|
Cho'llanish jarayonlari va tuproq degradatsiyasi
|
bet | 1/3 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #255329 |
Bog'liq Cho\'llanish jarayonlari va tuproq degradatsiyasi
CHO'LLANISH JARAYONLARI VA TUPROQ DEGRADATSIYASI
REJA
Tuproq degradatsiyasi turlari va unga ta’sir etuvchi omill
Tuproq degradatsiyasining asosiy sabablari
Tuproqning mexanik buzulishi
Tuproqlarning fizik degradatsiyasi
Degradatsion cho’llanish jarayonlar
Tuproq turlari va unga tasir etuvchi omillar.
Unumdor tuproq - bu inson hayoti uchun yaratilgan tabiiy resurs, toza havo, toza suvdan ahamiyati jihatidan kam bo’lmagan buyuk ne’matdir. Fransuz zoolog –ekolog olimi Jon Dors`t ta’biri bilan aytganda, “tuproq bizning qimmat boyligimiz”. Hayot va yernining ustki biotsenozlari uchun qulaylik, tabiiy va yerninng eng ustki yupqa qatlami bilanbog’liq insonlar ahyoti uchun zarur bo’lgan barcha mahsulotlar tuproqdan olinadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1992 yil Rio –De- Janeyro shahrida o’tkazilgan “Atrof Muhit va rivojlanish”mavzusidagi xalqaro konferensiyaning qarorida tuproq muhofazasi va undan oqilona foydalanish davlat siyosatining markazi bo’g’ini bo’lishi kerakligi , tuproqning holati insonlarning taqdirini belgilashi va atrof muhitga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishi takidlangan.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda , bugungi kunda dunyo bo’yicha eroziyaga , deflyatsiyaga uchragan va xafli deflyatsiyaga moyil qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan maydonlar 50 % dan ko’pchilikni tashkil qilmoqda va bu jarayonlar davom etmoqda .
Tuproq degradatsiyasi - bu jarayonlar yig’indisi bo’lib, ular tuproqlarning funksiyasini o’zgarishiga , xossalarining miqdori va sifat ko’rsatkichlarining yomonlashishga va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, ya’ni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik tizimda tuproqning turg’un xossalarining buzulishi, xo’jalik nuqtai nazaridan bahosining tushishi va samaradorlikning tushishidir.
Yer degradatsiyasi degan aniq bir tushuncha yo’q, chunki ko’p yerlarning ustki qismi tuproq qatlamiga ega, shuning uchun bir vaqtning o’zida tuproq degradatsiyasi yer degradatsiyasi deb yuritiladi .
Yerning ustki qismida tuproq qoplamiga ega bo’lmagan yerlar nazariy jihatdan degradatsiyaga uchramaydi yoki kuchsiz degradatsiya tasirida bo’ladi. Shu sababli yer degradatsiyasi yoki tuproq degradatsiyasi deb yuritiladi.
Tuproq degradatsiyasining antropogen omillari ikki guruhga bo’linadi:
1.Maqsadli tavsiflanadigan
2.Maqsadsiz yo’naltirilgan
1.Maqsadli yo’naltirilgan -bu tuproqlarning xossalariga aniq yo’nalishda ta’sir qilishga qaratilgan.
2.Maqsadsiz yo’naltirilgan - bu tuproq qoplamiga kompleks aralashgan holda ta’sir qilib ,uning xossalarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin
.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi turlarga bo’linadi:
1.fizik va mexanik degradatsiya.Tuproq granulometrik tarkibining o’zgarishi bilan tuproq materiallarining yomonlashish jarayonini kuzatilishi, tuproq qatlamlarining nazoratsiz qolishi, ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining buzulishidir.
2. kimyoviy va fizikaviy degradatsiya
Tuproqninng kimyoviy va fizikaviy degradatsiyasi – bu tuproq singdirish sig’imidagi jarayonlar, jumladan kislotalik –ishqoriylik xosslarini,oksidlanish –qaytarilish potensialini, makro va mikro elementlarini hamda o’simliklar uchun zarur bo’lgan hayot elementlarining salbiy tomonga o’zagarishidir.
3.biologik va biokimyoviy degradatsiya. Biologik va biokimyoviy degradatsiya - bu tuproq organik qismining o’zgarishi va sifatining yomonlashishi , tuproq organizmlarini sifat va miqdor tarkibining salbiy tomonga o’zgarishidir .
Tuproq degradatsiyasining o’ziga xos turlaridan biri - tuproqlarning zaharli kimyoviy va organik birikmalar, og’ir metallar, neft va neft mahsulotlari hamda radioaktiv elementlar bilan ifloslanishidir. Tuproq degradatsiyasining asosiy turlariga: tuproqning fizikaviy , fizikkimyoviy ,biologik xossalariga , havo, suv va issiqlik rejimiga salbiy tasir etuvchi, eroziya degumifikatsiya jarayonlari , qatlamlarning zichlanishi kislotalikning ortishi , ikkalamchi sho’rlanish ,botqoqlanish kabilar kiradi.
Tuproq degradatsiyasining darajalari: tuproq degradatsiyasining barcha turlari har xil darajada bo’lishi mumkin, ya’ni kuchsizdan kuchligacha va hokazo.
2.1.1-jadval
Atrof - tabiiy muhit degradatsiyasining gradatsiyasi
№
|
Atrof muhit holatining buzilganligi
|
Atrof tabiiy muhit ekolog sifat darajasining buzili darajasi
|
1.
|
Juda kam :atrof-muhit buzilmagan
|
Shartli nol
|
2.
|
Past:tabiiy – muhit buzilgan,lekin malum bosim sharoitida o’zini o’zi qayta tiklashi mumkin
|
Past
|
3.
|
O’ratcha :tabiiy muhit buzilgan ,uning o’zini –o’zi qayta tiklash xususiyati ma;lum bosim kuchi pasayganda bo’ladi.
|
O’rtacha
|
4.
|
Yuqori :tabiiy muhit kuchli buzilgan ,o’zini –o’zi qayta tiklay olmaydi.
|
Yuqori
|
5.
|
Juda yuqori :tabiiy muhit qaytarilmas darajada buzilgan ,qayta tiklanishi mumkin emas .
|
O’ta yuqori
|
|
|
|
Tuproqdegradatsiyasimiqdorko’rsatkichlaryordamidaajralibturadiyokisifatbel gilariko’rinishidahambo’ladi.
Tuproq degradatsiyasi quydagi tiplarga bo’linadi:
Texnologik (yerdan uzoq muddat foydalanish )
Tuproq eroziyasi
Sho’rlanish
Botqoqlanish
Tuproqning ifloslanishi
Cho’llashish(qurg’oqchilik)
Atrof- muhit va tuproq qoplamining degradatsiyasini baholashda ayrim olimlar tomonidan taklif qilingan quydagi gradatsiyadan foydalanish mumkin.
|
| |