66
larining geografik va tarixiy ustunliklarini namoyish qila oldi. Rivoj-
langan ijtimoiy mehnat taqsimotiga, madaniy taraqqiyotning o‘ta
yuqori
darajasiga, jamiyat ma’naviy rivojining anchagina yuqori bos-
qichini aks ettiruvchi diniy va axloqiy tizimni shakllantirishga erishdi.
Sharqning G‘arbdan ustunligi, ayniqsa, asrlar davomida to‘plangan
ma’naviy imkoniyatlar, tajriba va bilimlarga tayangan intellektual
kuchlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Bu davrda texnik, texnologik,
tashkiliy va madaniy innovatsiyalar keng tarqalgan bo‘lib, ularning
ko‘pchiligi 300–500 va hatto 1000 yil o‘tgandan so‘ng Yevropada
paydo bo‘ldi, qisman Sharqdan o‘zlashtirildi. Aholining o‘sish sur’ati
ham iqtisodiy imkoniyatlarning yuqoriligidan dalolat beradi.
Biroq Yangi davr boshlariga kelib, Sharq mamlakatlari taraqqiyotda
Yevropaga nisbatan sezilarli orqada qola boshladi. Buning asosiy sabablari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– Sharq davlatlarida harbiy xarajatlar miqdori G‘arb davlatlarinikidan
ancha yuqori edi;
– XVI–XVII asrlardan boshlab, Sharq mamlakatlarida transport vositalari
(kemalar, portlar, yo‘llar, kanallar qurilishi) va kommunikatsiya tizimining
(kitob chop qilish, savodxonlik darajasi) rivojlanish sur’atlari G‘arb
mamlakatlariga nisbatan pasaydi;
– O‘rta asrlarning oxirlaridan boshlab, Sharq mamlakatlari yakka-
lanish yoki «yopiq eshiklar» prinsipiga asoslanib, faol tashqi siyosat olib
bormadi;
– yevropalik mustamlakachilar kirib kelishi arafasida Sharqning ko‘plab
mamlakatlarida tarixan yaratilgan moddiy, ijtimoiy va ma’naviy boyliklarni
rivojlantirish o‘rniga, tabiiy resurslardan uzoq vaqt ekstensiv foydalanish
natijasida kelib chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz kuzatilayotgan edi.
Yevropa ekspansiyasi va mustamlakachilik Osiyo mamlakatlari-
ning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga anchagina ziddiyatli ta’sir ko‘rsatdi.
Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi «muloqot» odamlar orasidagi juda katta
yo‘qotishlarga olib keldi. Ko‘pchilik hollarda mustamlakachilik keng
miqyosdagi talonchilikdan iborat bo‘lib qoldi.
Ammo XVII asrning o‘rtalarigacha G‘arbning Sharqdan ustunligi
faqat tashqi ko‘rinish bo‘lib,
bu davrda Sharq harbiy ishda, moddiy
ne’matlarni ishlab chiqarishda Yevropadan ancha oldinda edi. Ammo
Sharq bir xil emasdi. Sharqda bir nechta turli sivilizatsiyalarni ajratib
ko‘rsatish mumkin.