95
dudlarni ulardan olinadigan asosiy tovarning nomi bilan atadilar. Ho-
zirgi Shimoliy Liberiyaning qirg‘oqlari Qalampir qirg‘og‘i, Fil Suyagi
qirg‘og‘i, Oltin qirg‘oq, Volta va Niger daryolari oralig‘i esa Qul
qirg‘og‘i deb atalgan.
XVI asr oxiriga kelib, Amerikaning Ispaniya,
Angliya va Fransiya
mustamlakalariga aylantirilgan barcha hududlarida plantatsiya xo‘ja-
ligi keng rivojlantirildi. Natijada, qullar mehnatiga ehtiyoj ham ortib
bordi. Afrikadagi ishchi kuchi bozorini egallash uchun Yevropa dav-
latlari o‘rtasida kuchli kurash boshlandi. Bu kurash oqibatida Afrika
aholisi juda katta zarar ko‘rdi.
XVII asrdan qul savdosida yetakchilik qilishni gollandlar o‘z qo‘-
liga oldi va Amerikadagi ispan mustamlakalariga
afrikalik qullarni
ular yetkazib berdi. Ammo qullar bozorida Gollandiyaning hukmron-
ligi ham uzoqqa cho‘zilmadi. XVII asrning ikkinchi yarmidan mus-
tamlaka bozorlarini egallash uchun kurashga Angliya va Fransiya
qo‘shildi. Ingliz va fransuz plantatorlari o‘z xo‘jaliklarining kengayishi
tufayli qullarning mehnat bozorini o‘zlari
egallashga, o‘z tovarlariga
oltin-u kumush bilan haq oladigan portugal hamda golland savdogar-
larining xizmatidan voz kechishga harakat qildilar. Qul savdosiga,
shuningdek, Shvetsiya, Daniya, Brandenburg kabi davlatlar ham qo‘-
shildi. Yevropaning kuchli davlatlari o‘rtasidagi
raqobatchilik kurashi
XVII asrning ikkinchi yarmi va butun XVIII asr mobaynida davom
etdi. Bu kurash maydoni Afrika qit’asi, ayniqsa, G‘arbiy va Markaziy
Afrika bo‘ldi.
Qul savdosi u bilan shug‘ullanuvchilarga va savdogarlarga juda
katta foyda keltirdi. Yevropa va Amerikadagi Bristol, Liverpul,
Manchester, London, Nant, Ruan,
Amsterdam, Nyu-York, Yangi
Orlean, Rio-de-Janeyro kabi ko‘plab shaharlarning jadal rivojlanishi
va gullab-yashnashi qul savdosidan keladigan foyda bilan bog‘liq edi.
XVI–XVIII asrlarda yevropalik qulfurushlar Amerikaga
15–