76
rangzeb parchalanayotgan imperiyani saqlab qolishning yo‘li
sifatida
islom dini qoidalarini qat’iy joriy qilishga kirishdi. Musulmon bo‘l-
maganlardan olinadigan jizya solig‘ini qayta tikladi, hindlar uchun
qolgan barcha soliqlarni ikki hissaga oshirdi, ularga o‘z
bayramlarini
nishonlashni taqiqladi, hind ibodatxonalarini buzib tashlashni buyur-
di. Oqibatda, mamlakat bo‘ylab xalq qo‘zg‘olonlari boshlanib ketdi.
XVIII
asr boshlariga kelib, imperiya parchalana boshladi. Ar-
miya o‘zining avvalgi qudratini yo‘qotdi, mahalliy hukmdorlarning
mustaqilligi oshdi. Shunday holatda Hindistonga avval eronliklar,
so‘ngra afg‘onlar bostirib kirib, mamlakatni taladi.
Boburiy hukm-
dorlarning hokimiyati tobora zaiflashib bordi. Mamlakat feodal tar-
qoqlikka qaytib, yevropaliklarning kirib kelishi uchun qulay sharoit
yaratildi.
1658–1707-yillarda ...
Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi. Yevropa davlatlarining
maqsadi Hindistonning
ulkan boyliklariga, unumdor yerlariga ega
bo‘lish edi. Boburiylar imperiyasining inqirozi tufayli Yevropa hukm-
dorlari o‘z maqsadlarini amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi,
1757-yili Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi.
Bu boy hudud
Buyuk Britaniyaning keyingi bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda
tayanch vazifasini o‘tadi. Shu tariqa Buyuk Britaniyaning Hindistonni
asta-sekin o‘z mustamlakasiga aylantirish davri boshlandi. Bu jara-
yonda Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya
kompaniyasi juda katta rol
o‘ynadi. XVIII asr oxirlariga kelib, o‘zining barcha raqiblarini yeng-
gan Ost-Indiya kompaniyasi tarqoq va zaif Hindistonni bo‘ysun-
dirishda yetakchilik qildi.