Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi




Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/133
Sana02.12.2023
Hajmi7,71 Mb.
#109812
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133
Bog'liq
jahon tarixi 8 uzb

Akbarshoh islohotlari. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiya-
ning oltin davri bo‘ldi. Akbarshoh markazlashgan davlat va kuchli
hokimiyatni barpo etish maqsadida imperiyani viloyatlarga ajratib,
ularga o‘z noiblarini tayinladi. Soliq tizimi ham isloh qilinib, imperiya
hududida yagona savdo solig‘i joriy etildi, xolisa va jogirdorlar yerla-
ridan teng miqdorda soliq undiriladigan bo‘ldi. Butun imperiya uchun
bir xil uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari hamda Mirzo Ulug‘bek
tizimiga asoslangan yagona taqvim joriy qilindi. Mamlakat bo‘ylab
saroylar, me’moriy inshootlar va bog‘lar barpo etildi. Ilm-fan, san’at
va dehqonchilik rivojlandi. Yo‘llarni ta’mirlash, karvonsaroylar qurish
hamda dengiz yo‘llari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq
ishlari olib borishga katta e’tibor qaratildi.
Islohotlar ichida Akbarga eng katta shuhrat keltirgani diniy islohot
bo‘ldi. Odamlar islom, hinduizm va boshqa bir qator dinlarga sig‘ina-
http://eduportal.uz


75
digan ko‘p dinli Hindistonda Akbarshoh
diniy murosasozlik siyosatini olib bordi.
U mamlakatni boshqarishga musulmon-
lar bilan birga hindlarni ham jalb etdi, mu-
sulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon so-
lig‘i – jizyani bekor qildi, hindlarning ziyo-
ratgohlaridan olinadigan soliqni ham man
etdi. Akbarshoh o‘z mamlakatida diniy
bag‘rikenglik siyosatini yuritib, hindlar ora-
sida islom dinining tarqalishini rag‘batlan-
tirdi va ayni paytda hindlarning har qanday
kamsitilishini bekor qildi.
Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix
ilmini yaxshi egallagan ma’rifatli hukmdor
edi. U hindlar bilan musulmonlarning
tinch-totuv yashashlariga erishdi. Akbarshoh yuritgan adolatli siyosat
Boburiylar davlatining ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy
aholi va amaldorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida katta rol o‘y-
nadi. Bu esa, o‘z navbatida, imperiya qudrati va shon-shuhratining
yanada ortishiga xizmat qildi.
Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati tufayli «Milliy
podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor bo‘ldi. U
1605-yilda vafot etdi.

1526-yilning 21-aprelida ...
 
1556–1605-yillarda ...

1530-yil ...

Akbarshoh – ...
Akbarshohning islohotlari musulmon zodagonlar va diniy mutaa-
ssiblarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Norozilar orasida Akbarshoh-
ning o‘g‘li, taxt vorisi Jahongir Mirzo ham bor edi. U taxtga kelishi
bilan, otasining ko‘plab islohotlarini bekor qildi.

Download 7,71 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   133




Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi

Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish