• Binolarning qavatlari soniga ko‘ra
  • BINO VA INSHOOTLAR TA’RIFI
  • INSHOOT
  • Qishloq xo 'jalik binolari




    Download 11,26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/129
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,26 Mb.
    #150515
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   129
    Bog'liq
    Qurilish chizmachiligi Kamilova Shamsiya Kamilovna

    Qishloq xo 'jalik binolari - qishloq xo‘jaligi extiyojlarini qondirish uchun 
    foydalaniladigan binolar (molxona, parrandaxona, issiqxonalar, qishloq xo‘jaligi 
    mahsulotlarini saqlaydigan omborxonalar va b.) 
    Devor materialiga ko‘ra: 
    1.G‘isht devorli. 
    2.Tosh devorli. 
    3.Paxsa devorli. 
    4.Yog‘och devorli va h. k. 
    Ko‘rinishi va o‘lchamiga ko‘ra
    1.Mayda elementlardan tuzilgan - g‘isht, sopol blok, mayda blok va h.k. 
    2.Yirik elementlardan tuzilgan - yirik bloklar, panellar, hajmiy blok va h.k. 
    Binolarning qavatlari soniga ko‘ra: 
    1.Kam qavatli - 1-2 qavatli. 
    2.O‘rtacha qavatli - 3-5 qavatli. 
    3.Ko‘p qavatli - 6-10 qavatli. 
    4.Juda baland- 11-25 qavat. 
    5.Osmono‘par - 30 qavatdan baland. 
    Umrboqiyligi bo‘yicha: 
    I. Xizmat davri 100 yildan ortiq. 
    II. 
    Xizmat davri 50 yildan 100 yilgacha. 
    III. Xizmat davri 20 yildan 50 yilgacha. 
    IV. Xizmat davri 5 yildan 20 yilgacha. 
    INSHOOTLAR_TA’RIFI'>BINO VA INSHOOTLAR TA’RIFI 
    Fuqaro va sanoat binolari hamda inshootlari ko‘rinishlari, fazoviy ko‘rsatkichlari, 
    vazifalari va ularga qo‘yilgan talablar bo‘yicha ma’lum ta’rif va tushunchalarga ega. 
    Quyida shu masalani sodda va tushunarli ko‘rinishda ifodalash uchun tegishli ta’riflar va 
    tushunchalar keltirilgan. 
    BINO - kishilarning biror ish faoliyatiga mo‘ljallangan va moslashtirilgan, ichki fazoga-
    bo‘shliqqa ega bo‘lgan yer usti inshooti. 


    108 
    INSHOOT - jamiyatning moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun kishilar 
    tomonidan bunyod etilgan barcha qurilmalar. 
    MUHANDISLIK INSHOOTLARI - amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan, binolarga 
    aloqasi bo‘lmagan inshootlar: to‘g‘onlar, ko‘priklar, televizion minora, tunellar, 
    metropoliten, turli mahsulotlarni saqlaydigan katta hajmdagi idishlar va boshq. 

    Download 11,26 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   129




    Download 11,26 Mb.
    Pdf ko'rish