87
Fan, madaniyat va san’at. XVII asrdan Yevropaning ilg‘or g‘oyalari
ta’siri ostida yirik shaharlar, asosan, poytaxt Istanbulda dunyoviy fan-
larni rivojlantirishga harakat boshlanadi. Bu davrda buyuk turk olimi
Koshib Chalabiy, matematika va astronomiya sohasida
Xizr Xalifa
Òabariy, Mulla Mehmet Chalabiy, Mustafo Koshipzoda kabi olimlar
unumli faoliyat olib bordi.
Shu davrda turk adabiyotida ham o‘ziga xos faollik kuzatildi, yirik
asarlar yaratildi. Shulardan
Avliyo Chalabiyning «Sayohatnoma» asari
tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega.
Me’morchilikda ham XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida tushu-
narsiz, milliylikdan ancha yiroq bo‘lgan qorishiq uslublar yaratildi.
Vaholanki, XV–XVII asrlarda turk me’morlari buyuk tarixiy obida-
larni yaratishgan edi. Ayniqsa, XVI asrning buyuk me’mori Sinon
o‘zining betakror binolari bilan turk me’morchiligi rivojiga katta hissa
qo‘shdi.
XVII asr turk me’morchiligining ajoyib namunalari sifatida sul-
tonning Òo‘pqopi saroyidagi Bag‘dod va Ravon ko‘shklarini ham aytib
o‘tish lozim. Bu davrda naqqoshlik va miniatura san’ati ham yaxshi
rivojlandi. Naqqoshlikda bezak vositasi sifatida, asosan, miniatura
rasmlaridan va yozuvlardan foydalanilar edi.
Yevropa madaniyatining ta’siriga qaramasdan, Yangi davrda turk
madaniyati, asosan, milliylik va o‘ziga xoslikni saqlab qola oldi.
Ammo imperiyada boshlangan siyosiy va iqtisodiy inqiroz madaniyat
rivojiga ham ta’sir etmasdan qolmadi.