88
Internet vositasida
XVI–XVIII asrlarda Òurkiya davlatiga virtual sayohat uyush-
tiring. Òaassurotlaringizni daftaringizga qayd eting.
18-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA ERON
Safaviylar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi. XV asr oxirida Eron
markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan bir qancha mustaqil hu-
dudlarga bo‘linib ketgan edi. Buning oqibatida o‘zaro ichki urushlar
tobora avj oldi. Bu esa mamlakat taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir
ko‘rsata boshladi. Oqibatda, mamlakat zaiflashdi. Eronning zaiflashu-
vi Òurkiya bosqini xavfini tobora kuchaytira bordi.
Eronda tuzilgan qaysi mustaqil davlat Oltin O‘rda bilan Kavkazortiga egalik
qilish masalasida raqobat qila boshlagan?
Natijada, Eronni yagona davlatga birlashtirish hayotiy zaruratga
aylanib qoldi. Bu tarixiy vazifa sarkarda, Eronda katta siyosiy nufuzga
ega bo‘lgan Ardabil shahri hokimi Ismoil Safaviy tomonidan amalga
oshirildi.
Ismoil I Safaviy olib borgan urushlari natijasida katta-katta hu-
dudlarni egalladi, 1502-yili esa Òabriz shahrini ishg‘ol etgach, u o‘zini
shahanshoh deb e’lon qildi. Shu tariqa tarixga «Safaviylar davlati»
nomi bilan kirgan davlat vujudga keldi. Davlat tarkibi Erondan tash-
qari hududlar hisobiga kengaygan. Poytaxt etib Òabriz shahri bel-
gilandi. Ismoil I Safaviy markazlashgan davlat tuzibgina qolmay, uni
o‘z davrining qudratli davlatlaridan biriga ham aylantira oldi.
Ismoil I Safaviy markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida
yer egaligining
suyurg‘ol shaklini deyarli butunlay bekor qildi. Uning
o‘rniga
tiyulni joriy etdi.
Biroq bu tadbir yirik yer-mulk egalarining markazga bo‘ysun-
maslikka intilishlarini to‘xtata olmadi.
Safaviy hukmdorlar tinimsiz bosqinchilik urushlari olib bordilar.
Safaviylar davlati tarkibiga kirgan qaram o‘lkalar xalqlarining ozodlik
kurashi shafqatsizlik bilan bostirildi.