
85. Ikkita son berilgan. Ulardan kattasi chiqarilsin.
86. Uchta son berilgan. Ular orasidan eng kichigi topilsin.
87. 1-7 oralig`idagi butun son berilgan. Ushbu sonlar orasidan tanlanganiga mos keladigan hafta kuni nomi ekranga chiqarlsin
88. Bahoni anglatadigan K soni berilgan. Agar k=1 bo`lsa “yomon”, k=2 bo`lsa “qoniqarsiz”, k=3 bo`lsa “qoniqarli”, k=4 bo`lsa “yaxshi”, k=5 bo`lsa “a’lo” so`zlaridan birini, agar K bu oraliqda yotmasa “xato” so`zi ekranga chiqarilsin.
89. 1-12 oraliqdagi sonlarga mos keluvchi oy nomerlari berilgan. Shu oylarga mos keladigan yil fasllarini ekranga chiqaring.
90. 1-12 oraliqdagi sonlarga mos keluvchi oy nomeri berilgan. Shu x oyga mos keluvchi(kabisa bo`lmagan yildagi) kunlar soni aniqlansin.
91. Arifmetik amallar quyidagi ko`rinishda nomerlangan. 1 “qo`shish”, 2 “ayirish”, 3 “ko’paytirish”, 4 “bo’lish”. N butun soni 1-4 orasida berilgan bo’lib, A va B (B≠0) haqiqiy sonlari berilganda N ga mos keluvchi amal bajarilsin va ekranga chiqarilsin.
92. Birliklar quyidagi ko`rinishda nomerlangan: 1-km, 2-m, 3-dm, 4-sm, 5-mm. Kesma uzunligi(haqiqiy son ko`rinishida) berilib, uning birligi tanlanganda metrdagi ifodasi topilsin.
93. Massa birliklari quyidagi ko`rinishda nomerlangan. 1-mg, 2-gr, 3-kg, 4-sentr, 5-tonna. Jism massasi berilganda va uning birligi tanlanganda kg dagi ifodasi topilsin.
94. To`g`ri sanani ifodalovchi kabisa bo`lmagan yilning (D) kuni va (M) oyi butun sonlar ko`rinishida berilgan. Berilgan sanadan oldingisi topilsin va ekranga chiqarilsin.
95. K va N (N>0) butun sonlar berilgan. N marta K soni chiqarilsin.
96. A va B butun sonlar berilgan(A>B). A va B sonlari orasidagi sonlarni o`sish tartibida chiqarilsin(A va B sonlari ham kiradi) hamda shu sonlar miqdori (soni) N chiqarilsin.
97. A va B butun sonlar berilgan(A98. 1 kg konfetning narxi haqiqiy sonda berilgan. 1,2,…, 10 kg konfetning bahosi chiqarilsin.
99. 2 ta A va B butun sonlar berilgan. (A100. A va B butun sonlar berilgan. (A101. N butun soni berilgan(N>0). Yig`indi topilsin. 1+1/2+…+1/N (Yig`indi haqiqiy son)
102. N butun soni berilgan. Yig`indi topilsin. N3+(N+1)3+(N+2)3…+(2N)3. (Yig`indi butun son)
103. N butun soni berilgan. Ko`paytma topilsin. 1,1*1,2*1,3*…{1,N} (N ta ko`paytuvchi).
104. N butun soni berilgan(N>0). Ifodaning qiymati topilsin 1,1-1,2+1,3-… Shart operatori qo`llanilmasin.
105. N(N>0) butun soni berilgan. Quyidagi formuladan foydalanib berilgan sonning kvadrati topilsin: N2=1+3+5+…+(2N-1). Har bir qadamdagi yig`indini chiqaring (natijada 1 dan N gacha bo`lgan butun sonlarning kvadrati chiqadi).
106. A va N sonlari berilgan. Bitta sikldan foydalanib yig`indi topilsin. 1+A+A2+A3+…+AN.
107. N butun soni berilgan (N>0). Bitta sikldan foydalanib yig`indi hisoblansin. 1!+2!+…+N!
“Informatika о‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan
|
| |