• 1.2. Nazariy qism
  • 1.3. Laboratoriya ishining bajarilish tartibi
  • Cisco packet tracer simulatsion muhiti bilan tanishish va tarmoq qurilmalari xavfsizligining tahlili




    Download 0,91 Mb.
    Sana02.12.2023
    Hajmi0,91 Mb.
    #110092
    Bog'liq
    Jumayev Zafar Laboratoriya ishi 1


    1-LABORATORIYA ISHI
    CISCO PACKET TRACER SIMULATSION MUHITI BILAN TANISHISH VA TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINING TAHLILI
    1.1. Ishdan maqsad
    Cisco Packet Tracer (CPT) dasturini kompyuterga o`rnatish; CPT simulatsion muhiti bilan tanishish; Tarmoq qurilmalari xavfsizligining analizi haqqida nazariy bilimga ega bo`lish; CPT dasturida oddiy tarmoq qurish
    1.2. Nazariy qism
    Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi yoki simulatsion muhiti oddiy tarmoqdan boshlab eng murakkab tarmoqlarni qurish uchun ixtisoslashtirilgan dastur bo'lib xisoblanadi.
    Cisco Systems tomonidan ishlab chiqarilgan ma'lumotlar tarmog'i simulyatori bo`lib ishlaydigan tarmoq modellarini yaratishga, (Cisco IOS buyruqlaridan foydalangan holda) yo'riqnoma va kalitlarni sozlash, bir nechta foydalanuvchilar o'rtasida (bulut orqali) o'zaro aloqada bo'lishga imkon beradi.
    Simulyator Cisco 800, 1800, 1900, 2600, 2800, 2900 seriyali routerlarni va Cisco Catalyst 2950, 2960, 3560 kalitlarini hamda ASA 5505 xavfsizlik devorini amalga oshiradi Simsiz qurilmalar Linksys WRT300N yo'riqnoma, kirish nuqtalari va uyali minoralar bilan namoyish etiladi. Bundan tashqari, DHCP, HTTP, TFTP, FTP, DNS, AAA, SYSLOG, NTP va EMAIL serverlari, ish stantsiyalari, kompyuterlar va routerlar uchun turli xil modullar, IP-telefonlar, smartfonlar, hublar va WAN-ga taqlid qiluvchi bulut mavjud. Tarmoq qurilmalari har xil turdagi kabellar yordamida bir-biriga bog'lanishi mumkin, masalan oldinga va orqaga patch simlari, optik va koaksiyal kabellar, ketma-ket kabellar va telefon juftlari.


    1.3. Laboratoriya ishining bajarilish tartibi

    1.3.1 Cisco Packet Tracer (CPT) dasturini kompyuterga órnatiladi. Buning uchun kompyuter tóǵri keladigan variantini tanlab quyidagi rasmlarda ko’rsatilgandek ketma-ketlikda bajariladi:



    1.1-rasm
    1.3.2. Yuqorida ko`satilgan rasmdagidek kompyuter xarakteristikalariga asoslanib CPT dasturi o`natiladi:

    1.3-rasm

    1.3.3. Bu boshqichda Cisco packet tracer dasturiy taminoti o`rnatish processi boshlanadi. Yuqorida rasmda ko`satilganidek bosqichma-bosqich amallar bajariladi. Yuqorida ko`rsatilgan rasmda dastlab «I accept the agreement» ga bosib keyin «Next» ga bosiladi:



    1.3-rasm

    1.3.4. Cisco packet tracer dasturining o`rnatilish papkasi ko`rsatiladi. Bu boshqichda dastur papkani standart turda o`zi tanlaydi:



    1.4-rasm



    1.5-rasm


    1.3.5. Yuqorida ko`rsatilgan rasmdagidek qilib “Next” ga bosib keyingi bosqichga o`tiladi.

    1.6-rasm

    1.3.6. “Install” ga bosib Cisco packet tracer dasturi o`rnatilishiga ruhsat beriladi. Bu bosqichdan song Cisco packet tracer dasturi kompyuterga o`natiladi:





    1.7-rasm

    1.3.7. «Finish» bosilganidan so`ng Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi ishga tushadi:



    1.8-rasm
    1.3.8. Yuqorida ko`satilgan rasmda Cisco packet tracer dasturining ish maydni ko`rsatilgan. Keyingi bosqichda kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatiladi, buning uchun dastlab kompyuterlar olib ularni bir-biri bilan aloqa kabeli orqali ulab chiqiladi:

    1.9-rasm
    1.3.9. Kompyuterlarga IP addreslar kiritiladi, buning uchun kompyuterga sichqonchaning chap tugmasi bosiladi va «Desktop» bo`limidan «IP configuration» tanlanadi:

    1.10-rasm
    1.3.10. «IP addres» bo`limiga 192.168.14.1 va «Subnet mask» bo`limiga 255.255.255.0 qilib sozlamalar kiritiladi:

    1.11-rasm
    1.3.11. Ikkinchi kompyuterga 192.168.14.2 va 255.255.255.0 IP addresi kiritiladi:

    1.12-rasm
    1.3.12. Kompyuterlar ortasida aloqani tekshirish uchun ping komandasi kiritiladi. Buning uchun pc1 kompyuteriga kirib «Desktop» bo`limidan «Command Prompt» ni ochamiz va «ping 192.168.14.1» komandasi kiritiladi:

    1.13-rasm
    Yuqoridagi rasmda ko`rinib turganidek kompyuterlar o`rtasida xabar uzatish jarayoni omadli bo`ldi. Xabarlar kommutatsiyasi bo`lishi uchun yuboruvchu kompyuterdan qabul qiluvchi kompyuter IP addresi terip yuboriladi.
    Download 0,91 Mb.




    Download 0,91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Cisco packet tracer simulatsion muhiti bilan tanishish va tarmoq qurilmalari xavfsizligining tahlili

    Download 0,91 Mb.