• Ijodiy ish topshirig‘i
  • Shimoliy Afrika.
  • 1795-yilning
  • Xullas, tinimsiz o‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar natijasida




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/133
    Sana02.12.2023
    Hajmi7,71 Mb.
    #109812
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133
    Bog'liq
    jahon tarixi 8 uzb

    Xullas, tinimsiz o‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar natijasida
    XVIII asrga kelib, Eron ham iqtisodiy, ham siyosiy inqirozga yuz
    tutdi. Bu esa mamlakatga Yevropa mustamlakachilarining kirib
    kelishi uchun imkoniyat yaratdi. Kuchsizlanib qolgan Eron Yevropa
    davlatlari, birinchi o‘rinda Angliya va Fransiya hamda chor
    Rossiyasining mustamlakachilik obyektiga aylandi. Natijada, Eron
    yuqoridagi davlatlar bilan bir nechta teng bo‘lmagan shartno-
    malarni imzolab, ularning iqtisodiy va siyosiy ekspansiyasiga keng
    yo‘l ochib berdi.
    Òiyul – amaldorlarga xizmat vazifasini bajarish muddatiga, shoh oldidagi
    alohida xizmati uchun vaqtincha yoki umrbod muddatga beriladigan yer-mulk. Lekin
    bunday yerlarni meros qoldirish mumkin bo‘lmagan.
    Xatoiy
    http://eduportal.uz


    92
    1. Eronda safaviylar sulolasi qay tariqa o‘rnatildi?
    2. Safaviylar markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qanday tadbirlarni
    amalga oshirganlar?
    3. Nodirshoh qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi va nega uning hokimiyati
    uzoqqa cho‘zilmadi?
    4. Eronda qojarlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi qay tariqa yuz berdi?
    Ijodiy ish topshirig‘i
    Matndan foydalanib, daftaringizga XVI–XVIII asrlarda Eron tarixiga oid tarixiy
    xronologiyani davriy ketma-ketlikda tuzing.
    19-mavzu. XVI–XVIII ASRLARDA
    AFRIKA MAMLAKAÒLARI
    Afrika tarixini sivilizatsiyaviy nuqtayi nazardan ikkiga – Sahroyi
    Kabirdan shimolga va janubga ajratib o‘rganish ma’qul bo‘ladi.
    Shimoliy Afrika. Qit’aning Sahroyi Kabirdan shimoliy qismida
    Misr, Sudan, Liviya, Jazoir, Òunis, Marokash va Mavritaniya kabi
    arab mamlakatlari joylashgan bo‘lib, ular VII asrdan boshlab islom
    dini va madaniyati ta’siri ostida rivojlandi. XVI asrda ko‘pchilik arab
    mamlakatlari usmoniylar tomonidan bosib olindi. Mamluklar hukm-
    ronligi ostida bo‘lgan Misr ham birinchilardan bo‘lib o‘z musta-
    qilligini yo‘qotdi. 1517-yilning boshida Salim I armiyasi Misrning
    poytaxti Qohirani egallab, uni taladi va vayron qildi.
    Òurklar istilosi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosa-
    batlarga katta o‘zgarish kiritmadi. Faqat mamluklarning siyosiy ho-
    kimiyati ag‘darilib, barcha feodallar o‘z mulklari va imtiyozlarini saq-
    lab qoldilar. Misr alohida podsholik maqomini oldi va amalda yarim
    mustaqil davlat edi. Mahalliy boshqaruv hokimiyati to‘liq mamluk
    amirlarining qo‘lida saqlanib qoldi. Òurklar mamluklarning boshqaruv
    mahoratidan, mahalliy sharoitni, aholining urf-odatlarini yaxshi bili-
    shidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar.
    Misrda ishlab chiqarish texnikasi hali o‘ta oddiy bo‘lsa-da, manu-
    fakturalardagi ichki mehnat taqsimoti mahsulotlarning ko‘payishiga
    olib keldi. Natijada, ichki va tashqi savdo tez rivojlandi. Misr Yevropa
    va qo‘shni Osiyo davlatlari bilan qizg‘in savdo munosabatlarini olib
    bordi. XVIII asr oxiriga kelib, faqat Qohira shahrining o‘zini hisob-
    laganda chet ellar bilan savdo qiladigan 5 mingta savdogar faoliyat
    yuritardi.
    http://eduportal.uz


    93
    XVIII asrning 60-yillarida boshlangan mamluk zodagonlarining
    o‘zaro urushlari Misrning iqtisodiy ahvoliga yomon ta’sir ko‘rsatdi.
    Ularning o‘zboshimchaligi, dehqon va hunarmandlar ustidan qilgan
    zolimliklari mamlakatda norozilikni keskin kuchaytirdi. Òurk hukm-
    ronligi va mamluklar zulmiga qarshi boshlangan xalq harakatiga
    Qohiradagi al-Azhar masjidining taniqli shayxlari boshchilik qildilar.
    Ularning da’vati bilan 1795-yilning yozida qohiralik hunarmand va
    savdogarlar o‘z do‘konlarini yopdilar. Mamluk hukmdorlari shayxlar
    bilan muzokaralar boshlashga majbur bo‘ldi hamda zo‘ravonlik va qo-
    nunsizliklarni to‘xtatishga va’da berdi.

    Download 7,71 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   133




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xullas, tinimsiz o‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar natijasida

    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish