• Slide Show menyusidan topish mumkin va tugmada From Beginning
  • Slide Show menyusini bosing va havolalarni sinovdan oʻtkazing. 8.4-mashgʻulot Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
  • Maslahat 222 Aql bovar qilmaydi!
  • Link tugmasini  bosing. 221




    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/148
    Sana20.12.2023
    Hajmi8,09 Mb.
    #125381
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   148
    Bog'liq
    6-sinf

    Link
    tugmasini 
    bosing.


    221
    8
    Multimedia hujjatiga qayta ishlov berish
    Taqdimotga navigatsiya qoʻshganda slayd namoyishini ijro etib, 
    xohlaganingizdek ishlayotganini tekshirish mumkin. Shunda koʻrib, tekshirib 
    olish uchun taqdimot toʻliq ekran rejimida ochiladi. Bu tugmani 
    Slide Show
    menyusidan topish mumkin va tugmada 
    From Beginning
    matni boʻladi.
    8.1-mashgʻulot
    “Birds.pptx” nomli taqdimotni oching.
    Ikkinchi slaydda “qush” tilga olingan har bir yozuvni belgilang va uni kerakli 
    sahifaga bogʻlang.
    8.2-mashgʻulot
    Qush haqidagi har bir slaydda pastdagi shakllarni taqdimotdagi kerakli 
    slaydlarga bogʻlang.
    8.3-mashgʻulot
    “Birds.pptx” nomli taqdimotni saqlang. 
    Slide Show
    menyusini bosing va 
    havolalarni sinovdan oʻtkazing.
    8.4-mashgʻulot
    Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
    Kimlarni bu taqdimotning auditoriyasi deb hisoblashingizni yozing. Oʻzingiz 
    auditoriya uchun mos deb oʻylaydigan taqdimotdagi kamida ikkita element 
    (kontent, til, maket, rang yoki uslub) roʻyxatini tuzing.
    Havola yaratish 
    uchun ichidagi 
    matn ustiga emas, 
    shaklning oʻzining 
    ustiga bosish 
    kerak.
    Maslahat


    222
    Aql bovar qilmaydi!
    Endi taqdimot yaratish boʻyicha bu amaliy koʻnikmalarni oʻrgandingiz. Siz 
    koinot haqida 
    multimediali taqdimot yaratmoqchisiz.
    Auditoriya 4 va 8 yosh orasidagi bolalardan iborat.
    Oʻqituvchi taqdimotda foydalanish uchun sizga biroz matn, tasvirlar va ovozlar 
    taqdim etadi. Ularni koʻrib chiqasiz va qaysi biri auditoriyangiz uchun eng mos 
    ekani haqida qaror qilasiz.
    Taqdimotga navigatsiyalar qoʻshish kerak boʻladi.
    1-mashg‘ulot
    Oʻqituvchi “All_About_Space.docx” nomli fayl beradi. Matnni koʻrib chiqing. 
    Qaysi matn auditoriyangiz uchun mos ekani haqida qaror qabul qiling. Siz yosh 
    auditoriya uchun moslashtirish uchun uning ayrim qismlarini oʻzgartirishni 
    xohlashingiz mumkin.
    2-mashg‘ulot
    Yangi taqdimot hujjatini ochib, dizayn va uslubni tanlang.
    Mavzu slaydini qoʻshing va unga “Koinot” deb nom bering.
    Taglavhaga ismingizni kiriting.
    Oʻzingiz tanlagan matnni taqdimotga nusxalang.
    Har bir slaydga juda koʻp matn kiritmaslik kerak.
    Har bir slaydga munosib sarlavha bering.
    Sarlavha va asosiy matn uchun mos shriftni tanlang.

    Download 8,09 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   148




    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish