74
bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur
vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va
Hindistonni egallash uchun
harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sul-
tonligida afg‘onlarning lo‘diylar sulolasidan bo‘lgan Ibrohim Lo‘di
hukmronlik qilardi.
U 1526-yil 21-aprelda Bobur qo‘shiniga qarshi bo‘lgan Panipat
jangida mag‘lubiyatga uchrab, halok bo‘ldi.
O‘rta asrlarda Hindistonda qaysi sulolalar hukm surgan?
Dehli sultonligida Bobur taxtga keldi va boburiylar sulolasiga asos
soldi. Bobur 1530-yili vafot etgunga
qadar Hindistonda hukmronlik
qildi. Boburning vasiyatiga ko‘ra, taxtga uning katta o‘g‘li Humoyun
o‘tirdi. Ammo Humoyunga qarshi birlashgan mahalliy zodagonlar
1540-yili uni taxtdan ag‘darishdi. Jangda mag‘lub bo‘lgan Humoyun
Eron shohi Òaxmasp I saroyidan panoh topdi.
Hindistonda taxtni
afg‘onlarning sur qabilasi sardori Sherxon egallab oldi. Humoyun
uzoq kurashlardan so‘ng 1555-yili Dehlini qaytarib oldi, ammo ko‘p
o‘tmay vafot etdi. Òaxtga Humoyunning o‘g‘li Akbar keldi. U Bobur
vorislari
orasida eng mashhuri, buyuk islohotchi sifatida nom qol-
dirgan. Bu shoh Hindiston tarixida «Buyuk Akbar» nomi bilan ataladi.
Akbar 1556–1605-yillarda Hindistonni boshqardi. U ham harbiy, ham
diplomatik usullar yordamida barcha musulmon beklari va hind roja-
larini o‘ziga bo‘ysundirdi.