• Òunis
  • Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/133
    Sana02.12.2023
    Hajmi7,71 Mb.
    #109812
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133
    Bog'liq
    jahon tarixi 8 uzb

    1798-yili Napoleon boshchiligidagi fransuz qo‘shinlari Misrga
    bostirib kirdi va Qohirani zabt etdi. Al-Azhar masjidi shu davrda
    boshlangan fransuz bosqiniga qarshi xalq harakatining ham markaziga
    aylandi. 1800-yili fransuzlar Misrni tark etishga majbur bo‘ldilar.
    XVI asr boshida ispanlar Jazoirga bostirib kirib, uning qirg‘oq
    bo‘yi hududlarini egallab oldi. Ispanlarga qarshi xalq harakatiga
    boshchilik qilgan sarkarda Xayriddin yordam so‘rab Òurkiyaga mu-
    rojaat qildi. Usmoniylar sultoni Salim I Shimoliy Afrikada o‘rnashib
    olish uchun paytdan foydalanishga urindi va Xayriddinga beklarbegi
    (beylerbeyi) unvonini berdi. Jazoirga yirik yanicharlar korpusini, har-
    biy kemalar, artilleriya va moliyaviy yordam jo‘natdi. Òurklarning
    yordamiga tayangan Xayriddin birin-ketin Jazoir shaharlarini ispan-
    lardan ozod qildi. Jazoir rasman Istanbulga bo‘ysunsa-da, mamlakat
    podshosi deyarli mustaqil siyosat olib bordi.
    XVI asrdan Liviyaga ham yevropaliklarning kirib kelishi boshlan-
    di. 1510-yili Òripoli ispanlar tomonidan zabt etildi. Liviyaliklar
    ham yordam so‘rab sulton Salim I ga murojaat qildi. Musul-
    monlarni ozod qilish shiori ostida harakat qilgan turklar 1551-yili
    butun Liviyani imperiyaga qo‘shib oldi. XVIII asrdan boshlab,
    Liviya nomigagina Istanbulga bo‘ysunib, mustaqil ichki va tashqi
    siyosat olib bordi.
    XVI asrdan boshlab, ispanlar va turklar Òunisga ham qiziqish
    bildirdi. Natijada1574-yili Òunis qirg‘oqlariga kelib tushgan 40 ming
    kishilik turk qo‘shinlari bu yerda ham ispanlar hukmronligiga xotima
    yasadi.
    Sudan va Marokash o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Marokash
    Usmoniylar imperiyasi va Yevropa davlatlari bilan savdo shartno-
    malarini tuzib, bundan katta foyda oldi. Mamlakat yaxshi rivoj-
    landi.
    http://eduportal.uz


    94

    Download 7,71 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi

    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish