• Yevropaliklar Xitoydan
  • Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/133
    Sana02.12.2023
    Hajmi7,71 Mb.
    #109812
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133
    Bog'liq
    jahon tarixi 8 uzb

    Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi. Xitoy afsonaviy boy mam-
    lakat sifatida yevropaliklarda doimiy qiziqish uyg‘otib kelgan. Yev-
    ropaliklar Xitoyning texnik yutuqlarini o‘zlashtirib olishga intilgan.
    Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng kuchaygan bu jarayon
    XVII asrda ham davom etdi. Ispaniya Filippinni egallab olganidan
    so‘ng, atrofdagi orollarda savdo bilan shug‘ullanuvchi minglab Xitoy
    http://eduportal.uz


    72
    fuqarolarini yo‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik keyin ham
    takrorlandi.
    XVII asrda Xitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bo‘ldi.
    Ular Òayvan orollarining bir qismini egallab oldi. Shuningdek, Angliya
    ham bu hududlarga qiziqish bildira boshladi. Inglizlar Guanchjou
    hududiga o‘rnashib, bu yerda savdo olib borish uchun Xitoy huku-
    matidan ruxsat oldi. Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketib,
    bu yerga tamaki va o‘qotar qurollar olib kelardi.
    XVIII asrning 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘r-
    natishga urindi. Ammo ikkala davlat o‘rtasida Uzoq Sharqda va Mar-
    kaziy Osiyoda ta’sir uchun kurash bunga yo‘l qo‘ymadi. Keyin ikki
    tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
    Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketib, tamaki va o‘qotar
    qurollarni bu yerga olib kelardi.
    XVIII asrning 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishga
    urindi.
    XVI – XVIII asrlarda Xitoy madaniyati. Minlar davrida Xitoy ma-
    daniyati gullab-yashnadi. Oldingi davrlarning eng yaxshi yutuqlarini
    o‘ziga singdirib olgan jamiyat taraqqiyotning yangi bosqichiga
    ko‘tarila oldi.
    Bu davrda qadimiy din va dunyoqarashga asoslangan mada-
    niyatni Yangi davr talablariga moslashtirish boshlandi. Minlar dav-
    rining eng mashhur olimlaridan biri Van Yanmin xitoyliklar dunyo-
    qarashining asosi bo‘lgan konfutsiylikdan voz kechmagan holda, bu
    ta’limotni o‘zgargan tarixiy vaziyatga mos ravishda, yangicha sharh-
    lay boshladi.

    1636-yili – ...

    1644-yili – ...

    XVI asr – ...

    XVIII asrning oxirigacha – ...
    Chinlar davriga kelib, adabiyotda ham katta yutuqlarga erishildi.
    Qadimgi xalq afsonalari asosida «G‘arbga sayohat» romani yaratilib,
    unda xitoylik ruhoniyning mo‘jiza izlab Hindistonga qilgan safari tas-
    virlanadi. Bu roman kitobxonlarning ko‘plab avlodlarida katta taas-
    surot qoldirdi.
    http://eduportal.uz


    73
    XVI–XVII asrlarda teatr san’atining eng mashhur turi, umummil-
    liy teatrga aylangan, kunsyuy bo‘ldi. Unda aktyorlar niqob kiyib rol
    o‘ynashadi. Kunsyuy asosida shakllangan Pekin operasi butun
    dunyoga mashhur bo‘ldi.
    Òasviriy san’atda o‘tmish an’analari davom ettirildi. Minlar davri-
    da Òasviriy san’at akademiyasi qayta tiklandi. Badiiy asarlarga tas-
    viriy bezak berish san’ati rivojlandi, peyzaj san’ati ham gullab-yash-
    nadi. Xitoylik ustalar, faqat o‘z yurtlaridagina emas, G‘arbiy Yevropa
    mamlakatlarida ham juda qadrlanadigan chinni, gazlama, loklangan
    miniaturalar yaratishda katta yutuqlarga erishdilar.

    Download 7,71 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   133




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish