51
xo‘jaligi ham chetda qolmadi. Asosiy oziq-ovqat mahsuloti – g‘alla
hamma yerda tovarga aylandi.
Rossiyada XVII asrdan boshlab shaharlar ham rivojlandi. Ular
mamlakatning savdo-sanoat markazlariga aylanib bordi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishiga,
viloyatlar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarining kengayishiga, butunrossiya
yagona ichki bozorining tarkib topishiga olib keldi.
Shu tariqa Rossiya
iqtisodiyotida ham juda sekinlik bilan bo‘lsa-da, yangi – kapitalistik
munosabatlar shakllana bordi.
Mutlaq monarxiyaning qaror topishi. Rossiyada mutlaq monar-
xiyaning to‘la qaror topishi Pyotr I nomi bilan bog‘liq. U 1689-yilda
taxtga o‘tirdi. Pyotr I tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri
Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi. U
bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi.
1700-yili Rossiya Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qar-
shi urush boshladi. Bu urush tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan
kirdi. Urush 1721-yili Rossiyaning g‘alabasi bilan tugadi.
Shu yili
Finlandiyaning Nishtadt shahrida Rossiya – Shvetsiya tinchlik shart-
nomasi imzolandi. Unga binoan, Rossiya Boltiq dengiziga chiqish
huquqiga ega bo‘ldi. Ayni paytda Rossiya Yevropaning qudratli dav-
latlaridan biriga aylandi. 1721-yili Pyotr I imperator deb e’lon qilindi.
Rossiya imperiyaga aylandi va mamlakatda mutlaq monarxiya to‘la
qaror topdi.
Rus millatining shakllanishi. Madaniyat. Rus yerlarining birlashti-
rilishi natijasida madaniy aloqalar mustahkamlandi
va rus madaniya-
tining o‘sishi boshlandi. Madaniyatning rivojlanishi, iqtisodiy yuksa-
lish bilan birga, rus millatining shakllanishiga olib keldi. Asta-sekin
mahalliy shevalar barham topib, rus millatining
til birligi vujudga
keldi, yagona madaniyat shakllandi. Rusning madaniy birligi xalq
og‘zaki ijodi, me’morchilik, tasviriy san’at va adabiyotda o‘z ifodasini
topdi. Ammo, madaniyatning yuksalishiga qaramasdan, aholining
asosiy qismi savodsizlik va jaholat botqog‘ida qolayotgan edi. Shu
sababli XVIII asrdan boshlab, mamlakatda
bir qator maktablar ochi-
lishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Moskvadagi matematika va na-
vigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, meditsina maktablari shular jum-
lasidan edi. Moskvadan boshqa hududlarda ham bir qator maktablar
va bilim yurtlari ochildi.
Shu davrda Peterburgda
Rossiya Fanlar akademiyasi, keyinchalik
akademiya qoshida gimnaziya va universitet tashkil topdi. 1755-yili
http://eduportal.uz
52
buyuk rus olimi M.V. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva universiteti
tashkil qilindi. Bu davrdagi Rossiya fanining muvaffaqiyatlari Moskva
universiteti va M.V. Lomonosov faoliyati bilan bog‘liq.
Shu yillari rus geografiya fani katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
Osiyo bilan Amerika o‘rtasidagi Bering bo‘g‘ozi kashf etildi. Laptevlar
ekspeditsiyasi Shimoliy Muz okeanini Murmanskdan to Chukotka-
gacha o‘rganib chiqdi. S.I. Chelyuskin
Osiyoning eng shimoliy chek-
kasini kashf etdi. Hozir bu yer Chelyuskin burni deb ataladi.
Shu davrda texnika taraqqiyotida ham katta muvaffaqiyatlarga eri-
shildi. I.I. Polzunov, I.P. Kulibin kabi olimlar ko‘plab texnik ixtiro-
larni amalga oshirdi. Rossiyalik olimlar va kashfiyotchilar tomonidan
yaratilgan mashinalar jahon fani va texnikasi yutuqlarining oldingi
qatorida turardi.
Ammo qoloq, krepostnoy Rossiyada bu mashinalarga
talab yo‘q, ular deyarli qo‘llanilmas edi.