57
Amerika inqilobining xarakteri va xususiyatlari. Shimoliy Ame-
rikada mustaqillik uchun olib borilgan urush ayni paytda burjua
inqilobi bo‘lib, u ikkita: milliy mustaqillikka
erishish va Amerikada
kapitalistik munosabatlarni o‘rnatish muammolarini hal qilishi lo-
zim edi.
Inqilobning asosiy xususiyati shu ediki, u milliy-ozodlik urushi
shaklida o‘tdi. Urush davrida bir qator demokratik o‘zgarishlar
amalga
oshirildi.
Urush harakatlarining borishi. Buyuk Britaniya Amerika musta-
qilligini birdaniga tan olmadi, mustaqillik tarafdorlariga qarshi qat’iy
kurash olib bordi. Harbiy harakatlar, asosan, mamlakat shimolida bo‘-
lib o‘tdi. Inqilob davrida respublikachilar
armiyasi katta qiyinchilik-
larni boshidan kechirdi. Askarlar harbiy ishga deyarli o‘rgatilmagan,
qurol-aslaha, o‘q-dori, oziq-ovqat yetishmas edi.
Shunday sharoitda Fransiya Amerikaga qurol-yarog‘ bilan yordam
bera boshladi. Amerika va Fransiya o‘rtasida «Do‘stlik va Òijorat Biti-
mi» imzolandi. Fransiya – Amerika ittifoqi yaxshi natijalarga olib
keldi.
1782-yili ingliz qo‘shinlarining asosiy qismi taslim bo‘ldi.
Shundan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati Parijda tinchlik muzoka-
ralari o‘tkazishga qaror qildi. Muzokaralarda
Amerika tomonidan
Benjamin Franklin, Jon Adams va Jon Jey qatnashdi.