48
Birining poytaxti Vena shahri, ikkinchisiniki esa Berlin shahri
edi. XVII asr oxiriga kelib, Brandenburg knyazligida Prussiya gersog-
ligi yetakchi mavqega ega bo‘lib oldi.
1683-yili Germaniya knyazliklari Òurkiya bosqiniga qarshi kurashish uchun
tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar.
XVII asr Avstriya va Brandenburg knyazliklarining Germaniyada
gegemonlik uchun kurashi ostida o‘tdi.
1701-yili Brandenburg knyazligi o‘rnida Prussiya qirolligi tashkil
topdi. Brandenburg knyazi Fridrix I nomi bilan Prussiya qiroli deb
e’lon qilindi. Shu davrdan boshlab, qulay xalqaro sharoitdan va
boshqa nemis knyazliklarining kuchsizligidan foydalangan Prussiya
qudratli davlatga aylana bordi. Prussiya qudratli qo‘shin ham tuza
oldi.
XVIII asr oxirida Prussiya maydoni jihatidan Yevropada uchinchi,
qo‘shini soni jihatidan esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Fridrix II hukmronligi davrida (1740–1786) Prussiya mutlaq mo-
narxiyaga aylandi.
Real – haqiqatan ham mavjud bo‘lgan; amalga oshadigan; bajarilishi mumkin
bo‘lgan.
Gegemonlik – siyosiy, iqtisodiy, harbiy ustunlik, bir davlatning boshqasi
ustidan hukmronligi.
1. Germaniya imperiyasining iqtisodiy taraqqiyotda orqada qolishining sabablari
haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Germaniyada hukm surgan siyosiy tarqoqlik qanday oqibatlarga olib keldi?
3. Germaniya knyazliklarining 1683-yili usmoniylar qo‘shini ustidan qozongan
g‘alabasi Yevropa uchun qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?
4. Prussiya qirolligi qanday sharoitda tashkil topdi?