99
Unga ko‘ra, yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 o‘rin aj-
ratib berildi. Shu tariqa sanoat burjuaziyasi endi siyosiy jihatdan ham
o‘z hukmronligini mustahkamladi. Islohot
natijasida parlament quyi
palatasining mamlakat siyosiy hayotidagi roli oshdi. U davlat bud-
jetini nazorat qilish huquqini o‘zida saqlab qoldi. Buyuk Britaniya
hukumatining faqat quyi palata oldida javobgarligi belgilab qo‘yildi.
Quyi palata hukumatga ishonchsizlik
bildirgan taqdirda, hukumatning
iste’foga chiqishi majburiy qilib qo‘yildi.
Islohotdan so‘ng saylangan yangi parlament 13 yoshgacha bo‘lgan
bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi. 9 yoshgacha bo‘lgan bola-
larning mehnat qilishi taqiqlandi.
Parlament islohoti mamlakatda saylov huquqi uchun kurashni
batamom to‘xtata olmadi.
1836-yili London shahrida ishchilarning «Umumiy
saylov huquqi
uchun kurash ishchi assotsiatsiyasi» tuzildi. U saylov huquqini ken-
gaytirish masalasida 12 yil davomida parlamentga uch marta
xartiya
(chartiya) – yorliq topshirdi. Barcha
erkaklarga umumiy saylov hu-
quqi berilishi uchun boshlangan harakat tarixga
«chartistlar harakati»
nomi bilan kirdi.
Angliyada bolalar mehnati (1815–1848-yillar)
http://eduportal.uz
100
Bu harakat garchand yengilgan bo‘lsa-da, keyingi parlament islo-
hotlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
1867-yili ikkinchi parlament islohoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra, sha-
harlarda o‘z uyiga ega bo‘lgan hamda
alohida xonadonda turadigan
barcha erkaklarga saylov huquqi berildi.
Òashqi siyosat. XIX asrning 50-yillari Buyuk Britaniya sanoatning
rivojlanish darajasi, savdoning ko‘lami va
dengizdagi qudrati jihatidan
dunyoning eng qudratli davlatiga aylandi.