CORELDRAW muharririda abstrakt chiziqli formalar yasash
Dizayn va vektorli tasvirlar yaratishda CorelDRAW® muharririning
kuchli interfaol
asboblari dasturning kuchli tomonlarini tashkil etadi.
CorelDRAW muharririda abstrakt chiziqli shakllar yaratishni qarab chiqamiz.
Перетекание asbobi CorelDRAW foydalanuvchilarining sevimli asboblaridan biridir. Uning
imkoniyatlarini ko’rib chiqamiz. Demak, Свободная форма,
Перетекание va Форма
asboblaridan foydalanamiz. Свободная форма asbobi orqali sodda chiziqlar chizamiz.
CorelDRAW hujjatida quyidagi rasmda ko’rsatilganidek, ikkita chiziq chizing va ularni
turli ranglar bilan bo’yang. Buning uchun ranglar palitrasidan zarur rangni sichqoncha
yordamida tanlang.
Markaziy chiziqni belgilang va Перетекание asbobini faollashtiring.
Kursor interaktiv Перетекание kursoriga o'zgarishi kerak.
Markaziy chiziq ustiga
sichqonchani bosing (quyidagi rasmda 1) va sichqoncha tugmasini bosib ushlab turganda
ikkinchi chiziqqa (2) torting va qo'yib yuboring. Shundan so'ng, Перетекание asbobi avtomatik
ravishda ushbu ikki chiziqni birlashuvini yaratadi (3). Natijada abstrakt shakl bo'ladi.
Odatda, aralashtirish guruhi 20 ta ob'ektdan iborat (boshlang'ich va yakuniy ob'ektlardan
tashqari). Shakl rangini o'zgartirish yoki uni ko'p rangli qilish uchun aralashtirish guruhiga
sichqonchani bosing. Xususiyatlar panelining yuqori qismidagi Перетекание по часовой
стрелке belgisini bosing. Rangli doiraning yo'nalishini o'zgartirish
yordamida gradient rangga
ega abstrakt shaklni yaratilishini ko'rasiz.
Quyidagi rasmda grafik dizaynda “grafik to’r” deb ataluvchi birlashma tasvirlangan.
Ob'ekt ustida ishlashni yana davom ettirish mumkin. Bunday abstrakt shakl yoki aralash
guruh ob'ektlarning oddiy guruhi hisoblanmaydi. Boshlanish va tugatish ob'ektlari vazifasidagi
chiziqlar dinamik tayanch ob'ektlari hisoblanadi. Tayanch ob'ektining xususiyatlariga kiritilgan
o'zgartirishlar (joylashuvi, o'lchami, rangi va boshqalar) avtomatik
ravishda aralashtirish
guruhining xususiyatlarida aks etadi. Masalan, aralashtirish guruhini yana belgilang va
xususiyatlar panelida aralashtirish qadamlari sonini 20 dan 50 gacha oshiring.
Ushbu turdagi aralashtirishning yutug’i uning interfaolligidir. Agar abstrakt shakllarni
yaratishni davom ettirmoqchi bo'lsangiz,
Форма asbobidan foydalanib, boshlang'ich tayanch
ob'ektini (markaziy chiziq) tanlang. Tayanch markerlari faollashtiriladi, ularni
siljitish orqali turli
xil shakllarni yaratishingiz mumkin.
Esda tutish lozimki, tugunlarni qo'shish yoki olib tashlash (egri yo'lni to'g'rilash va
hokazo) orqali Форма asbobini tayanch obyektlarning egriligini o'zgartirish uchun ishlatilishi
mumkin. Boshlang'ich va yakunlovchi ob'ektlarning xususiyatlarini o'zgartirganda
natija ham
o'zgaradi. Bu esa ijodiy imkoniyatlaringizni sezilarli darajada kengaytiradi.
Topshiriq
. «Перетекание» asbobi va har xil turdagi chiziqlardan foydalanib quyidagi
shakllarni yasang.