55
Amerikada birga yashashning tarixiy tajribasi asosida ko‘chib kel-
ganlarning yagona tarixiy taqdiri yuzaga keldi.
Ingliz tili ular uchun
umumiy til bo‘lib qoldi. Urf-odatlar va turmush tarzi bir xillashib
bordi. XVIII asrning o‘rtalariga kelib, Amerikaning ko‘pchilik aholisi
o‘zlarini amerikalik deb atay boshladi. Ayni paytda o‘ziga
xos milliy
madaniyatning ham tarkib topish jarayoni yuz berdi. Shu tariqa za-
monaviy
amerika millati shakllandi.