86
Avliyo Chalabiy
qilishni
kuchaytirish, mustamlaka o‘lkalardan tashib kelingan ulkan
miqdordagi boyliklar hisobiga ham yuksaldi. Ekspluatatsiyaning tobo-
ra kuchayishidan tinka-madori
qurigan dehqonlar shaharlarga,
tog‘larga qochib keta boshladilar. Sulton buning oldini olish maq-
sadida yer egalariga qochib ketgan dehqonlarni majburan qaytarib
olib kelish huquqini beruvchi maxsus farmon chiqardi.
Dehqonlarning xonavayron bo‘lishi va ko‘plab
qochib ketishi
XVI asr o‘rtalaridan boshlab qishloq xo‘jaligining inqiroziga olib keldi.
Shu tariqa Òurkiya harbiy qudratining zaiflashish davri boshlandi.
G‘arbiy Yevropada markazlashgan davlatlar, kuchli markaziy hoki-
miyat qaror topgan bir sharoitda Òurkiya tanazzulga uchradi.