• Kursishinning maqsadi
  • I BOB. OQUVCHILARNI CHIZMACHILIK DARSIGA QIZIQISHINI OSHIRISHDA SINFDAN TASHQARI MASHGULOTLARNI AHAMIYATI
  • Sinfdan tashqari mashgulotlarni tashkil qilishning pedagogik asoslari
  • Sinfdan tashqari mashg'ulot




    Download 243,63 Kb.
    bet2/10
    Sana15.05.2024
    Hajmi243,63 Kb.
    #235441
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    NASIRIDDINOVA E’ZOZXON KAMOLIDDIN QIZI

    Sinfdan tashqari mashg'ulot esa o'quv materialiga bog'liq bo'lgan sinfdagi barcha o'quvchilarning qatnashishiga asoslanib tashkil etiladigan mashg'ulotga aytiladi.
    Demak ko'pgina o'qituvchilar sinfdan tashqari mashg'ulotlar bilan darsdan tashqari mashg'ulotlarni bir xil mazmunda deb qaraydilar. Bu esa bir xil ma’noni anglatmasligi yuqoridagi ta'rifimizda ham ko'rinib turibdi.
    Shunday qilib o'quvchilarga ta'lim berishning zamonaviy axvoli, ularning nazariy tomondan tayyorgarligini oshirishning yangi yo'llarini izlash, mustaqil ijodiy mehnatga tayyorgarligi, asosiysi esa vosita va metodlar, shu jumladan boshlang'ich maktab chegarasida vosita va metodlarni izlashdir.
    Kursishinning maqsadi: shu muhim va dolzarb muammoni hal qilishga yo'naltirilgan:
    - Umumta'lim maktablarida o'quvchilarni sinfdan tashqari ishlar jarayonida kasbga yo'llashni shakllantirish tamoyillarini tahlil qilish;




    I BOB. O'QUVCHILARNI CHIZMACHILIK DARSIGA QIZIQISHINI OSHIRISHDA SINFDAN
    TASHQARI MASHG'ULOTLARNI AHAMIYATI



    1.1Sinfdan tashqari mashg'ulotlarni ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
    Ayrim fan o'qituvchilari sinfdan tashqari mashg'ulotlarni darsdan tashqari mashg'ulotlar bilan aralashtirib yuboradilar. Vaholanki, darsdan tashqari qilinadigan ishlar o'quv reja asosida, ya'ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo'lib, bunda sinfdagi barcha talabalar bevosita ishtirok etadilar.
    Sinfdan tashqari mashg'ulotlardan asosiy maqsadi, reja va darslikdan tashqari talabalarga qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalar berish, ularning fanga bo'lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat. Sinfdan tashqari uyushtiriladigan ishlarda ko'riladigan masalalardan yana biri talabalarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish bo'lsa, ikkinchi tomondan kasb tanlashga yo'llashdan iboratdir.
    Chizmachilik fanlaridan uyushtiriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlar quyidagilarni hal qilishga yordam beradi.
    O'quvchilarning fan asoslarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini orttirish: qo'shimcha adabiyotlardan foydalana olish ko'nikmasini o'stirish, mustaqil bilim olish ko'nikmasini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o'quvchilarni ilmiy tadqiqot metodlari bilan yaqindan tanishtirish, kuzatish va tajribalar o'tkazishga o'rgatish, mustaqil ravishda referat va dokladlar yozishga o'rgatish va h.k.
    Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida xar bir yoshning sanoat korxonalarida va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida faol, ijodiy ishtirok etishi uchun fan va texnika yuzasidan mukammal bilimga ega bo'lishi talab qilinmoqda. Chunki har bir yosh o'zi egallagan kasblarning mohir ustasi bo'lmog'i shu kun talabidir.
    Har qanday yuqori kasbiy mahoratga ega bo'lgan o'qituvchi ham dars




    jarayonida o'quvchilarni fan sohalarida erishilgan hamma yutuqlar bilan xabardor qilish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda beriladigan ilmiy ma'lumotlarning hajmi juda kengayib ketdi. Shuning uchun o'qituvchi sinfdan tashqari uyushtiriladigan mashg'ulotlarda o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini bevosita rivojlantirish bilan birga, ularning yoshini xisobga olgan holda, mustaqil ravishda qo' shimcha adabiyotlar tavsiya etishi lozim. Chizmachilik o'qituvchisi faqat kasb ta'limi haqida umumiy yo'nalishlar ham berib boradi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o'quvchi sharoitini hisobga olish muhimdir. Masalan, qishloq maktablarida qishloq xo'jaligi texnikalariga va texnikaviy yo'nalishdagi kasb-hunar kollejlari, umumta'lim maktablari sharoitini hisobga olib tashkil etilgan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning uyushtirilishi yaxshi natijalar beradi. Bunda o'quvchilarda kuzatuvchanlik, olingan natijalarni taqqoslash va tahlil qilish, xulosalar chiqarish, amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilish xususiyatlari shakllana boradi.
    Sinfdan tashqari ishlarda faqat bilim berishga berilib ketmasdan, ishning tarbiyaviy tomoniga jiddiy e'tibor berish lozim. Bu hol hozirgi sharoitda ayniqsa muhim. O'quvchilarimiz mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligi, haqidagi bilimlarga ega bo'lishi lozim.
    Sinfdan tashqari mushg'ulotlarda yoshlar turli-tuman kasb-hunarga oid amaliy ishlarni bajarishadi. Masalan, kechalar, uchrashuvlar, ko'rgazmalar tayyorlashi mumkin.
    Sinfdan tashqari olib boriladigan mashg’ulotlar asosan 3 turga bo'linadi:

