|
Mustaqillik uchun bo‘lgan urushning sabablariBog'liq jahon tarixi 8 uzbMustaqillik uchun bo‘lgan urushning sabablari. Buyuk Britaniya
qiroli, zodagonlar va tadbirkorlar mustamlakalardan olinadigan
foydani tobora ko‘paytirishga harakat qilardi. Ular mustamlakalardan
qimmatbaho xomashyo, teri va paxtani olib ketardi, mustamlakalarga
esa tayyor mahsulotlarni olib kelishar, soliq va to‘lovlarni yig‘ib olardi.
Buyuk Britaniya parlamenti Amerika tadbirkorlari uchun turli taqiq
va cheklovlar o‘rnatgan edi. Amerikaliklarning dastlabki norozilik
chiqishlari shu cheklovlar va soliqlarning oshirilishiga qarshi bo‘lib
o‘tdi.
Urushning boshlanishi. 1774-yil sentabrda Filadelfiyada Birinchi
Qit’a Kongressi yig‘ildi. Unda Jorjiyadan tashqari barcha mustam-
lakalardan vakillar qatnashdi. Kongress hali Buyuk Britaniyadan aj-
ralish masalasini ko‘tarishga jur’at qila olmadi, lekin Britaniya siyo-
satini qoraladi. Kongress iqtisodiyotni boshqarish uchun «Kontinental
uyushma» tashkilotini tuzdi. Mustaqillik tarafdorlari tomonidan bosh-
qarilgan mazkur tashkilot jamoatchilik orasida inqilobiy kayfiyatni avj
oldirib yubordi. Ingliz qo‘shinlari bilan dastlabki qurolli to‘qnashuvlar
bo‘lib o‘tdi.
Mustaqillik uchun kurashchilar Amerikada respublika tuzish
g‘oyasi bilan chiqdilar. 1775-yil may oyida boshlangan Ikkinchi Qit’a
Kongressi mustaqillik uchun urush boshlashga qaror qildi.
Virjiniyalik polkovnik Jorj Vashington Amerika qurolli kuch-
larining bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. Respublikachilik kayfiyati
aholining turli qatlamlarini qamrab oldi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi. 1776-yil mayda Buyuk Britaniyadan
ajralib chiqishga da’vat etuvchi qaror qabul qilindi. Rasmiy bayonot-
noma tayyorlash uchun virjiniyalik Òomas Jefferson boshchiligida ko-
missiya tuzildi.
1776-yil 4-iyulda qabul qilingan va asosan, Ò. Jefferson zakova-
tining mahsuli bo‘lgan Mustaqillik Deklaratsiyasi yangi davlatning
qaror topganligini va butun dunyoda harakatchan kuchga aylangan
inson ozodligi haqidagi dunyoqarashni e’lon qildi.
http://eduportal.uz
|
| |