70
gan mahsulotlarining sifatini oshirish uchun davlat manufakturalari
va ustaxonalarini xususiylashtirish, dehqonlarning
yerlarini tortib
olishni to‘xtatish, soliqqa tortish tizimini tartibga solish kabilar mu-
him o‘rin tutardi.
Xitoyda yer egaligi munosabatlari qachon shakllana boshladi?
XVII asr boshlarida islohotchilar Pekinda hokimiyatni egallashga
erishdi va amalda o‘z dasturidagi talablarni
hayotga tatbiq etishga
urindilar. Ammo saroy asilzodalarining qarshiligi tufayli islohotchilar
hokimiyatdan chetlatilib, ko‘pchiligi qatag‘on qilindi.
Davlat xazina-
sini o‘marish, dehqonlar yerlarini tortib olish, soliqlar va shaxsiy
majburiyatlarni oshirish davom etaverdi.
Xitoyning xalqaro ahvoli
ham tobora yomonlashib bordi.
Biroq minlar hokimiyati uchun hukmron tuzumga qarshi tobora
yirik miqyosdagi urushga aylanib borayotgan dehqonlar qo‘zg‘o-
lonlari, ayniqsa, xavfli edi.