    1. Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan mashg'ulotlar.

    2. O'quvchilar guruxi bilan olib boriladigan mashg'ulotlar.

    3. O'quvchilar bilan ommaviy ravishda olib boriladigan mashg'ulotlar.

    Ayrim o'quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ilmiy ommabop kitoblar o'qish, ko'rgazmali qurollar yasash, kuzatish va tarjribalar o'tkazish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
    O'quvchilar guruxi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarda




    to'garak mashg'ulotlari, fizika, qishloq xo'jaligi texnikalari kabinetlarini jihozlash, devoriy gazetalar, fotomontajlar chiqarish, o'quv filmlari namoyish qilish, albomlar tayyorlash, ekskursiyalar uyushtirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.







    Ommaviy mashg'ulotlarga gurux o'quvchilari qatnashishlari mumkin. Bunday mashg'ulotlarda «Chizmachilik kuni» kabi kechalar, konferensiyalar, muzokaralar, vektarinalar, qishloq xo'jaligi novatorlari bilan uchrashuvlar o'tkazish, ekskursiyalar materiallariga asoslangan ko'rgazmalar tashkil etish, o'tkir zexnlilar mushoirasi kabi turlari kiradi.
    Demak, umumiy o'rta-ta’lim maktablarida uyushtiriladigan sinfdan tashqari ishlarni yuqorida bayon etilgan shaklda olib borishda ishning mazmuniga qarab turli usullardan foydalaniladi. Vaholanki, bajariladigan ishning mazmuni, shakli va qo'llaniladigan metodlari bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya ishlarining bir butun holda olib borishni ta’min etadi.
    Umumiy ta'lim va kasb-hunar kollejlarida tashkil qilinadigan sinfdan tashqari mashg'ulotlarning asosiy formalari quyidagicha bo'lishi tavsiya qilinadi.

    1. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarni tashkil qilishning pedagogik asoslari

    «Ta'lim to'g'risida»gi qonun respublikamizda keng miqyosda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarining huquqiy me'yoriy asoslarini ta'minlab bergan asosiy xujjatdir. Ushbu qonun fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb- hunar o'rgatishning xuquqiy asoslarini belgilaydi, hamda har kimning bilim olishdan iborat bo'lgan Konstitusiyaviy huquqini ta'minlaydi. Ushbu dasturiy xujjatda qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun o'quvchilarni kasb-hunarga yo'llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mashg'ulotlarni samarali o'tkazish texnologiyasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, birinchidan, o'quvchilarni sinfdan tashqari mashg'ulotlarda kasb yo'naltirish samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish, ikkinchidan, mashg'ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan foydalanish, uchinchidan, xar bir o'quvchining individual fazilat va sifatlarini to'laroq e’tiborga olish muhim hisoblanadi.
    Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda kasblar to'g'risida ma’lumot berish, kasbga yo'llash, kasbiy yo'l-yo'riq ko'rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani




    amalga oshirish jarayonini, boshqacha aytganda, o'quvchilarni kasbga yo'naltirishning umumiy tuzilmasini sxematik tarzda tasvirlab ko'rsatishimiz mumkin.
    Bunda pedagogik tadqiqotlarda asoslab berilgan o'quv jarayonini loyihalash bosqichlariga amal qilish maqsadga muvofiq, ya’ni:

    • birinchi bosqichda - amalga oshiriladigan texnologiyaning maqsadini, o'quvchilarni kasb-hunarga yo'llash ishlari samaradorligini oshirishga ularning sinfdan tashqari mashg'ulotlari mazmunini takomillashtirish orqali erishish;

    • ikkinchi bosqichda - shakllantirilgan maqsad asosida uni amalga oshirish yo'llarini belgilab olish, ya'ni sinfdan tashqari mashg'ulotlarning o'quvchilar extiyoji va qiziqishlariga javob bera oluvchi eng maqbul majmuasini asoslash; o'quvchilarni mashg'ulotlarga jalb qilishda ixtiyoriylik mezonini maxsus tanlov metodi bilan uyg'unlashtirish, sinfdan tashqari mashg'ulotlar mazmunini tanlashda individual va individual-tabaqalashtirilgan metodlardan o'rinli foydalanish;


    Download 243,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 243,63 Kb.