225
8
Multimedia hujjatiga
qayta ishlov berish
Endi asalarilar haqida
multimediali taqdimot yaratmoqchisiz. Auditoriyangiz
kattalardan iborat boʻladi. Taqdimotni rasmiy koʻrinishga
keltirish orqali yaxshi
taassurot qoldirishingiz mumkin.
Yordam uchun “Bees.docx” nomli fayldan foydalaning.
1-mashg‘ulot
Taqdimotni yaratishda oʻqituvchi bergan matndan foydalaning.
Shuningdek,
asalarilar haqida oʻzingiz kiritishni xohlaydigan boshqa maʼlumotlarni
qidirish
uchun internetdan ham foydalanishingiz mumkin.
2-mashg‘ulot
Taqdimotga kiritgani munosib tasvirlarni tanlash uchun internetdan foydalaning.
3-mashg‘ulot
Taqdimotga ovoz qoʻshing. Taqdimotga qoʻshish uchun asalarilar haqida 20
soniyali kirish qismini yozishingiz mumkin. Buning imkoni boʻlmasa, oʻqituvchi
sizga qoʻshish uchun ovoz taqdim qiladi.
4-mashg‘ulot
Taqdimot boʻylab ketma-ket oʻtish uchun “Harakat” tugmalarini qoʻshing.
5-mashg‘ulot
Taqdimotni yaratayotganda auditoriyangiz yoshlar ekani haqida oʻylashingiz kerak.
Sifatli dizayn haqidagi koʻrsatmalarga amal qilish kerak.
6-mashg‘ulot
Taqdimot yakunida oʻzingiz har qanday tasvir va
yozuvlarni olgan barcha veb-
saytlar roʻyxati aks etgan slaydni qoʻshing.
Bu iqtibos keltirish deb nomlanadi va oʻzingiz yaratmagan
har qanday yozuv yoki
tasvirlar uchun shu ishni bajarishingiz lozim. Bu boshqa
biror kishining ishidan
plagiat sifatida foydalanmasligingiz uchun kerak.
7-mashg‘ulot
Sherigingizdan taqdimotingizni sinab koʻrishni soʻrang.
Internetdan
qidiruv
uchun
foydalanganingiz-
da faqat oʻzingiz
ishonishingiz
mumkin boʻlgan
tegishli veb-
saytlardan
foydalaning.