45
3. Qaysi omillar Napoleon Bonapart obro‘sining oshishini ta’minladi?
4. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati nimalardan iborat?
Ijodiy ish topshirig‘i
«Fransuz burjua inqilobining
ahamiyati shundan iboratki, ...» mavzusida esse
yozing.
Internet vositasida
fransuz burjua inqilobi davriga virtual sayohat uyushtiring va
mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqelikni tahlil qiling.
9-mavzu: XVI–XVIII ASRLARDA GERMANIYA
IMPERIYASI
Iqtisodiy ahvol. Germaniya
iqtisodiy taraqqiyotda Angliya, Gol-
landiya va Fransiya kabi davlatlardan orqada edi. Hatto, XVI asrning
ikkinchi yarmidan iqtisodiy tushkunlik ham boshlandi. Bu, avvalo,
Germaniyaning 300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik (davlat)larga
bo‘linib ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozor-
ning vujudga kelishiga imkon bermadi.
O‘rta asrlarda qaysi jangdan keyin Germaniyaga vengerlarning bosqinlari
to‘xtaydi?
Bundan
tashqari, bu davrda dengiz savdo yo‘llarining Atlantika
okeaniga ko‘chganligi oqibatida Germaniya orqali o‘tadigan savdo
yo‘llari o‘z ahamiyatini ham yo‘qotdi. Holbuki, XVI asr o‘rtalarigacha
Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G‘arbiy
Yevropa bozorlari bilan aloqalari Germaniya yerlaridan o‘tardi.
Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy roli – uning mis
ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni
egallab kelganligi
bilan belgilanar edi. Mis savdoda asosiy vosita hisoblanardi. Biroq
Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta miqdorda keltiri-
lishi Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazdi. Shu-
ningdek, nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari
bilan raqobat qila olmadi. Chunki Germaniyada
manufaktura ishlab
chiqarishi faqat shahar bilan cheklanib qolgan edi. U qishloqqa yoyil-
madi, ya’ni natural xo‘jalik munosabatlari hukm surgan qishloq xo‘ja-
http://eduportal.uz