61
mehnatsevar, o‘z kuchiga ishonuvchi qilib
yaratdi. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik
va o‘jarlik
bilan uy qurdi, ro‘zg‘or buyumlari va
mebel yasadi, hayvonlarni o‘rgatdi. «Robinzon
Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari»
romani mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik
va jasorat madhiyasi bo‘lib qoldi.
Qishloq ruhoniysi, keyinchalik esa Irlan-
diyadagi
Dublin ibodatxonasi rahbari Jonatan
Svift (1667–1745) ma’rifatparvarlarning oliy-
janob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligi-
ni, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari
mukammallikdan ancha yiroq ekanligini o‘zi-
ning «Gulliverning sayohatlari» romanida ochib
berdi.
Sviftning qahramoni Gulliver bilan Robin-
zon – zamondoshlar, Ma’rifat asri odamlari,
lekin Gulliverning qarashlari chuqurroq. Balki
shuning uchun ham
uning yiroq mamlakatlarga
qilgan sayohatlari quvonchsiz yakun topadi.
Ammo Sviftning maqsadi inson tabiatini be-
parvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan
achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda
ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogoh-
lantirish edi. «Inson siz o‘ylagandan ko‘ra qadr-
liroq», deb yozgan
Sviftning aql yolqini va qo-
biliyat kuchi Ma’rifat asrini so‘nmas nur bilan
yoritib turadi.
Uning og‘ir holatda ham insoniylikni saqlab
qolishga da’vati bugun ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.
Buyuk nemis shoiri
Iogann Volfgang Gyote
(1749–1832) esa o‘z asrini – ong va yorug‘lik
asrini
ifodalaydigan qahramon izlab, doktor
Faust haqidagi qadimiy nemis afsonasini qayta
yozdi. Yaratilishiga 60 yil sarflangan falsafiy
drama insonning o‘z g‘oyalari uchun kurashi
buyuk kurash ekanligini ta’kidlash bilan Ma’-
rifat asrining mohiyatini ochib beradi. Kek-