• 1792-yil 22-sentabrda
  • 1789-yil 14-iyulda
  • Yakobinchilar diktaturasining o‘rnatilishi va halokati.
  • Qirolning taxtdan ag‘darilishi va respublikaning e’lon qilinishi




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/133
    Sana02.12.2023
    Hajmi7,71 Mb.
    #109812
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133
    Bog'liq
    jahon tarixi 8 uzb

    Qirolning taxtdan ag‘darilishi va respublikaning e’lon qilinishi.
    1791-yili yangi Qonun chiqaruvchi majlis o‘z ishini boshladi. U zafarli
    urush mamlakatda vatanparvarlik hissini kuchaytiradi va inqilobiy
    holatni bartaraf etadi, degan fikr bilan Avstriyaga qarshi urush e’lon
    qildi. Fransuzlar Belgiyaga qo‘shin kiritdi, bunga javoban avstriya-
    liklar va prusslar Fransiyaga bostirib kirdi hamda bir nechta qal’ani
    egallab oldi. Fransiyaga qarshi urushga Angliya ham qo‘shildi.
    Shunda Qonun chiqaruvchi majlis «Vatan xavf ostida!» degan cha-
    qiriq bilan xalqqa murojaat qildi. Valmi qishlog‘i yaqinidagi jangda
    fransuz qo‘shinlari pruss armiyasi hujumlarini qaytardi. Bu mam-
    lakatni bosqinchilardan ozod qilishning boshlanishi edi. Shu kuni,
    ya’ni 1792-yil 22-sentabrda Konvent monarxiyani bekor qilish va
    Fransiyada Respublika tuzumini o‘rnatish to‘g‘risida dekret qabul
    qildi.
    Poytaxtda Milliy gvardiya va ko‘ngillilar lashkari qirol saroyini
    qurshab oldi. Qirol Lyudovik XVI oilasi bilan birga qamoqqa olindi.
    Shu tariqa inqilobning ikkinchi bosqichida monarxiya ag‘darib
    tashlandi. Ko‘pgina monarxistik gazetalar yopildi, sobiq vazirlar
    qamoqqa olindi. 25 yoshga to‘lgan barcha erkaklarga saylash huquqi
    berildi.
    1789-yil 14-iyulda Bastiliya qal’asi egallandi.
    1791-yil sentabrda Òa’sis majlisi Fransiya tarixida ilk konstitutsiyani
    qabul qildi.
    1792-yil 22-sentabrda Fransiyada Respublika tuzumini o‘rnatish
    to‘g‘risida dekret qabul qilindi.
    Yakobinchilar diktaturasining o‘rnatilishi va halokati. Konventning
    qaroriga binoan, 1793-yil yanvarda qirol Lyudovik XVI qatl qilindi.
    Qirolning qatl qilinishi Angliya va Ispaniyani Fransiyaga qarshi
    urushga chorladi. Avstriya armiyasi hujumga o‘tdi. Fransuz qo‘shin-
    lari mag‘lubiyatga uchray boshladi. Yakobinchilar va oddiy xalq bun-
    da jirondachilarni aybladi. Ayni paytda yakobinchilarning obro‘yi
    oshib, Fransiyada hokimiyat yakobinchilarga va ularning yo‘lbosh-
    chilari – Robespyer, Marat va Dantonga o‘tdi. Ular shafqatsiz terror
    http://eduportal.uz


    41
    boshqaruvini o‘rnatdi. Jirondachi deputatlar qatl qilindi. Aksilinqilob-
    chilar esa qamoqlardan shahar tashqarisiga olib chiqilib, otib tash-
    landi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, ayovsiz va ma’nosiz
    edi.
    Konventda Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna yetilib
    borardi. 1794-yil 27-iyulda Robespyer Konventda gulduros qarsaklar
    ostida qamoqqa olindi. Robespyer va uning tarafdorlari qonundan
    tashqari deb e’lon qilindi, bu esa sudsiz qatl degani edi. Hammasi
    bo‘lib yuzga yaqin kishi qatl qilindi, ular, asosan, Parij Kommunasi
    a’zolari edilar. Kommuna bekor qilindi.

    1793-yil yanvarda ...

    1794-yil 27-iyulda ...

    Robespyer, Marat, Danton faoliyati – bu ...

    Download 7,71 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133




    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qirolning taxtdan ag‘darilishi va respublikaning e’lon qilinishi

    Download 7,71 Mb.
    Pdf ko'rish