|
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixiBog'liq jahon tarixi 8 uzbXVI–XVIII asrlarda Koreya
Yaponiya tajovuzi. XVI asrda Koreyada markazlashgan davlatning
asta-sekin zaiflashib borishi qo‘shnilarning tajovuzlariga sabab bo‘ldi.
Ayniqsa, janubda Yaponiya tomonidan xavf kuchaydi.
Qanday omillar qadimgi Chosonning uch qirollikka ajralib ketishiga olib
keldi?
1592-yili Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib kirdi va
koreys qo‘shinlari qarshiligini yengib, Seul, Pxenyanni egalladi.
Mamlakatning katta qismi yapon qo‘shinlari tomonidan bosib olindi.
Ular tinch aholiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘ldilar.
Mamlakatda yapon bosqinchilariga qarshi xalq urushi boshlandi.
Bosib olingan hududlarda «Haq ish uchun» xalq partizan guruhlari
tuzildi. Xalq qo‘shinlarining harakatlariga Li Sun Sin qo‘mondonligi
ostidagi koreys flotining g‘alabalari dalda bo‘ldi. Li Sun Sin floti
yapon flotini tor-mor qildi.
Ellik minglik Xitoy qo‘shinining yordamga kelganligi koreys-
larning yaponlarga qarshi kurashini yengillashtirdi. 1593-yili Xitoy va
Koreyaning birlashgan qo‘shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildi.
1592-yilda Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib kirdi.
1593-yilda Xitoy va Koreyaning birlashgan qo‘shinlari Pxenyan va Seulni
ozod qildilar.
Yaponlar bosqini mamlakatda ulkan ma’naviy va moddiy yo‘qo-
tishlarga olib keldi. Haydaladigan yer maydonlari keskin qisqarib
ketdi. Amaldorlar orasida poraxo‘rlik va jinoyatchilik, xalq orasida
esa ocharchilik va vabo avjiga chiqdi. Mamlakat endi o‘zini tiklayot-
gan bir paytda, unga manjurlarning hujumi boshlandi.
Koreyaga manjurlarning bostirib kirishi. Xitoyda o‘z hukmronligini
o‘rnatishga intilayotgan manjurlar 1627-yili Koreyaga bostirib
kirdilar. Ular koreys qo‘shinining qarshiligini yengib, ko‘plab shahar-
larni egallab oldilar va taladilar. Koreys hukumati bosqinchilar bilan
muzokaralar olib bordi. Ikki tomon o‘rtasida imzolangan tinchlik
6 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz
|
| |